#KelajakTadbirkori_2026 #Toshkent #Yoshlar_kuni
“Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Yarmarka doirasida yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash hamda zamonaviy kasbiy imkoniyatlar bilan tanishtirishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etildi.
Taqdimotlar yakunida “Kelajak tadbirkori — 2026” doirasida loyihalari ma’qullangan ishtirokchilarga vaucherlar tantanali ravishda topshirildi.
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Taniqli tadbirkorlar ishtirokidagi biznes-treningda yoshlarga biznes boshlash, imkoniyatlardan samarali foydalanish va muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar-treningda esa talabalar ishga joylashgandan keyingi karyera rivoji, shaxsiy brending, soft skills hamda professional tarmoqlarga qo‘shilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Bundan tashqari yoshlarlarning zamonaviy va istiqbolli loyihalari, ularni amalga oshirish imkoniyatlari Yoshlar startap g‘oyalari taqdimotida namoyish etildi.
Taqdimotlar yakunida “Kelajak tadbirkori — 2026” doirasida loyihalari ma’qullangan ishtirokchilarga vaucherlar tantanali ravishda topshirildi.
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6😱1
#Avtomobilsiz_kun
25-sentyabr kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi
Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Shaharlarda ekologik toza transportdan foydalanish havoning ifloslanishini kamaytirish, energiya resurslarini tejash va aholining salomatligini mustahkamlashga yordam beradi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yanada qulay va yashil muhit yaratish mumkin.
“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

❤15😁5🎉1
“ICT Week Uzbekistan 2026”: EʼTIROF
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “ICT Week Uzbekistan 2026” haftaligi doirasida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida “Eng innovatsion davlat xizmati ko‘rsatuvchi tashkilot” nominatsiyasi bo‘yicha e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Mazkur e’tirof vazirlik tomonidan ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy xizmatlarni rivojlantirish hamda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning e’tirofi bo‘ldi.
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “ICT Week Uzbekistan 2026” haftaligi doirasida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida “Eng innovatsion davlat xizmati ko‘rsatuvchi tashkilot” nominatsiyasi bo‘yicha e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Mazkur e’tirof vazirlik tomonidan ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy xizmatlarni rivojlantirish hamda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning e’tirofi bo‘ldi.
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤5😁1
#xizmat_safari #Andijon
Andijonda oliy ta’lim tizimining ustuvor vazifalari muhokama qilindi
24-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifa va topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universitetida Andijon viloyatidagi davlat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224029

Dastlab, uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalar, xususan, dual ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni jadallashtirish, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish hamda oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224029
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍10🤔2
⚽️ Oʻzbekiston milliy terma jamoasi vakillari Fargʻona davlat universitetida boʻldi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, terma jamoa futbolchilari Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov Fargʻona davlat universitetida bo‘lib, universitetning sport infratuzilmasi hamda FarDU futbol klubi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Fabio Kannavaro FarDU futbol klubi prezidenti, universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov bilan uchrashdi. Muloqotda universitetda futbolni rivojlantirish, yosh futbolchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning sport mahoratini oshirish hamda klubning kelgusidagi istiqbollari xususida fikr almashildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224074

👍20❤15👏3😁2