Edu.uz
✔
143K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish hamda oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi.

Yangi darsliklarda o‘quvchilarning tanqidiy va mustaqil fikrlashi, ijodkorligi, muloqot va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2027-yilgacha 1 342 nomdagi darslik va o‘quv-metodik material tayyorlash rejalashtirilgan.

Dual ta’lim doirasida esa talabaning nazariy bilimini korxonadagi amaliyot bilan uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Kelgusida 185 ming nafar, ya’ni 3–4-bosqich talabalarining kamida 80 foizini dual ta’limga qamrab olish maqsad qilingan.

Shuningdek, Xiva shahrida Lyaonin pedagogika universiteti filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu yerda xitoy tili, xalqaro biznes, turizm boshqaruvi va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanadi. Ta’lim o‘zbek, xitoy va ingliz tillarida olib boriladi.

Davlatimiz rahbari ta’lim sifatini oshirish, dual ta’limni hududlardagi korxonalar ehtiyoji bilan bog‘lash va yangi filialda qabul jarayonlarini puxta tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤10👏2🤔1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9🎉4❤1
#Olimlar_minbari
#21.09–27.09.2026

“Korrupsiya – millat taraqqiyotiga yopishgan “kasallik” — Muhiddin KALONOV, Navoiy davlat universiteti rektori, professor;
 
“Yangilanishlarning qadriga yetmoq Uchinchi Renessans gʻoyasiga munosib boʻlmoqdir” — Zebo QOBILOVA, Qoʻqon universiteti prorektori, professor;
 
“Bilimli avlod – kuchli davlat poydevori” — Qumri SAFAYEVA, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, iqtisodiyot fanlari doktori va professor;
 
“Millatlararo totuvlik – umumiy yutuqlarimiz poydevori” — Almagul BAYRIYEVA, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti kafedra mudiri, professor;
 
«Самоотверженный труд педагога — вклад в прогресс страны» — Камола АБДУРАУФОВА, заведующая кафедрой Шахрисабзского государственного педагогического института;
 
“Biz ham yelkamizni tutib beraylik!” — Suyun KARIMOV, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori;
 
«Индустрия путешествий нового времени: от исторического наследия до искусственного интеллекта» — Нозима ЗУФАРОВА, декан факультета Ташкентского государственного экономического университета, профессор;
  
“Alifbo  mukammalligi – ilmiy  zarurat  va  zamon  talabi” — Inomjon AZIMOV, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi direktori, professor;
 
«Образование нового века» — Лейла БУРХАНОВА, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

 “Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makonda milliy tafakkurni qanday saqlab qolamiz?” — Sabohat QAHHAROVA, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti;
 
“Hududlar salohiyati – barqaror va raqobatbardosh iqtisodiyot kafolati” — Akmal ABDUVOHIDOV, Guliston davlat universiteti dotsenti, Muhammadjon SAMADQULOV, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali dotsenti;
 
“Raqamlashtirishda azaliy qadriyatlarning mezoni qanday?” — Nurnazar PIRNAZAROV, Qoraqalpoq davlat universiteti katta oʻqituvchisi;
   
“Muvaffaqiyat yoʻli kitob bilan shiddat oladi” — Ozodbek YIGITALIYEV, Fargʻona davlat universiteti huzuridagi “Kitobxonlar klubi” rahbari.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍3🔥2
Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalikka bag‘ishlov hamda ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Bugun Xalqlar do‘stligi san’at saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining 5 ming nafardan ziyod birinchi bosqich talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali marosimi va “1-oktyabr — ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Imomov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Aziz Meliboyev, Sog‘liqni saqlash xodimlari Kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Farhodjon Xapijayev, universitet mas’ullari, professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/225443

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16🎉7👍1