Edu.uz
✔
143K subscribers
40.1K photos
7.65K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar yuborilmoqda
 
Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov nomidan turli shaxslarga soxta  xabarlar yuborilayotgani kuzatilmoqda.
 
Ushbu xabarlarni vazir yubormayotganini va va suratda koʻrsatilgan akkaunt vazirning shaxsiy Telegram akkaunti emasligini maʼlum qilamiz.
 
Shu munosabat bilan fuqarolardan bunday xabarlarga ishonmaslik, ularga javob bermaslik, telefoniga kelgan kodlarni hech kimga yubormaslik yoki aytmaslik  hamda shaxsiy maʼlumotlar, hujjatlar yoki boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslik soʻraladi.
 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga oid rasmiy maʼlumotlar vazirlikning rasmiy axborot kanallari orqali eʼlon qilinadi.
 
Feyk xabarlarga ishonmang va ularni tarqatmang!
 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤33👍13👏5
#Qabul2026 #Qoraqalpoq_yoshlari #Natija

❗️Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun muhim yangilik!

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha 6 500 ta qabul parametri bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi


Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 6 500 nafar abituriyentning hududlardagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul parametrlari bo‘yicha o‘qishga qabul natijalari e’lon qilindi.

Mazkur qo‘shimcha qabul parametrlari davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxatdan o‘tish davrida doimiy yashash hududi Qoraqalpog‘iston bo‘lgan hamda shu yerdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

Bunda abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilindi.

Tanlov natijalari bo‘yicha qaydnomalar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yuboriladi.

Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz orqali shaxsiy kabinetdan yoki mandat.uzbmb.uz orqali ID raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤29👍8🤔1
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Oliy ta’limda dual ta’limni tashkil etishning yangi tartibi belgilandi

Prezidentning “Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-sentyabrdagi PF–209-son Farmoni qabul qilindi.

🔰 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida ish beruvchilar buyurtmasi asosida, bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.

❇️ Mazkur tizim “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yiladi.

📌 Yangi tartibga ko‘ra:
▪️ dual ta’limga qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va qabul parametrlari OTTar tomonidan har yili 1-sentyabrga qadar belgilanadi;

▪️ dual ta’limda o‘qish uchun nomzodlar ish beruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan tanlov asosida saralab olinadi. Bunda:

➖nomzodlar korxonaning yo‘llanmasi asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri imtihonsiz yoki buyurtmasi asosida saralash imtihoni natijasiga ko‘ra o‘qishga qabul qilinadi;
➖texnikumlarning oliy taʼlim bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarini tamomlagan bitiruvchilarga dual taʼlim shaklida mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining 2 yoki 3-kursidan o‘qishini davom ettirishga ruxsat beriladi;

▪️ dual ta’lim OTT, ish beruvchi va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida tashkil etiladi. Bunda:

➖korxona tomonidan talabaga oʻqish davri davomida oʻzining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik ish haqi toʻlanadi;
➖talaba bitirgandan soʻng kamida 2 yil mazkur korxona yoki uning tizimidagi tashkilotda ishlab berish majburiyatini oladi;

▪️ o‘quv jarayonining kamida 30 foizi nazariy ta’limga ajratiladi, qolgan qismi esa amaliy tayyorgarlik asosida tashkil etiladi;

▪️ dual ta’lim jarayonidagi amaliy mashg‘ulotlar va talabalarning ishtiroki CareerEdu platformasi orqali monitoring qilib boriladi;

▪️davlat va davlat ulushi bo‘lgan korxonalarga dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash bo‘yicha OTTlarga buyurtma berish hamda xarajatlarni byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplashga ruxsat beriladi;

▪️talabalar o‘qishini dual taʼlim shaklidan taʼlimning boshqa shakllariga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi, faqat o‘zgartirishga korxona bilan tuzilgan shartnoma mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18🔥6
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari ❗️ Oliy ta’limda dual ta’limni tashkil etishning yangi tartibi belgilandi Prezidentning “Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-sentyabrdagi PF–209…
#Qonunchilik_yangiliklari

Dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar qoʻllab-quvvatlanadi


❇️Farmonga ko‘ra:

✔️dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reestrga kiritilgan talabalarga OTTning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy stipendiya toʻlashga ruxsat beriladi;

✔️dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarning ijara huquqi asosida yashashi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash taʼlimning kunduzgi shakli uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

✔️muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi ta’lim sohalari bo‘yicha dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini 2-kursdan boshlab davlat granti kvotalari doirasida davom ettirish imkoniyati yaratiladi. Bunda:

➖davlat granti kvotalari muayyan o‘quv yili uchun tegishli ta’lim sohalariga ajratilgan davlat buyurtmasi parametrlariga nisbatan qo‘shimcha 25 foiz miqdorida (vakant qolgan o‘rin va davlat granti asosidagi qo‘shimcha kvota hisobidan) belgilanadi;

➖davlat granti kvotalarini taqdim etish va qayta taqsimlash talabalarning tugallangan o‘quv yili yakuni bo‘yicha o‘zlashtirish (GPA) ko‘rsatkichi hamda buyurtmachi korxonaning baholash natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi;

➖ Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun dual taʼlim shaklida o‘qish 1-kursdan boshlab butun o‘qish davrida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

➖davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga stipendiya to‘lovlari kunduzgi taʼlim shakli uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

✔️ talabaning dual taʼlim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.

💼 Dual taʼlim shaklida taʼlim dasturining amaliy qismi natijadorligini oshirish maqsadida:

▫️korxonalarga o‘z mablag‘lari hisobidan hamkor taʼlim tashkilotlarida amaliyot bazalarini tashkil etishga;

▫️OTTlarga kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan korxonalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuziladigan shartnomaga muvofiq tekin foydalanish huquqi asosida bo‘sh turgan bino-inshootlari va hududida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlariga mos ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etishga;

▫️OTTlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan sohalar bo‘yicha kasbga o‘rgatish kurslarini tashkil etishga ruxsat beriladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍4
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari Dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar qoʻllab-quvvatlanadi ❇️Farmonga ko‘ra: ✔️dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reestrga kiritilgan talabalarga OTTning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy…
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️Reytingda eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 tadan OTT va korxona 1, 2, 3 milliard so‘mdan rag‘batlantiriladi


Shuningdek,
Farmon bilan:

♻️2027-yil 1-yanvardan boshlab korxonalar uchun talabalarga biriktiriladigan murabbiylarni tayyorlash maxsus kurslari tashkil etiladi. Bunda:

➖maxsus kurslarga jalb etiladigan 30 nafar professor-o‘qituvchi va mentorlarning malakasi xorijiy davlatlarda oshiriladi;

➖maxsus kurslarni yakunlagan bakalavr darajasiga ega murabbiylar OTTlarga pedagog sifatida soatbay asosida (ilmiy darajaga ega bo‘lmagan o‘qituvchiga tenglashtirilgan holda) jalb qilinadi;

➖ bir nafar murabbiyga 15 nafardan ko‘p bo‘lmagan talaba biriktirilib, har bir talaba uchun bir o‘quv yiliga 30 soat ish hajmi hisoblanadi;

➖maxsus kursda murabbiylarni o‘qitish xarajatlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

▶️ 2027/2028 o‘quv yili yakunidan boshlab dual ta’lim shakli bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlari va buyurtmachi korxonalarning samaradorlik reytingi yuritish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:

➡️ reyting yuritishda dual ta’lim bilan qamrab olingan talabalar ulushi, talabalarning o‘rtacha ish haqi miqdori va o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi;

➡️ eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 tadan oliy ta’lim tashkiloti va korxona reytingdagi o‘rniga mos ravishda 1, 2, 3 milliard so‘mdan rag‘batlantiriladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3🔥3
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️Dual taʼlimda kadrlar tayyorlagan korxonalari moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi

Farmonga asosan:

Oliy taʼlim tizimida dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashda korxonalarning faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2027-yil 1-yanvardan boshlab:


⤴️ korxonalarga muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, architektura va qurilish, qishloq xoʻjaligi taʼlim sohalari va yoʻnalishlarida dual taʼlim shaklida o‘qiyotgan har bir talaba uchun toʻlangan ish haqi xarajatlarining 50 foizi subsidiya shaklida Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;

▶️korxonalarga qabul qilgan talabalar soniga mutanosib ravishda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” platformasida quyidagi miqdorda qoʻshimcha ballar beriladi:

⏺️ 5 nafardan 25 nafargacha – 5 ball;

⏺️ 25 nafardan 50 nafargacha – 8 ball;

⏺️ 50 nafar va undan ortiq boʻlganda – 10 ball;

▶️ davlat xaridlarida ishtirokchilar takliflarini baholashda korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larga dual taʼlim shakliga qabul qilgan talabalar soniga mutanosib ravishda quyidagicha:

⏺️ 25 nafargacha – 5 foiz;

⏺️ 25 nafardan 50 nafargacha – 10 foiz;

⏺️ 50 nafar va undan ortiq boʻlganda – 15 foiz miqdorida preferensiya beriladi;

✳️ buyurtmachi korxonalar tomonidan OTT hududida dual taʼlim shakli uchun amaliyot bazasini tashkil etish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun olib kelingan jihozlar, uskunalar, laboratoriya jihozlari uchun bojxona boji stavkasi 2030 yil-1 yanvarga qadar 1 foiz etib belgilanadi.

🔗 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga dual ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari biriktiridi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏9❤4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ma’qulladi

Oliy Majlis Senatida 2-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

✅ 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish

Qonun bilan 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirganlik uchun uzoq muddatli 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilmoqda.

Shuningdek, bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish muddatlarining o‘tib ketganligi qo‘llanilmaydi.

Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish butunlay taqiqlanmoqda.


✅ Bepul yuridik yordam va tergovni yozib olish

Jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga protsessual harakatlarga jalb etilgan ilk daqiqalardan e’tiboran davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam ko‘rsatish tizimi joriy etilmoqda.

Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videoyozuv orqali qayd etish, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat qurboni bo‘lgan bola va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni maxsus tartib bo‘yicha o‘tkazish, jabrlanuvchi bola va ayblanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni faqat tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida o‘tkazish belgilanmoqda.

Agar zo‘ravonlik oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, protsessual jarayonlarda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtiroki majburiy qilib qo‘yilmoqda.


✅ Ta’lim muassasalari xodimlari zo‘ravonlik uchun ishdan bo‘shatilishi mumkin

Mehnat kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, ta’lim va tarbiya muassasalarida bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish borasidagi majburiyatlar o‘z zimmasiga yuklatilgan ta’lim tashkiloti xodimining bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan uning mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga asos bo‘ladi. Bunday shaxslarning kelgusida bolalar bilan ishlashiga cheklov qo‘yiladi.

Shu bilan birga, ota-onalarning bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasligi, ularning asosiy ehtiyojlarini qasddan qanoatlantirmasligi, nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishi, shuningdek, bolalarni sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va bolalar qayta zo‘ravonlikka uchrashdan qo‘rqib murojaat qilishga ikkilanmasligi uchun, ularning so‘roviga asosan yashash manziliga yozma yoki elektron javob xati yubormaslik tartibi joriy etilmoqda.

“Bu oilaviy nizolarning yanada avj olishi va qayta zo‘ravonlik sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi”, — dedi senator.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤37👍13🔥5🎉3🤩1
I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi ishtirokchilari Samarqandda

1-oktabr kuni I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi doirasida xalqaro delegatsiya Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros хalqaro universitetida bo‘ldi.

Mehmonlar universitet faoliyati, ta’lim jarayoni hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) prezidenti Leonz Eder hamda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Erkin Qodirov talabalar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda talabalar sportini rivojlantirish, sport sohasidagi imkoniyatlar va xalqaro tajriba almashinuvi haqida fikr yuritildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/227122

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍2
#topshiriq_ijrosi #yigʻilish #vazir

Prezidentimiz belgilab bergan vazifalarni amalga oshirish choralari belgilab olindi ijrosi taʼminlanadi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Prezidentimizning pedagoglar bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.


Yigʻilishda davlatimiz rahbari tomonidan oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasi oldiga qoʻyilgan vazifalarni amaliyotga samarali tatbiq etish, ularning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash boʻyicha ustuvor chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xususan, oliy taʼlim tashkilotlarida dual taʼlim qamrovini yanada kengaytirish, yangi avlod darsliklari va oʻquv adabiyotlarini yaratish, magistrlik dissertatsiyalari hamda ilmiy tadqiqotlarni real iqtisodiyot tarmoqlaridagi mavjud muammolar yechimiga yoʻnaltirish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/227118

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥11❤7🤔1