Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.65K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Turizm

Sharqshunoslar Nanay qishlog‘ida


Nanay qishlog‘i o‘zining betakror tog‘ manzaralari, musaffo tabiati, salqin iqlimi va osoyishta muhiti bilan sayyohlar uchun jozibador manzillardan biridir.

Hudud tog‘ turizmi, ekoturizm, oilaviy dam olish, piyoda sayohat, gastronomik turizm, qishloq turizmi hamda mahalliy madaniyat bilan yaqindan tanishish uchun ham katta imkoniyatlarga ega.

Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetining bir guruh talabalari Yangiqoʻrgʻon tumanining diqqatga sazovor maskanlarida bo‘lib, turizm imkoniyatlarini mahalliy va xorijiy auditoriyaga tanishtirish maqsadida xitoy, yapon, tojik, koreys, arab va boshqa tillarda videoroliklar tayyorladi.

🌿 Nanay — tabiat, sayohat va osoyishtalik uyg‘unlashgan maskan!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍4👏2
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #ilmfan

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

➖ maktabgacha ta’limdan tortib oliygohgacha bo‘lgan barcha bosqichlar yagona vertikal sifatida ishlaydi, takrorlanuvchi vazifalar qisqartirilib, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi hamda boshqaruv to‘liq raqamlashtiriladi;

➖ bog‘cha ta’limida bolalarning qiziqish va qobiliyatlari erta aniqlanadi, dastur va metodikalar yangilanib, tarbiyachilar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi;

➖ maktab ta’limida darsliklar yangilanadi, pedagoglarga metodik yordam berishda sun’iy intellektdan foydalaniladi, ayrim maktablarda ingliz tilida o‘qitish tajribasi joriy etiladi hamda xususiy sektor ishtiroki kengaytiriladi;

➖ kasbiy ta’lim bo‘yicha dasturlar mehnat bozori talablariga moslashtiriladi, korxonalar bilan birgalikda dual ta’lim kengaytiriladi hamda xalqaro dasturlar joriy etiladi;

➖ oliy ta’limda universitetlar mustaqilligi kengaytiriladi, davlat aralashuvi kamaytirilib, rektorlarning natija uchun mas’uliyati oshiriladi hamda ta’lim ishlab chiqarish bilan yaqinlashtiriladi;

➖ ilm-fan sohasida ilmiy klasterlar tashkil etilib, ilmiy izlanishlar natijalari asosida yangi mahsulotlar va korxonalar yaratiladi.

Prezident ta’lim jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish zarurligini, har bir rektor o‘z oliygohining yaqin va o‘rta istiqboldagi aniq rivojlanish rejasiga ega bo‘lishi shartligini ta’kidladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤22🔥10😁1🤔1
Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar nashri

Bugun sun’iy intellekt nafaqat texnologiya, balki ta’lim, fan va kasbiy faoliyatning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

📘 Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan tayyorlangan “Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar” nashrida sun’iy intellektning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy imkoniyatlari izchil yoritilgan.

Qo‘llanmada:
🔹 sun’iy intellektning kelib chiqishi va asosiy tushunchalari;
🔹 sun’iy intellektning rivojlanish bosqichlari;
🔹 uning asosiy tarkibiy qismlari va ishlash tamoyillari;
🔹 katta til modellari va zamonaviy intellektual tizimlar;
🔹 umumiy va multimodal sun’iy intellekt;
🔹 sun’iy intellektning fanlararo xususiyati;
🔹 sun’iy intellektning ta’lim jarayoniga ta’siri kabi muhim masalalar qamrab olingan.


“Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar” — sun’iy intellektni tushunish, uning rivojlanish tendensiyalarini anglash va kelajak ta’limiga tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim manba.

Qo‘llanmani itstudy.uz portali orqali o'qishingiz mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍7🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sunʼiy_intellekt #Oʻquv_qoʻllanma

Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar nashri

Sun’iy intellekt ta’lim jarayonini qanday o‘zgartirmoqda?

Bugun sun’iy intellekt nafaqat texnologiya, balki ta’lim, fan va kasbiy faoliyatning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

📘 Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan tayyorlangan “Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar” nashrida sun’iy intellektning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy imkoniyatlari izchil yoritilgan.

Qo‘llanmada:
🔹 sun’iy intellektning kelib chiqishi va asosiy tushunchalari;
🔹 sun’iy intellektning rivojlanish bosqichlari;
🔹 uning asosiy tarkibiy qismlari va ishlash tamoyillari;
🔹 katta til modellari va zamonaviy intellektual tizimlar;
🔹 umumiy va multimodal sun’iy intellekt;
🔹 sun’iy intellektning fanlararo xususiyati;
🔹 sun’iy intellektning ta’lim jarayoniga ta’siri kabi muhim masalalar qamrab olingan.


“Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar” — sun’iy intellektni tushunish, uning rivojlanish tendensiyalarini anglash va kelajak ta’limiga tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim manba.

Qo‘llanmani itstudy.uz portali orqali o'qishingiz mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤10
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti “AIFU Pitch Day 3.0” respublika innovatsion tanlovini o‘tkazmoqda

🚀 Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi doirasida Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hakaton formatidagi “AIFU Pitch Day” tanlovini tashkil etdi.

Tanlovda 16-40 yoshdagi dasturchilar, dizaynerlar, startap jamoalari, shuningdek, akademik litsey, texnikum va oliy ta’lim muassasalari talabalari sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi loyihalarini investorlar va soha ekspertlari oldida himoya qiladi.

✅ Ishtirokchilar uchun:
- 100 000 AQSh dollarigacha investitsiya jalb qilish imkoniyati;
- 15 mln so‘mlik sovrin jamg‘armasi;
- universitetda o‘qish uchun ta’lim grantlari;
- har bir ishtirokchiga sertifikat.

Tanlovni baholashda Alibaba.com, IT Park, INNO Technopark, TOP CEO, Mentalaba.uz, “Raqamli san’at” ijodiy birlashmasi hamda Turkiya va Xitoy oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish - 11-oktabr, soat 23:59 gacha
Final - 18-oktabr, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, Toshkent

👉 Ariza topshirish: @PitchDayAIFU_bot

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍6🔥3👏3🎉2
#Mirziyoyev #Maslahatuchrashuvi #MarkaziyOsiyo #Ozarbayjon

Prezident: Mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi yoshlarning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.

Anjumanda odamlar mintaqaning kelajagini belgilovchi eng muhim omil ekani taʼkidlandi.

– Mamlakatlarimiz katta demografik salohiyatga ega. Aholi soni oʻsmoqda, yoshlar koʻpaymoqda. Oʻn, yigirma, oʻttiz yildan keyin mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi koʻp jihatdan ularning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq, – dedi davlatimiz rahbari.


Kelgusida mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga qanday mutaxassislar kerak boʻlishini tahlil qilish asosida talab yuqori boʻlgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish taklif etildi. Unda bugunning oʻzida mutaxassislar yetishmayotgan va yaqin yillarda talab ortishi kutilayotgan yoʻnalishlar boʻyicha prognozlarni jamlash nazarda tutilmoqda.

Shu asosda universitetlar va professional taʼlim muassasalari iqtisodiyotning haqiqiy ehtiyojlarini oldindan hisobga olib, sanoat, transport, energetika, raqamli texnologiyalar va boshqa tarmoqlardagi yirik loyihalar uchun kadrlar tayyorlay oladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍6