Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.65K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#RASMIY_XABAR

Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍123❤35🔥23👏13🎉6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.

Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения.

Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения.

Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.

Facebook|Instagram|X
👍136❤47🔥25👏18🤔9
#Xalqaro_olimpiada

🧬 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO BIOLOGIYA OLIMPIADASI O‘TKAZILADI

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida biologiya fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro olimpiada — Abu Rayhan Biruni International Biology Olympiad (ABIBO) tashkil etilmoqda.

🏆 Xalqaro olimpiada g‘oliblari uchun imtiyoz!

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston talabalari tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga davlat granti asosida, imtihonlarsiz qabul qilinadi.

📍 O‘tkazilish joyi: Samarqand davlat universiteti
📅 O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 9–13-dekabr

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤11🔥3👏3😱1
#HuaweiOʻzbekiston

Huawei O‘zbekiston talabalarini har yili o‘tkaziladigan “Huawei ICT Competition 2026–2027” xalqaro AKT tanlovida ishtirok etib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishga taklif qiladi!

Tanlov YUNESKOning Ta’limda axborot texnologiyalari instituti (UNESCO IITE) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Avvalgi tanlovda Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarini ham qamrab olgan holda, 100 ta mamlakat va hududdagi 2 000 dan ortiq oliy ta’lim muassasasidan 220 000 nafardan ziyod talaba va o‘qituvchi ishtirok etdi. Milliy va mintaqaviy saralash bosqichlaridan so‘ng 49 ta mamlakat va hududdan 177 ta jamoa joriy yil iyun oyida Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan global final bosqichiga yo‘llanma oldi. O‘zbekiston talabalari Huawei ICT Competition 2025–2026 tanlovining Practice Competition yo‘nalishida faxrli o‘rinlarni egalladilar.

Jahon maydonida o‘z iste’dodingizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.


Ro‘yxatdan o‘tish

Tanlov shartlari va batafsil ma’lumot:

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9
#Dayjest #Milliy_qadriyatlar #Milliy_libos

Talabalar milliy urf-odat va qadriyatlarni targ‘ib etishda faol ishtirok etmoqda


Milliy liboslar — nafaqat goʻzallik timsoli, balki qadriyatlarimiz, oʻzligimiz va milliy gʻururimizning yorqin ifodasidir.

➖ Andijon davlat pedagogika insituti;

➖ O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

➖ Namangan davlat universiteti;

➖ Buxoro davlat universiteti;

➖ Olmaliq davlat texnika instituti;

➖ Termiz davlat pedagogika instituti;

➖ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

➖ Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;

➖ Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali;

➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➖ Jizzax politexnika instituti;

➖ Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti;

➖ Andijon davlat texnika instituti;

➖ Samarqand davlat pedagogika instituti;

➖ Urganch davlat universiteti;

➖ Buxoro davlat texnika universiteti;

➖ Buxoro davlat pedagogika instituti;

➖ Guliston davlat pedagogika instituti;

➖ Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti;

➖ Urganch davlat pedagogika instituti;

➖ Namangan davlat texnika universiteti;

➖ Namangan davlat pedagogika instituti;

➖ Andijon davlat tibbiyot instituti;

➖ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

➖ Termiz davlat universiteti;

➖ Guliston davlat universiteti;

➖ Qarshi davlat texnika universiteti;

➖ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

➖ Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

➖ Alfraganus universiteti;

➖ Qoraqalpoq davlat universiteti;

➖ “University of Business and Science” Toshkent filiali.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9😁1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onangizning telefoni xavfsizmi?

Bugungi kunda firibgarlar turli zararli fayllar va soxta havolalar orqali fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari hamda bank kartalaridagi mablagʻlarini qoʻlga kiritishga urinmoqda.

🛡 Ota-onangizni kibertahdidlardan himoya qilish oʻz qoʻlingizda!
Buning uchun:
✅ Telegramʼda ikki bosqichli himoyani yoqing.
✅ Play Market orqali “APK Qoʻriqchi” ilovasini oʻrnating.
✅ Nomaʼlum manbalardan kelgan fayl va havolalarni ochmaslikni tushuntiring.


📱 Yaqinlaringizning kiberxavfsizligiga befarq boʻlmang.

#NavbatBizda — ota-onamizni kibertahdidlardan birgalikda himoya qilaylik!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7😱1
#Xalqaro_olimpiada

🧪 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO KIMYO OLIMPIADASI O‘TKAZILADI

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida kimyo fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro olimpiada — Abu Rayhan Biruni International Chemistry Olympiad (ABICO) tashkil etilmoqda.

🏆 Xalqaro olimpiada g‘oliblari uchun imtiyoz!

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston talabalari tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga davlat granti asosida, imtihonlarsiz qabul qilinadi.

📍 O‘tkazilish joyi: Xorazm viloyati, Ma’mun universiteti

📅 O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 1–5-dekabr

Kimyo faniga qiziquvchi talabalar uchun xalqaro maydonda o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazish imkoniyati!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍5🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avazadagi sammitlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning keng mintaqamiz tinch, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lishini ta’minlash, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini ishonch va umumiy taraqqiyot makoniga aylantirish bo‘yicha muhim tashabbuslari bilan ahamiyatli bo‘ldi. MDHning navbatdagi sammiti O‘zbekistonda o‘tadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13🤔5👍2
#Tanlov_natija

📕 “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovining final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi

🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tanlovning final bosqichiga saralash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning oliy ta’lim tashkiloti bosqichida g‘olib bo‘lgan xorijlik talabalarning insho va videolavhalari Hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, 15 nafar ishtirokchiga final bosqich yo‘llanmasi taqdim etildi.

📌 Final bosqichi ishtirokchilari:
↪️Haruki Ikeda (Yaponiya) – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi;
↪️Abdelaziz Khelifi (Tunis) – Andijon davlat texnika instituti talabasi;
↪️Qadeer Ahmed (Pokiston) – Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi;
↪️Туаn Mariya Aleksandrovna (Janubiy Koreya) – Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti talabasi;
↪️Mazin Moideentkuthy (Hindiston) – Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi;
↪️Shaina Shaikh (Hindiston) – Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti talabasi;
↪️Nadimini Himagiri (Hindiston) – Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi;
↪️Rogovsteva Darya (Rossiya) – I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali talabasi;
↪️Ahmed MD Shafayet (Bangladesh) – Namangan davlat texnika universiteti talabasi;
↪️Ahmed Mabroor (Pokiston) – Samarqand davlat universiteti talabasi;
↪️Yu Qianhao (Xitoy) – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi;
↪️Han Yuqing (Xitoy) – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi;
↪️Nozomi Matsushita (Yaponiya) – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi;
↪️Al Xebi Sair Abdulla Maxmud Ali (Suriya) – Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi;
↪️Хаn Akbar Ahmad (Hindiston) – Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti talabasi.


Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlovda faqatgina ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan, ammo o‘zbek tilini qalbdan sevuvchi xorijlik talabalar ishtirok etishi mumkin. Tanlovning final bosqichi 15-16-oktabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etiladi. G‘oliblar esa diplom va 1-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobari, 2-o‘rin 30 barobari hamda 3-o‘rin 20 barobari miqdorida pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Saralash jarayonida ishtirokchilarning ijodiy ishlari soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va adabiyotshunos olimlardan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
↪️Yo‘ldoshev Ibrohim Jo‘rayevich – O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori;
↪️Aytbayev Dilshodxo‘ja Temirbayevich – O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori;
↪️Tojiyev Alimurod Aliakbarovich – Jahon adabiyoti jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, filologiya fanlari doktori;
↪️Hakimov Munisjon Murodovich – O‘zbekiston fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori o‘rinbosari;
↪️Ahmedova Nargiza Shixnazarovna – Oriental universiteti dotsenti.


Shuningdek, Hakamlar hay’ati a’zolari “Til bilimdonlari” tanlovining Toshkent shahar hududiy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida ham ishtirok etib, g‘oliblarga diplomlarni topshirdilar.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤14👍3