Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.63K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 7–10-oktyabr kunlari oʻtkazilgan “First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, 16 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozondi va 637 ball bilan musobaqa rekordini oʻrnatdi.

Ushbu natija bilan vakillarimiz qariyb 190 mamlakat yoshlarini birlashtirgan nufuzli musobaqada mamlakatimizning ilm-fan, muhandislik va texnologiyalar sohasidagi salohiyatini namoyon etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Robototexnika boʻyicha xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi va shu kuni “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.


Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevlar ishtirok etib, musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylariga mukofotlarni tantanali ravishda topshirdilar.

Erkinjon Turdimov oʻz nutqida yoshlarning ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi yutuqlari mamlakat kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/232423

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤9🔥5👏3🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkinjon Turdimov: Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak!

Koreyaning Incheon shahrida 190 ta davlat ishtirok etgan “FIRST Global Challenge — 2026” musobaqasida O‘zbekiston jamoasi g‘olib alyans tarkibida oltin medalni qo‘lga kiritdi va eng ko‘p ball to‘plab, xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi.

Bugun “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Prezident Farmoniga asosan g‘oliblar va ularning murabbiylariga yuksak davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍45❤30🔥13
#Bitiruvchilar_bandligi |#Topshiriq_ijrosi

Urganch davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalar uchun “Karyera kuni” doirasida Mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Urganch davlat pedagogika instituti bitiruvchi yoshlari “Karyera kuni” doirasida Mehnat yarmarkasida ishtirok etdilar. Yarmarka doirasida tashkilotlar tomonidan ko‘rgazmalar ham tashkil etildi.

Xorazm viloyati Bosh prokuraturasi va Urganch davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan mazkur bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 60 ga yaqin tashkilot va korxonalar tomonidan 200 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

Batafsil: https://www.urspi.uz/uz/news/1406

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👏6🔥1🎉1