Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.64K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Hamkorlik

O‘zbekiston–Ozarbayjon hamkorligi doirasida muhim ilmiy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar tashkil etildi

Buxoro shahrida tashkil etilgan “Ozarbayjon madaniyati va san’ati kunlari” doirasida Buxoro davlat universitetida qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi, doktor Rashad Mammadov BuxDU rektori, professor Obidjon Hamidov bilan uchrashib, ta’lim, ilm-fan va akademik hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Shuningdek, elchi ishtirokida “Ozarbayjon–O‘zbekiston tarixiy-madaniy aloqalari” mavzusida seminar va talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlarga o‘zbek tilida nashr etilgan “İRS Miras” jurnali taqdim qilindi.

Tadbirlar davomida BuxDU Tarix fakultetida Yusuf Qorabog‘iy nomidagi Ozarbayjonshunoslik markazi tantanali ravishda ochildi. Shuningdek, “Yusuf Qorabog‘iyning hayoti, ilmiy va ma’naviy merosi va global sivilizatsiya: falsafa, ilm-fan va ma’naviy an’analar muloqoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Madaniy dastur doirasida esa Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining “Xaribulbul” teatr truppasi tomonidan Uzeyir Hojibeylining mashhur “Arshin mol olon” operettasi namoyish etildi. Mazkur tadbirlar ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🤩32👍25❤24🔥19😁19
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tyutorlik — talabani tinglash, uning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish

©️
Toshkent davlat transport universiteti

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤18👍7🔥5😁4👏3
🏃‍♀️🏃‍♂️ #Talaba_yugur

“Talaba-yugur” musobaqasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari g‘olib va sovrindor bo‘ldi

Samarqand shahridagi Turizm markazida 3 kilometr masofada “Talaba-yugur” ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda 5 ming nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

🏆 “Talaba-yugur” musobaqasi natijalari:
Yigitlar o‘rtasida:
🥇 Azizbek Boshmonov — Samarqand davlat pedagogika instituti;
🥈 Quvonchbek Xalimov — Samarqand davlat pedagogika instituti;
🥉 Ziyodulla Sag‘dullayev — Samarqand davlat tibbiyot universiteti.

Qizlar o‘rtasida:
🥇 Shaxnoza Ziyodullayeva — Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;
🥈 Gulsevar Bolg‘ayeva — Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;
🥉 Tiniqoy Ochilova — Samarqand davlat pedagogika instituti.


G‘olib va sovrindorlar medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15🔥3🥰1🎉1🤩1