Edu.uz
✔
144K subscribers
39.8K photos
7.61K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Prezident #Turkiya #hamkorlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi boshlandi. Mamlakatimiz yetakchisini Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an kutib oldi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OliyTalimTarixiMuzeyi

🏛 Oliy ta’lim tarixi muzeyi — o‘tmish, bugun va kelajak uyg‘unligi

Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligi binosida tashkil etilgan Oliy ta’lim tarixi muzeyi mamlakatimiz ilm-fani va oliy ta’lim tizimining boy tarixini o‘zida mujassam etgan muhim ma’rifiy maskandir.

Muzeyda yurtimizdagi ta’lim an’analarining shakllanishi, Birinchi va Ikkinchi Uyg‘onish davrlari, jadid ma’rifatparvarlarining ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, Turkiston xalq universitetining tashkil etilishi hamda oliy ta’lim tizimining bugungi kungacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari yoritilgan.

Muzey ekspozitsiyalaridan tarixiy hujjatlar, noyob arxiv materiallari, fotosuratlar, infografikalar va zamonaviy multimedia vositalari o‘rin olgan. Ular orqali tashrif buyuruvchilar O‘zbekistonda oliy ta’limning rivojlanish jarayoni, mustaqillik yillaridagi o‘zgarishlar va so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤3🥰1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Anqara şahrida Turkiy davlatlar taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining yiğilişi bölib ötmoqda

Özbekiston turkiy davlatlar talabalari uçun har yili 200 ta taʼlim granti ajratadi – Şavkat Mirziyoyev


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏9👍3❤2
Özbekiston va Polşa oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Toşkent şahrida Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi doirasida Taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov Polşa Respublikasi fan va oliy taʼlim vaziri Marcin Kulasek bilan uçraşuv ötkazdi.

Muloqotda qöşma taʼlim dasturlarini kengaytiriş, talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvini rivojlantiriş, ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro taʼlim dasturlari doirasidagi hamkorlikni kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Ayni paytda Özbekistonning 28 ta oliy taʼlim taşkiloti Polşaning 40 ga yaqin universiteti va ilmiy-taʼlim taşkiloti bilan 70 dan ortiq kelişuv va memorandumlar asosida hamkorlik qilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/239984

#Xalqaro_hamkorlik #Polşa

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍6
#Söragan_edingiz #Inklyuziv_taʼlim

❓Men özim rahbarlik qilayotgan nodavlat maktabda inklyuziv sinf taşkil qilişim mumkinmi, buning uçun qanday talablar mavjud?


✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi tegişli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy örta taʼlim taşkilotlarida inklyuziv taʼlimni taşkil etiş tartibi töğrisida”gi Nizom talablariga köra:

➖
nodavlat taʼlim taşkilotlarida belgilangan barça zarur şaroitlar mavjud bölgan taqdirda, uşbu turdagi ta’lim maskanlarida ham inklyuziv taʼlim va boşlanğiç tayanç korreksion sinflar taşkil etilişi mumkin.

➖ Nodavlat taʼlim taşkilotlarida inklyuziv taʼlim va boşlanğiç tayanç korreksion sinflarni taşkil etiş Ta’lim va ilm-fan vazirligining tegişli hududiy boşqarmalari bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi.

👉 Maʼlumot uçun: Nizomga muvofiq, inklyuziv taʼlim va boşlanğiç tayanç korreksion sinflarni taşkil etişdagi asosiy talablardan biri — öquvçilarning maktab binosi içida harakatlanişi va taʼlim olişlari uçun zarur şaroitlar yaratilgan bölişi lozim.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2🔥1👏1
#tayinlov

Ta’lim va ilm-fan vazirining tegişli buyruği bilan Muxtorova Aziza Erkinovna - Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3👍76❤28🔥13😁3
#bolahuquqlari

❓Bolajonlar uçun qiziqarli huquqiy multfilmlarni tomoşa qilişni istaysizmi?

❓Bola huquqlariga oid işonçli ma’lumotlarni qayerdan oliş mumkinligini bilasizmi?


Quyida Sizlar uçun manfaatli bölgan manbalarni tavsiya etamiz:

🎬 Qiziqarli animatsion videolar va multfilmlarni şu yerda tomoşa qilişingiz mumkin:
youtube.com/@bola_huquqlari

🎮 Bolalar va ota-onalar uçun huquqni örgatuvçi interaktiv portal:
bolahuquqlari.uz

💻 Bolalar va ota-onalar uçun Telegram kanal: @bolahuquqlariuz


Barçasiga obuna böling!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍4😁1
#PrezidentTopshiriğiIjrosi #QaşqadaryoTajribasi

⚡️Oliy taʼlim taşkilotlari rahbarlari Qarşi davlat universiteti tajribasini örganmoqda

Universitetda şakllangan “Qaşqadaryo tajribasi”ni respublikaning boşqa oliy taʼlim taşkilotlariga ommalaştiriş maqsadida tajriba almaşiş jarayonlari boşlandi.

30-oktabr kuni Qaşqadaryo viloyatidagi davlat va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari rahbarlari Qarşi davlat universitetida bölib, universitet faoliyati va yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/240543

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #Attestatsiya2026

Yurtimiz böylab bölib ötayotgan pedagoglar attestatsiyasi davom etmoqda


🔴 Bugun jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlaridan test sinovlari bölib ötdi.

⏰ Eslatib ötamiz, sinov jarayonlari 28-noyabrga qadar davom etadi.

📊 Örnatilgan tartibga köra, sinovlar ikki bosqiçda amalga oşiriladi hamda 46 ta fan yönalişini qamrab oladi.

🔺 Birinçi bosqiçda mutaxassislik fanidan pedagoglarning bilimi (biliş, qöllaş, mulohaza qiliş könikmalari), ikkinçi bosqiçda ularning pedagogik mahoratlari baholanadi.
___

➖ Jarayonlar markaziy va hududiy OAVda ham keng yoritilmoqda:

🔹“Özbekiston 24” telekanali
🔹UzA
🔹“Madaniyat va ma’rifat” telekanali
🔹“Mening yurtim” telekanali
🔹Xalq ta’limi info
🔹Samarqand TVR
🔹UzA
🔹Ta’lim xabarlari
🔹ZarNews
🔹UzA
🔹“Madaniyat va ma’rifat” telekanali
🔹Овози Самарқанд |Samarqand ovozi
🔹Xorazm MTRK
🔹UzA
🔹Farğona 24
🔹Sirdaryo MTRK

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Şavkat Mirziyoyev inqilobi yoxud men nima uçun Prezidentim bilan ğururlanaman?

UzA axborot agentligi saytida siyosatşunos Qudratilla Rafíqovning “Şavkat Mirziyoyev inqilobi yoxud men nima uçun Prezidentim bilan ğururlanaman?” nomli publisistik essesi e’lon qilindi.

Maqolada Prezidentimiz rahbarligida amalga oşirilayotgan islohotlar, inson qadri, şaxsiy erkinlik, milliy özlikni anglaş, bunyodkorlik va jamiyat tafakkuridagi özgarişlar çuqur tahlil qilingan.

Publisistik-esseni öqir ekansiz davlatimiz rahbarining quyidagi sözlari bor mohiyati bilan yanada teranroq namoyon bo‘ladi:

“Men oddiy odamlar, öğil-qizlarimiz yuz-közlarida quvonçni körsam, ularning bu hayotdan roziligini ilğasam, şuning özi mening baxtim”.


Uşbu asar öquvçini jamiyat hayotidagi özgarişlarni çuqur anglaşga, bugungi yangilanişlarga keng dunyoqaraşli faol fuqaro sifatida qaraşga undaydi.

Muallif mulohazalari bugun Yangi Özbekistondagi özgarişlarga guvoh har bir vatandoşimizning qalbidagi keçinmalarga hamohangdir:

“Men ilgari mumkin bölmagan, iloji yöq, deb qaralgan imkoniyatlarning birpasda oddiy hodisaga aylanib qolişining özi ham qaysidir ma’noda inqilob belgisi, deb öylayman”.


Maqoladagi tarixiy qiyos, siyosiy tahlillar va bugungi özgarişlarning sodda ifodasi har bir öquvçini mamlakatimiz taraqqiyoti, islohotlar mohiyati va kelajak haqida yanada çuqurroq muşohada yuritişga undaydi.

📖 Maqolani töliq öqiş:
https://uza.uz/oz/posts/shavkat-mirziyoyev-inqilobi-yoxud-men-nima-uchun-prezidentim-bilan-gururlanaman_928162

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😁24❤13👍5👏5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InklyuzivTaʼlim

Farğona davlat texnika universitetida nogironligi bölgan talabalar uçun tösiqsiz va qulay ta’lim muhiti yaratilmoqda


🔹 “Özbekiston — 2030” strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib çiqib, universitetda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega talabalarni qöllab-quvvatlaş, ularning ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda infratuzilmani moslaştiriş borasida tizimli işlar olib borilmoqda.

🖇 Xususan, nogironligi bölgan talabalarning öquv binolarida erkin harakatlanişi, ta’lim jarayonlarida teng imkoniyatlar asosida iştirok etişi va universitet hayotiga faol integratsiyalaşuvi uçun zarur şart-şaroitlarni ta’minlaşga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

👉 Videolavha şu haqida.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍5