Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.65K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Tavsiya #MaktabTaʼlim

Kuzgi ta’til vaqtida umumiy örta ta’lim maktablari öquvçilarining mutolaa qilişi uçun Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan quyidagi badiiy adabiyotlar
tavsiya etiladi:

👉 1–4-sinf öquvçilari uçun:


➖ “Buvamning oşqozonidagi mamlakat” — muallif: Qobiljon Şermatov
➖ “Zahramahr qörquvlari yoxud hamma narsaga kim aybdor?” — muallif: Madina Möminova
➖ “Amir Temur haqida hikoyalar” — muallif: Tölqin Hayit
➖ “Bir bor ekan-pul bor ekan”— muallif: Namoz Sa’dullayev
➖ “Maugli” — muallif: Redyard Kipling


👉 5–9-sinf öquvçilari uçun:

➖ “Galaktikada bir kun” — muallif: Sa’dulla Quronov
➖ “Ötmişdan ertaklar” — muallif: Abdulla Qahhor
➖ “Jayhun ustida bulutlar” — muallif: Mirkarim Osim
➖ “Sohibqiron nabirasi” — muallif: Xurşid Davron
➖ “Ğaroyib bolalar” — muallif: Aziz Nesin


👉 10–11-sinf öquvçilari uçun:

➖ “Yaldo keçasi” — muallif: Xayriddin Sulton
➖ “Qutadğu bilig” — muallif: Yusuf Xos Hojib
➖ “Avlodlar dovoni” — muallif: Pirimqul Qodirov
➖ “Otamdan qolgan dalalar” — muallif: Toğay Murod
➖ “Martin Iden” — muallif: Jek London

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤5😁5🔥1
Bolalik esa kutib turmaydi – muammolarni keçiktirmasdan hal qiliş kerak


Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qarşidagi 43-maktab va 1-boğça şaroiti bilan tanişdi.

Boğça avariya holatida, maktabda sinfxonalar sovuq, partalar eskirgan. Bolalik esa kutib turmaydi – muammolarni keçiktirmasdan hal qiliş kerak.

Eski boğça örnida 360 örinli şinam, yangi boğça quriladi. Maktab binosi ta’mirlanib, zamonaviy laboratoriyalar, til va ijod tögaraklari hamda alohida ehtiyojli bolalar uçun qulay şaroit yaratiladi.

Qaşqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikumida öqiyotgan yoşlarning iştiyoqi, kelajakka işonçi meni behad quvontirdi. Farzandlarimiz boğçaga qöygan ilk qadamidan mustaqil hayotga kirib borguniga qadar munosib muhitda ta’lim-tarbiya olişi kerak.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍9🥰1🤔1
Urganç davlat universitetida “Buyuk mutafakkirlar xiyoboni” oçilidi

Urganç davlat universitetida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini uluğlaş, ularning bebaho xotirasini abadiylaştiriş hamda yoş avlod örtasida milliy qadriyatlarimizni keng tarğib etiş maqsadida barpo etilgan “Buyuk mutafakkirlar xiyoboni”ning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Oçiliş marosimida viloyatimiz hamda Respublikadan taşrif buyurgan taniqli ilm-fan, adabiyot va ma’rifat ahli, adabiyotşunos va tarixçi olimlar, xorijlik mehmonlar iştirok etdi.

Xiyobonda jahon ilm-fani, adabiyoti va tamadduni rivojiga beqiyos hissa qöşgan 18 nafar buyuk siymoning haykallari qad rostlagan. 

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍4👏1