Edu.uz
✔
144K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Vazir örinbosari Navoiy şahridagi maktab faoliyati bilan tanişdi

Taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari Mehriniso Pardayeva Navoiy viloyatidagi iş jarayonlari doirasida Navoiy şahridagi 22-umumiy örta taʼlim maktabida bölib, öquvçilar va pedagoglar uçun yaratilgan şaroitlar, taʼlim-tarbiya jarayonining taşkil etilişi hamda maktab faoliyati bilan tanişdi.

Maktabda taşkil etilgan fan, sport va ijodiy tögaraklar faoliyati, öquvçilarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularning qiziqiş va qobiliyatlarini rivojlantirişga qaratilgan maşğulotlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/244168

#Xizmat_safari #Navoiy #22_maktab

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍7🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_tadbirkori #Qaşqadaryo

Qarşida bölib ötgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasblar körgazmasidan videolavha

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤4🔥1
🔥6👍4❤3👏1
#Şijoat_maydoni #MaktabTaʼlim

Surxondaryo viloyati, Termiz şahrida hududdagi 5 ta umumta’lim maktabining “Vatan tayançi” harakati otryadlari öquvçilari iştirokida “Şijoat maydoni” majmuaviy harbiy-sport musobaqasi bölib ötdi.

Maktab öquvçilarining kuzgi ta’til vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş hamda jismoniy va harbiy-amaliy tayyorgarligini mustahkamlaşga qaratilgan mazkur bahslarda iştirokçilar 9 ta şart böyiça özaro bellaşdi.

Yakuniy natijalarga köra, Termiz şahridagi 19-sonli umumiy örta ta’lim maktabining “Vatan tayançi” otryadi birinçi örinni qölga kiritdi.

Ğolib jamoa va faol iştirokçilar Diplom, esdalik sovğalari hamda musobaqa kubogi bilan taqdirlandi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍1