Edu.uz
✔
143K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_tadbirkori #Qaşqadaryo

Qarşida bölib ötgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasblar körgazmasidan videolavha

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤4🔥1
🔥6👍4❤3👏1
#Şijoat_maydoni #MaktabTaʼlim

Surxondaryo viloyati, Termiz şahrida hududdagi 5 ta umumta’lim maktabining “Vatan tayançi” harakati otryadlari öquvçilari iştirokida “Şijoat maydoni” majmuaviy harbiy-sport musobaqasi bölib ötdi.

Maktab öquvçilarining kuzgi ta’til vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş hamda jismoniy va harbiy-amaliy tayyorgarligini mustahkamlaşga qaratilgan mazkur bahslarda iştirokçilar 9 ta şart böyiça özaro bellaşdi.

Yakuniy natijalarga köra, Termiz şahridagi 19-sonli umumiy örta ta’lim maktabining “Vatan tayançi” otryadi birinçi örinni qölga kiritdi.

Ğolib jamoa va faol iştirokçilar Diplom, esdalik sovğalari hamda musobaqa kubogi bilan taqdirlandi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ARBICHO_2026

Nukus shahrida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy nomidagi uchinchi xalqaro kimyo olimpiadasining sinov jarayonlari yakunlandi

Yoshlarning ilmiy salohiyati, bilim va intellektual imkoniyatlarini namoyon etish uchun muhim maydonga aylangan ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 17 ta davlatidan kelgan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etmoqda.

Olimpiada doirasida ishtirokchilar kimyo fanidan nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirgan holda o‘zaro bellashdilar.

5-noyabr kuni o‘tkazilgan amaliy bosqichda ishtirokchilar uchta laboratoriya topshirig‘ini bajardilar. Bu jarayonda ularning amaliy bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

6-noyabr kungi nazariy bosqichda esa o‘quvchilar sakkizta murakkab topshiriq ustida ishlab, kimyo faniga oid bilimlari, mantiqiy fikrlash va masalalarni mustaqil yechish ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Ta’kidlash joizki, olimpiada natijalari yuz ballik baholash tizimi asosida aniqlanadi.


Eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlanadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍1
#Qonunchilik_yangiliklari

Qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumi taşkil etiladi


“Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzurida Qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumini taşkil etiş töğrisida”gi hukumat qarori (611-son, 06.11.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga köra, Texnikum faoliyati 2027/2028 öquv yilidan yölga qöyiladi.

Texnikumga umumiy örta ta’lim taşkilotlarining bitiruvçilari belgilangan tartibda davlat granti va tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinadi hamda öquv jarayoni boşlanğiç, örta va örta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari asosida taşkil etiladi.

2029-yildan Texnikumning kasbiy ta’lim yönalişlarini tamomlagan bitiruvçilar tarkibidan favqulodda vaziyatlar organlari uçun kadrlar zaxirasi şakllantiriladi.

Quyidagilar Texnikumning asosiy vazifalari etib belgilandi:

➖ favqulodda vaziyatlar organlariga kasbiy ta’lim yönalişlari böyiça zamon talablariga javob beradigan, nazariy bilim va amaliy könikmalarga ega bölgan qutqaruvçilarni tayyorlaş;

➖ öquv jarayonini simulyatsiya, imitatsiya va virtual laboratoriyalar (poligon)ni taşkil etiş orqali nazariya va amaliyotning uyğunligini ta’minlaş va boşqalar.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakMarkazlari
#QöşimçaTaʼlim

🤖 Anʼanadan texnologiyaga: “Kelajak” markazlaridan yangi tögarak — “HunarTech 4.0”

“Kelajak markazlari”da taşkil etilgan mazkur tögarak 5-sinfdan boşlab öquvçilarni qöşimça taʼlimga jalb etişga möljallangan bölib, 33 ta mavzu, 19 soat nazariy va 53 soat amaliy maşğulotlarni qamrab oladi.

🔰 Dastur qisqa muddatli bölib, 4 oy davomida:
🛑3ds Mah va milliy raqamli dizayn;
🛑3D printer va raqamli işlab çiqariş;
🛑Robototexnika asoslari;
🛑Sunʼiy intellekt yordamida loyihalarni raqamlaştiriş
kabi 4 ta modul asosida ötkaziladi.

🤖 Maşğulotlar ğoyadan tayyor mahsulot va raqamli loyihagaça bölgan jarayonga bosqiçma-bosqiç olib kirişga yönaltirilgan. Tögarak öquvçilarga yoşligidanoq kasbiy faoliyat elementlarini özlaştiriş, özlari yaratgan mahsulot va loyihalar orqali boşlanğiç daromad oliş könikmalarini şakllantiriş uçun zamin yaratadi. Dastur doirasida öquvçilar milliy naqş va bezaklar, milliy obrazlar hamda suvenirlarni 3D modellaştiriş, modellarni 3D printerda çop etiş va pardozlaş, Arduino asosida robot konstruksiyalari va sensorli aqlli tizimlarni yaratiş könikmalarini özlaştiradilar. Şuningdek, sunʼiy intellekt vositalari yordamida tasvir, video va audio materiallardan foydalanib loyihalarni raqamlaştiriş böyiça zamonaviy bilimlarni egallaydilar.


“HunarTech 4.0” qisqa muddatli tögaragi uçun öquv-uslubiy qöllanma va öquvçi daftaridan iborat yagona metodik majmua işlab çiqilgan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🔥5👍2😁1🤩1
Buxoroda nemis tili va telc imtihon markazi oçildi

Buxoro davlat texnika universitetida yoşlarni nemis tiliga öqitiş, xalqaro sertifikatlar oliş hamda Germaniya va boşqa Yevropa davlatlarida ta’lim oliş va kasbiy faoliyat yuritişga yönaltiriş maqsadida «Profi Deutsç» nemis tili va «telc» imtihon markazi öz faoliyatini boşladi.

Oçiliş marosimida Buxoro viloyati hokimligi, universitet mas’ullari va Germaniyaning TELC taşkiloti Örta Osiyodagi vakillari sözga çiqib, markazning yoşlar uçun ahamiyati va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr bildirdilar.

Batafsil...

#NemisTiliImtihonMarkazi #Buxoro

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤8🔥5