Edu.uz
✔
143K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Buxoroda nemis tili va telc imtihon markazi oçildi

Buxoro davlat texnika universitetida yoşlarni nemis tiliga öqitiş, xalqaro sertifikatlar oliş hamda Germaniya va boşqa Yevropa davlatlarida ta’lim oliş va kasbiy faoliyat yuritişga yönaltiriş maqsadida «Profi Deutsç» nemis tili va «telc» imtihon markazi öz faoliyatini boşladi.

Oçiliş marosimida Buxoro viloyati hokimligi, universitet mas’ullari va Germaniyaning TELC taşkiloti Örta Osiyodagi vakillari sözga çiqib, markazning yoşlar uçun ahamiyati va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr bildirdilar.

Batafsil...

#NemisTiliImtihonMarkazi #Buxoro

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤8🔥5
#KiberjinoyatçilikkaQarşiKuraşiş #Hamkorlik

Qarşi davlat texnika universitetida “Kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş, raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş” öquv markazi faoliyati yölga qöyildi


Uşbu markaz Prezidentimizning joriy yil Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi çoğida berilgan topşiriqlar ijrosini taʼminlaş maqsadida Içki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti, Içki işlar vazirligi akademiyasi, Qaşqadaryo viloyati içki işlar boşqarmasi va Qarşi davlat texnika universiteti hamkorligida taşkil etildi.

Öquv kursining asosiy maqsadi viloyat içki işlar organlari xodimlarining kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt vositalaridan samarali foydalaniş böyiça kasbiy bilim va amaliy könikmalarini rivojlantirişdan iborat.

Dars maşğulotlari Içki işlar vazirligi akademiyasi va Qarşi davlat texnika universiteti professor-öqituvçilari tomonidan olib borilmoqda. Öquv dasturi kiberjinoyatlarni aniqlaş, oldini oliş, foş etiş va tergov qiliş, raqamli dalillar bilan işlaş, raqamli kriminalistika, axborot xavfsizligi, şuningdek raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan xizmat faoliyatida qonunçilik talablariga muvofiq samarali foydalaniş yönalişlarini qamrab oladi.

Batafsil...

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍2