Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.69K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Ertaga, 10-noyabrdan umumiy örta ta’lim maktablari öquvçilari uçun joriy öquv yilining II çorak dars maşğulotlari boşlanadi

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍6🎉2😁1
#ARBIChO_2026

🇺🇿
Jasur Mustafoyev — ARBIChO–2026 amaliy imtihonining ABSOLUTE WINNERi!

Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Jasur Mustafoyev amaliy imtihon boʻyicha mutlaq gʻolib — ABSOLUTE WINNER deb topildi!

Bu natija – mamlakatimiz xalqaro kimyo olimpiadalari tarixida amaliy imtihon yoʻnalishidagi ikkinchi mutlaq gʻalaba hisoblanadi.

Jasur 17 ta mamlakatdan tashrif buyurgan iqtidorli yosh kimyogarlar orasida eng yuqori natijani qayd etib, oʻzining chuqur bilimlari, puxta tayyorgarligi, amaliy koʻnikmalari va yuksak salohiyatini namoyon etdi.

Ushbu yutuq orqali Jasur buyuk allomamiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosiga munosib izdosh ekanini, oʻzbek yoshlarining ilm-fan maydonidagi imkoniyatlari va salohiyati naqadar yuqori ekanini yana bir bor isbotladi.

Albatta, bu muvaffaqiyat ortida tinimsiz mehnat, izlanish, qatʼiyat, ustozlarning fidoyiligi va puxta tayyorgarlik mujassam.

👏 Jasur Mustafoyevni, uning ota-onasi va ustozlarini ushbu yuksak natija bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!💐

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤27👍8🎉1
“TIQXMMI” faoliyati transformatsiya qilinadi: öqitişga sun’iy intellekt joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonning Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raisligi davrida amalga oşiriş rejalaştirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanişdi.

Unda oliy ta’lim va ilm-fanga oid quyidagi asosiy vazifalar belgilandi:

➖ “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti jamğarma taşabbuslarini amalga oşirişda asosiy ilmiy-tahliliy platforma böladi va faoliyati töliq transformatsiya qilinadi;

➖ taʼlim va tadqiqot jarayoniga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qiliş işlari jadallaştiriladi;

➖ Markaziy Osiyo va Afğoniston uçun suv xöjaligi böyiça qöşma bakalavriat hamda magistratura dasturlari işga tuşiriladi;

➖ Amudaryo va Sirdaryo havzalari böyiça maʼlumotlarning yagona bazasi yaratiladi hamda çöllanişga qarşi kuraşişda xalqaro investitsiya va grantlar jalb etiladi;

➖ umumiy qiymati 3,3 milliard dollarlik 133 ta loyihani amalga oşirişga professor-olimlar va xorijdagi vatandoşlar keng jalb qilinadi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga rejalaştirilgan çora-tadbirlar yuzasidan oylar kesimida “yöl xaritasi”ni tasdiqlaş va ijrosini taʼminlaş böyiça topşiriqlar berdi.

#Mirziyoyev #taqdimot #OQXJ #loyihalar

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍7
#KibermadaniyatniYuksaltirişOyligi

“Cyber University”da “Cyberuni Techsprint: Hackathon & Ideathon” musobaqasi boşlandi


“Cyber University”da 9–10-noyabr kunlari talabalar örtasida kiberxavfsizlik, moliyaviy xavfsizlik hamda ta’lim sohalaridagi dolzarb muammolarga innovatsion texnologik yeçimlar işlab çiqişga qaratilgan “Cyberuni Techsprint: Hackathon & Ideathon” musobaqasiga start berildi.

Musobaqa ikki asosiy yönalişni qamrab oladi:

➖ Hackathon – kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş, internet orqali giyohvandlik vositalari noqonuniy tarqalişining oldini oliş va şubhali moliyaviy tranzaksiyalarni aniqlaş;
➖ Ideathon – Sun’iy intellekt yordamida oliy ta’limni rivojlantiriş.

“Cyberuni Techsprint” talabalar uçun nazariy bilimlarini amaliyotda sinovdan ötkaziş, istiqbolli ğoyalarni texnologik işlanmalarga aylantiriş hamda real muammolarga samarali yeçimlar taklif etişda muhim maydon bölib xizmat qiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤6👍5🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtimizda “Raqamli avlod IT haftaligi” bölib ötdi

Ta’lim va ilm fan vazirligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabda ötkazilgan “Raqamli avlod IT haftaligi”da mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan mingga yaqin yoşlar iştirok etdi.

Haftalik yoşlarning axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va könikmalarini rivojlantiriş, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, innovatsion ğoyalarni rağbatlantiriş hamda zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlarini keng tarğib etiş maqsadida taşkil etildi.

Tadbir Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Digital Generation Uzbekistan tomonidan Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi hamkorligida ötkazildi.

Uç kun davomida iştirokçilar sport dasturlaş, robototexnika, ixtiroçilik va sun’iy intellekt yönalişlaridagi musobaqalar, amaliy bellaşuvlar va ma’rifiy tadbirlarda öz bilim va mahoratlarini namoyon etdilar.

Dastur doirasida Robo Futbol, Robo Sumo, Robo War Mini musobaqalari, innovatsion işlanmalar taqdimoti hamda DG Contest sport dasturlaş bellaşuvi ötkazildi. AI DAY tadbiri doirasida sun’iy intellekt, AI agentlar, mehnat bozorining kelajagi, ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar va biznes jarayonlarida AI texnologiyalaridan foydalaniş masalalari muhokama qilindi.


Mingga yaqin yoşlarni birlaştirgan mazkur haftalik yangi ğoyalar, istiqbolli loyihalar va kelajak texnologiyalari atrofida tajriba almaşiş uçun muhim maydon böldi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤5😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bayroğimiz muallifi – Anvar Mamajonov bilan suhbat

Bayroğimiz qanday yaratilgan? Javobni öz közi bilan körgan inson aytib beradi

Har kuni köramiz, lekin uning ortidagi hikoyani köpçilik bilmaydi.

❓ Davlat bayroğimiz qanday yaratilgan va uning ğoyasi nima?
❓ Nega aynan şu törtta rang tanlangan?
❓ Bu haqiqiy ijod bölganmi yoki buyurtma mahsuli?


Videoda 1991-yilgi asl hujjatlar — bayroqning birinçi çizmalari va rasmiy tasvirlari ham bor.

Oxirigaça köring — uçinçi savolga berilgan javob sizni hayratda qoldiradi.

#Kelajak_soati #DavlatBayrogʻi #Tarix

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍6🤔2
Elektron jurnal: qoğozbozlikdan qanday voz keçiladi?

Bugun Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanalida qoğozbozlikni kamaytiriş hamda elektron jurnal tizimidan foydalaniş va uni yuritiş masalalari yuzasidan ovozli chat ötkaziladi.

💬Ovozli chat davomida mutaxassislar tomonidan:
➖elektron jurnal tizimidan foydalaniş tartibi va imkoniyatlari;
➖öquv maşğulotlari, davomat va özlaştiriş körsatkiçlarini elektron jurnalga kiritiş;
➖tizim bilan işlaşda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yeçimlari;
➖pedagoglarni qiziqtirgan savollarga javoblar beriladi.

Oldindan savollarni yuboriş uçun manzil @kasbedu_bot

Savollaringizni ovozli chat davomida mutaxassislarga bevosita yöllaşingiz ham mumkin!

🗓️ Sana: 10.11.2026
⏰ Vaqt: 16:00

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍5🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektron jurnal: mavzudan bahogacha — barchasi bir tizimda!

Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilari uchun elektron jurnaldan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma tayyorlandi. Unda dars mavzusini kiritish, davomatni belgilash, baho qo‘yish va topshiriq berish tartibi bosqichma-bosqich tushuntirilgan.

📌 Jurnalni to‘ldirishda avval mavzu kiritiladi, keyin yo‘qlama qilinadi va baholar qo‘yiladi. Baholarni kiritish hamda o‘zgartirish Face ID orqali tasdiqlanadi. Shuningdek, tizim orqali o‘quvchilarga topshiriqlar yuborish va ularning javoblarini baholash mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🤔1
#Islohotlar_bilimdoni #Final

“Islohotlar bilimdoni” respublika körik-tanlovining final bosqiçi yakunlandi


Ta’lim va ilm-fan vazirligi Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi tomonidan “Islohotlar bilimdoni” respublika körik-tanlovining final bosqiçi 2026-yil 5-6-noyabr kunlari taşkil etildi.

Tanlov davomida iştirokçilar 5 ta nominatsiya böyiça özaro bellaşib, ularning ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy, siyosiy-huquqiy tarğibot yönalişidagi faoliyati, amalga oşirgan işlari hamda sohaga oid bilim va könikmalari Hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Nominatsiyalar böyiça ğoliblar:
✅“Eng faol milliy ğoya va maʼnaviyat tarğibotçisi” nominatsiyasi:
🥇Muyassarxon Ollaberganova – ÖzDXA Urganç filiali
🥈Laylo Şaripova – Buxoro davlat pedagogika instituti
🥈Kamoliddin Mirzaaxmedov – Özbekiston Milliy universiteti
🥉Kimyoxon Kamolova – Namangan davlat pedagogika instituti
🥉Mohinur Sotvoldiyeva – Qöqon universiteti Andijon filiali

✅“Ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça eng yaxşi kafedra” nominatsiyasi:
🥇Namangan davlat universiteti Menejment kafedrasi;
🥈Jizzax politexnika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi;
🥉Şahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi.

✅“Eng yaxşi tyutor” nominatsiyasi:
🥇Muzaffar Saitov – Termiz davlat muxandislik va agrotexnologiyalar universiteti
🥈Abdişukur Yuldaşev – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
🥈Nigora Mirzaqulova – Toşkent davlat tibbiyot universiteti
🥉Gulmira Yuldaşeva – Namangan davlat pedagogika instituti
🥉Zafar Usmonov – Toşkent davlat transport universiteti

✅“Eng faol xotin-qizlar maslahat kengaşi raisi” nominatsiyasi:
🥇Guljahon Dexqonova – Namangan davlat pedagogika instituti
🥈Maşhura Temirova – Qöqon davlat universiteti
🥉Dildora Axatova – Şahrisabz davlat pedagogika instituti

✅“Eng faol islohotlar tarğibotçisi” nominatsiyasi:
🥇Aziza Maxmudova – Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
🥈Begoyim Varisova – Namangan davlat pedagogika instituti
🥈Mohinur Xoşimova – Buxoro davlat pedagogika instituti
🥉Albina Amangeldiyeva
– Qoraqalpoq davlat universiteti
🥉Şarifbobo Xasanov – Urganç davlat tibbiyot instituti


Körik-tanlov ğoliblari Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravişda bazaviy hisoblaş miqdorining 45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Şuningdek, final bosqiçida qatnaşgan barça iştirokçilariga Vazirlikning faxriy yorliqlari topşirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍2🔥1🤩1