Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Turkiy dunyoning ilmiy hamkorligi va muştarak merosini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi

Samarqand şahrida ötkazilayotgan II Butunjahon turkologiya qurultoyining yalpi majlisida turkiy davlatlar örtasidagi ilmiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, muştarak tarixiy merosni örganiş va turkiy sivilizatsiyaning jahon tamaddunidagi örnini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Yalpi majlisda “Turkiy davlatlar örtasida madaniy-gumanitar hamkorlik istiqbollari”, “Turkiy dunyo xartiyasini amalga oşirişning dolzarb vazifalari” hamda “Turkiy sivilizatsiyaning jahon tamaddunidagi örni” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/250423

#ButunjahonTurkologiyaQurultoyi #YalpiMajlis

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍2
Forwarded from Zamin Foundation
"Yashil bog‘lar" loyihasi doirasida yaqin atrofdagi uylar aholisi, ko‘ngillilar hamda Eco-schools Uzbekistan loyihasining faxriy "Yashil bayroq" sohibi bo‘lgan 21-maktab o‘quvchilari bilan birgalikda Angren shahridagi "Gulzor" istirohat bog‘iga ko‘chat ekishga chiqdik.

"Gulzor" bog‘i hali o‘z qiyofasini ancha o‘zgartirishi kerak, ammo hozirning o‘zidayoq qilinadigan ishlar bisyor. Birgalikdagi mehnat samarasi o‘laroq, bog‘dagi daraxt va butalar soni 10 193 tupga ko‘paydi: mahobatli chinorlar, xushbichim shumtollar, qudratli emanlar, ko‘rk bag‘ishlovchi zaranglar, quyuq tuya daraxtlari, qayrag‘ochlar, ekzotik Kanada arg‘uvonlari va manzarali pissardi olxo‘rilari shular jumlasidandir. Bu esa "Gulzor" ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan xilma-xillikning bir qismi, xolos.

Ekilgan har bir daraxt yoki buta — shunchaki ko‘kalamzorlashtirishga qo‘shilgan hissa emas. Bu toza havoga, yozgi salqin soyaga va farzandlarimiz bilan birga bo‘y cho‘zadigan go‘zallikka kiritilgan sarmoyadir.

"Yashil bog‘lar" loyihasi shuni yana bir bor isbotlamoqdaki, aholi bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsa, faqat shahar qiyofasigina o‘zgarmaydi. Turmush tarzimiz, dunyoqarashimiz va o‘z uyimiz deb bilgan maskanga munosabatimiz ham o‘zgaradi.

Biz bilan yelkadosh bo‘lgan har bir kishiga va, albatta, bog‘ni o‘z otalig‘iga olgan angrenlik eko-maktab o‘quvchilariga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.

—

В рамках проекта Yashil bog‘lar мы вместе с жителями близлежащих домов, волонтёрами и учениками школы №21 — обладателями почётного «Зелёного флага» проекта Eco-schools Uzbekistan — вышли на посадки в городской парк Gulzor в г. Ангрене.

Парку Gulzor ещё предстоит заметно изменить свой облик, но дел и сейчас много. Благодаря совместной работе в парке стало на 10 193 дерева и кустарника больше: величественные чинары, стройные ясени, могучие дубы, яркие клёны, пушистые туи, вязы, экзотические багряники канадские и декоративные сливы писсарди. И это лишь часть того разнообразия, которое стало частью Gulzor.

Каждое посаженное дерево или кустарник — не просто вклад в озеленение. Это инвестиция в чистый воздух, в летнюю тень и в красоту, которая будет расти вместе с нашими детьми.

Проект «Yashil bog‘lar» в очередной раз доказывает: когда жители действуют сообща, меняется не только облик города. Меняется образ жизни, наше мышление и отношение к месту, которое мы называем домом.

Большое спасибо каждому, кто был с нами, и, конечно же, ангренским экошкольникам, которые взяли на себя «шефство» над парком.

#YashilBoglar #EcoSchoolsUzbekistan #BirgaYashilZaminYaratamiz #ВместеМыСоздадимЗеленыйКрай

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
❤9😱1