Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Butunjahon bolalar kuniga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Yosh ekofaollar bilan o‘tkazilgan ushbu muloqot Senat Raisi Tanzila Narbayevaning o‘tgan yili yoshlar bilan uchrashuvda ilgari surgan tashabbusining davomi sifatida tashkil etildi.

"Bizning huquqimiz, bizning ovozimiz" — O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan yosh ekofaollarni birlashtirgan shior sifatida, ular yil davomida atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida amalga oshirgan ishlari va COP31 konferensiyasidagi ishtiroki yakunlari haqida so‘zlab berdilar.

Tadbirda Senat Raisi, Yoshlar parlamenti vakillari, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Ta'lim va fan vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati ishtirok etdi. Muloqotda "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi va Butunjahon yoshlar ofisi nomidan 350 nafar ekofaol qatnashdi, 300 nafardan ortiq ishtirokchi esa uchrashuvga onlayn qo‘shildi.

Muloqotda har bir bolaning sog‘lom atrof-muhitda yashash huquqi va ekologik ta'limga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarning bevosita o‘z manfaatlariga daxldor yangi tashabbuslari, ularni amalga oshirish imkoniyatlari va qo‘llab-quvvatlash yo‘llari muhokama qilindi.

Tadbirning tantanali lahzasi Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 37-maktabdan jonli efirda namoyish etildi — maktabda xalqaro "Eco-Schools" dasturining bosh ramzi va oliy mukofoti bo‘lgan Yashil bayroq ko‘tarildi. Senatdagi muloqot ishtirokchilari esa marosimni jonli efirda kuzatdilar.

#BizningHuquqimizBizningOvozimiz #НашеПравоНашГолос #EcoSchoolsUzbekistan

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
👍10❤8🔥3🤔1
Forwarded from Zamin Foundation
В Сенате Олий Мажлиса Республики Узбекистан состоялся открытый диалог с юными экоактивистами, посвящённый Всемирному дню ребёнка. Встреча стала продолжением инициативы председателя Сената Танзилы Нарбаевой, высказанной в ходе прошлогодней встречи с ребятами.

«Наше право, наш голос» — основной посыл ребят со всего Узбекистана, с которым они подвели итоги своей экологической деятельности за год, включая участие экоактивистов в COP31.

В мероприятии приняли участие председатель Сената, представители Молодёжного парламента, глава представительства ЮНИСЕФ в Узбекистане, руководство Национального комитета по экологии и изменению климата, Министерства образования и науки, Агентства по делам молодёжи и представители проекта Eco-Schools Uzbekistan и Всемирного офиса молодёжи — 350 экоактивистов, а также более 300 человек присоединились онлайн.

Особое внимание было уделено праву каждого ребёнка на жизнь в здоровой окружающей среде, экологическому образованию, а также новым молодёжным инициативам, непосредственно затрагивающим их интересы, возможности их реализации и поддержке.

Торжественным акцентом мероприятия стал телемост со школой № 37 Яккабагского района Кашкадарьинской области, в ходе которого состоялась церемония поднятия Зелёного флага — главного символа и награды международной программы Eco-Schools.

#BizningHuquqimizBizningOvozimiz #НашеПравоНашГолос #EcoSchoolsUzbekistan

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
❤8👍5🤔5🔥2👏1