Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq va samimiy muloqot hamda o‘zaro yuksak hurmat ruhida o‘tgan davlat tashrifi O‘zbekiston va Iordaniya munosabatlarida yangi, yorqin sahifa ochdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍3
Termiz şahrida “Dunyo 2050-yilda” – xalqaro simpoziumi bölib ötdi

🏢 20-24-noyabr kunlari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti taşabbusi bilan “Dunyo 2050-yilda” va “Tinçlik va ta’lim” mavzularida xalqaro simpozium taşkil etildi.

Anjumanda 500 dan ortiq iştirokçi qatnaşib, Indoneziya, Turkiya, Ozarbayjon, Malayziya, Tojikiston, Misr, Janubiy Koreya, Qozoğiston, Fransiya, Xitoy, Qirğiziston va boşqa davlatlardan kelgan talabalar, yoş olimlar va ekspertlar özbekistonlik tengdoşlari bilan bir maydonda jamlandi.

Tadbirda 2050-yilgaça bölgan global kelajakning asosiy muammolari va imkoniyatlari ilmiy-amaliy jihatdan muhokama qilindi. Şuningdek, texnologiyalar, sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya, iqlim özgarişi va barqaror rivojlaniş, iqtisodiyot, biznes va inklyuziv ösiş, salomatlik, jamiyat va farovonlik, ta’lim, bandlik va global mobillik, şuningdek, madaniyat, til va turizm kabi muhim yönalişlarda fikr va tajriba almaşildi.

Batafsil...

#Xalqaro_simpozium #Termiz

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤2🔥2👏2
#Universida2026_2027

“Universiada – 2026/2027” respublika final bosqiçiga start berilmoqda!


Talaba-yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, sportni ommalaştiriş, iqtidorli sportçilarni aniqlaş hamda ularning mahoratini oşiriş maqsadida an’anaviy “Universiada” sport musobaqalarining 2026/2027-öquv yilidagi respublika final bosqiçi boşlanmoqda.

Musobaqalar 2026-yil 1-dekabr kuni Xorazm viloyatida boşlanib, 2027-yil 25-aprelga qadar davom etadi.

Musobaqalar taqvimi:

↪️1–4-dekabr — Xorazm viloyati
Şaxmat va şaşka

↪️9–12-dekabr — Toşkent viloyati
Stol tennisi

↪️15–18-dekabr — Samarqand viloyati
Street workout

2027-YIL

↪️19–23-yanvar — Jizzax viloyati
Belboğli kuraş

↪️26–30-yanvar — Sirdaryo viloyati
Dzyudo

↪️2–6-fevral — Farğona viloyati
Erkin va yunon-rum kuraşi

↪️16–19-fevral — Namangan viloyati
Yengil atletika

↪️23–27-fevral — Andijon viloyati
Kuraş

↪️2–7-mart — Qaşqadaryo viloyati
Futbol

↪️16–19-mart — Surxondaryo viloyati
Badminton

↪️24–27-mart — Toşkent şahri
Stritbol

↪️6–11-aprel — Qoraqalpoğiston Respublikasi
Voleybol (erkaklar va ayollar)

↪️13–18-aprel — Buxoro viloyati
Gandbol (erkaklar va ayollar)

↪️20–25-aprel — Navoiy viloyati
Basketbol (erkaklar va ayollar).


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥2👍1
#SavolJavob

💬Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yuzasidan berilgan savollarga izohlar

🗣️ Hozirda ham 4 000 dan ortiq maktabning böş turgan xonalarida tayyorlov guruhlari taşkil etilgan. Yaqinda yana 191 ta maktabda 246 ta guruh taşkil etiladi.

Koeffitsiyenti yuqori maktablarda tayyorlov guruhlari taşkil etilmaydi.
Faqat boş örni bor, maktabga tayyorlov sinfini taşkil etiş imkoniyatiga ega maktablarda taşkil etiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qobiliyatli_öquvçi

Arifmetikada qobiliyatli öquvçi


Har bir bolaning öziga xos qobiliyati va imkoniyatlari bor. Muhimi, ularni öz vaqtida aniqlaş, rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaşdir.


Urganç şahridagi 24-maktabning 3-sinf öquvçisi Alibek Komilov arifmetik amallarni bajarişga bölgan qiziqişi hamda tezkor hisoblaş qobiliyati bilan ajralib turadi. Maşğulotlar davomida pedagog uning bilim va könikmalarini mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratmoqda.

Batafsil videoda 👆

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥3👍2
#Xalqaro_öquv_dasturiga_qabul

IC Design va yarimötkazgiç texnologiyalari böyiça xalqaro öquv dasturiga qabul yakunlanişiga 5 kun qoldi!

Dastur “El-yurt umidi” jamğarmasi tomonidan moliyalaştirilib, Özbekistonda mikroelektronika va yarimötkazgiçlar sanoatini rivojlantiriş, xalqaro standartlar asosida malakali muhandislar tayyorlaşni közda tutadi.

Dastur imkoniyatlari:
➖3 oy nazariy ta’lim;
➖3 oy Malayziyaning yetakçi kompaniyalarida işlab çiqariş amaliyoti.

▶️ Röyxatdan ötiş: https://malasia.tashkenttech-edu.uz/login

Arizalar 2026-yil 30-noyabrga qadar qabul qilinadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥4❤3
#BeşTaşabbusOlimpiadasi

“Beş taşabbus olimpiadasi” iştirokçilari Xorazm viloyatiga yetib keldi


Bugun 25–29-noyabr kunlari Urganç davlat universitetida bölib ötadigan “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika bosqiçida iştirok etiş uçun Xorazm viloyatiga yetib kelgan barça hududlar jamoalari Urganç temir yöl vokzalida tantanali ravişda kutib olindi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥5👏2