Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_öquv_dasturiga_qabul

IC Design va yarimötkazgiç texnologiyalari böyiça xalqaro öquv dasturiga qabul yakunlanişiga 5 kun qoldi!

Dastur “El-yurt umidi” jamğarmasi tomonidan moliyalaştirilib, Özbekistonda mikroelektronika va yarimötkazgiçlar sanoatini rivojlantiriş, xalqaro standartlar asosida malakali muhandislar tayyorlaşni közda tutadi.

Dastur imkoniyatlari:
➖3 oy nazariy ta’lim;
➖3 oy Malayziyaning yetakçi kompaniyalarida işlab çiqariş amaliyoti.

▶️ Röyxatdan ötiş: https://malasia.tashkenttech-edu.uz/login

Arizalar 2026-yil 30-noyabrga qadar qabul qilinadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥4❤3
#BeşTaşabbusOlimpiadasi

“Beş taşabbus olimpiadasi” iştirokçilari Xorazm viloyatiga yetib keldi


Bugun 25–29-noyabr kunlari Urganç davlat universitetida bölib ötadigan “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika bosqiçida iştirok etiş uçun Xorazm viloyatiga yetib kelgan barça hududlar jamoalari Urganç temir yöl vokzalida tantanali ravişda kutib olindi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥5👏2
#SavolJavob

💬Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yuzasidan berilgan savollarga izohlar

🗣️ Ijtimoiy soha obyektlari ham töliq nazoratda böladi. Duç kelgan joyda oçilmaydi, şaroiti bor joylarda qat’iy talablar asosida oçiladi. Masalan, “Kelajak” markazi, texnikum yoki madaniyat obyekti.

U yerga bola kirişidan oldin sanitariya xizmati, yonğin xavfsizligi va ta’lim boşqarmasi vakillari birgalikda borib köradi: issiqligi bormi, yoruğligi yetarlimi, hojatxonasi va suvi bolaga mosmi, tomidan çakki ötmaydimi?

Agar talabga javob bersagina, reyestrga kiritiladi, jihozlanadi va guruh oçiladi. Talabga javob bermasa, oldin ta’mirlanadi, keyin ruxsat beriladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🔥1
#INNO_Texnopark

Rossiya delegatsiyasi INNO Texnopark faoliyati bilan tanişdi


25-noyabr kuni INNO Texnoparkda Rossiya Federatsiyasi Yoşlar işlari federal agentligi (Rosmolodej) rahbari Grigoriy Gurov boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan Skolkovo oçiq universiteti, “Rossiya temir yöllari”, “VK”, Rossiya eksport markazi hamda “Delovaya Rossiya” taşkilotlari vakillari örin oldi.

Taşrif doirasida mehmonlar INNO Texnoparkning işlab çiqariş zonasi, biolaboratoriyasi va dron laboratoriyasi faoliyati bilan tanişdi. Şuningdek, muhandis yoşlar bilan muloqot ötkazilib, ular tomonidan işlab çiqilgan innovatsion loyihalar taqdimoti bilan tanişildi.

Uçraşuv davomida muhandislik yönalişida malakali kadrlar tayyorlaş, startap loyihalarni akseleratsiya qiliş hamda işlab çiqariş sohasida özaro hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama etildi.

Xususan, qöşma xakatonlar taşkil etiş, talabalar va yoş mutaxassislar almaşinuvini yölga qöyiş böyiça takliflar körib çiqildi.

Muloqot yakunida tomonlar istiqbolli yönalişlarda hamkorlikni davom ettiriş va özaro aloqalarni yanada mustahkamlaşga kelişib oldilar.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥4😁1🎉1🤩1
#Dayjest #Prezident_maktubi

Yurtimizdagi barça ta’lim muassasalarida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubining mazmun-mohiyatini öquvçi va talaba-yoşlarga keng yetkaziş maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar taşkil etilmoqda. Şuningdek, öquvçilar, talaba-yoşlar hamda öqituvçilar ilgari surilgan fikrlar va hayotiy saboqlar yuzasidan öz munosabatlarini bildirmoqda.

➖ Toşkent şahar “Kelajak” markazi;
➖ Andijon davlat universiteti;
➖ Namangan davlat universiteti;
➖ Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali;
➖ Abdulla Qodiriy Ijod maktabi;
➖ Farğona davlat texnika universiteti;
➖ Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti;
➖ Toşkent davlat transport universiteti;
➖ Termiz davlat universiteti;
➖ Andijon davlat pedagogika instituti;
➖ Özbekiston milliy pedagogika universiteti;
➖ Cyber University;
➖ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
➖ “ToshTech” texnika universiteti;
➖ Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;
➖ Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti;
➖ Samarqand davlat texnika universiteti;
➖ Kattaqörğon davlat pedagogika instituti;
➖ Farğona davlat universiteti;
➖ Guliston davlat pedagogika instituti;
➖ Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti;
➖ Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi;
➖ Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;
➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universiteti;
➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali;
➖ Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti;
➖ Maktabgaça ta’lim taşkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş instituti;
➖ Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali;
➖ Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
➖ Geologiya fanlari universiteti;
➖ Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti;
➖ Toşkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali;
➖ Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
➖ Jizzax politexnika instituti;
➖ Olmaliq davlat texnika instituti;
➖ Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti;
➖ Namangan davlat texnika universiteti;
➖ Samarqand davlat pedagogika instituti;
➖ Özbekiston Milliy universiteti;
➖ Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti;
➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti;
➖ Urganç davlat pedagogika instituti;
➖ Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;
➖ Nukus davlat pedagogika instituti;
➖ Qoraqalpoq davlat universiteti;
➖ Çirçiq davlat pedagogika universiteti;
➖ Termiz davlat pedagogika instituti;
➖ Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;
➖ Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali;
➖ Andijon davlat çet tillari instituti;
➖ Guliston davlat universiteti;
➖ Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa san’ati instituti;
➖ Buxoro davlat tibbiyot instituti;
➖ Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
➖ Buxoro davlat universiteti;
➖ Buxoro davlat texnika universiteti;
➖ Özbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali;
➖ Şahrisabz davlat pedagogika instituti;
➖ Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;
➖ Buxoro davlat pedagogika instituti;
➖ Toşkent şahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti» Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali;
➖ Urganç davlat universiteti;
➖ Qarşi davlat universiteti;
➖ Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
➖ Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti;
➖ Nukus davlat texnika universiteti;
➖ Toşkent farmatsevtika instituti;
➖Samarqand davlat çet tillar instituti.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤9😁8👍4🤔4😱2