Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
​#Qonunchilik_yangiliklari

❗️Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etishga ruxsat etildi

“Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (563-son, 09.09.2021-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga koʻra, talabalar turar joylari davlat-xususiy sheriklik asosida quyidagi shakllarda barpo etiladi:

➖ loyihalarni tadbirkorning oʻz mablagʻidan kelishiladigan shartlar asosida moliyalashtirish;
➖ loyihalarni tadbirkor va Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan aralash moliyalashtirish (kamida 200 oʻrinli turar joyni barpo etish uchun);
➖ loyihalarni tadbirkorning toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (kamida 400 oʻrinli turar joyni barpo etish sharti bilan).

✅ Turar joylarni qurish uchun viloyat hokimlari tomonidan OTMga 0,5 gektargacha yer unga yaqin joylardan ajratiladi.

❕Tadbirkorga tegishli yer yoki binoda kamida 50 oʻrinli turar joy tashkil etish tizimi joriy etiladi.

💰 Bunda, toʻlov OTM bilan kelishiladi hamda u yerda yashagan har bir talaba uchun tadbirkorga bir oʻquv yili uchun Toshkent shahrida BHMning 10 baravari, boshqa hududlarda esa 5 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

☑️ OTMning oshxona va bufetlarini olgan tadbirkorlarga davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari qoʻllaniladi.

Bunda, tadbirkorlar talabalar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlash hamda ularni arzon narxlarda sotish majburiyatini oladi.

📌 2021-yil 1-sentabrdan talabalar bilan ishlash boʻyicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilindi hamda oʻrniga 1–3-kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam koʻrsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

💼 Har 120–150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida “Tyutor” lavozimi kiritiladi.

✅ Qarorga koʻra, respublika boʻyicha jami 228 ta talabalar turar joylari (400 oʻrinli) barpo etiladi. Shundan hududlarda 2022-yilda 47 ta, 2023-yilda 67 ta, 2024-yilda 62 ta, 2025-yilda 52 ta talabalar turar joylarining qurilishi belgilangan.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍5
Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi O‘zbekiston strategiyasida oliy ta’lim tizimidagi vazifalardan

________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tokio shahridagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Ma'lumot o‘rnida, Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari orasida OTM talabalari va bitiruvchilari ham ishtirok etib, 4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda terma jamoamizning g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishdi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_yengillik

Talabalar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Hukumat qarori bilan talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan edi.

Ipoteka banki talabalarga imtiyozli taʼlim kreditini ajratish boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qilmoqda.

🎥 Batafsil videolavhada 👆

➡️ Ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Rossiyaning “Бюджет” jurnali O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston” nomli maxsus sonini nashr etdi.

Unda O‘zbekiston hukumati vakillari so‘nggi 5 yilda mamlakatimizning turli sohalardagi yutuqlari xususida o‘z mulohazalarini bildirishgan. Xususan, jurnalda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning “Oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik” nomli maqolasi chop etildi.
_____
Российский журнал «Бюджет» совместно с Посольством Республики Узбекистан в Российской Федерации выпустил специальный под названием «Новый Узбекистан», посвященный 30-летию независимости нашей страны.

В нем рассказывается о достижениях современного Узбекистана в различных сферах жизни за последние годы. В журнале была опубликована статья Министра высшего и среднего специального образования Абдукодира Тошкулова на тему «Международное сотрудничество в сфере высшего образования».

📰 Читать статью
_
👉@eduuz
👍1
Tokio shahrida boʻlib oʻtgan XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
—
О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио

©️Shavkat Mirziyoyev_press-service

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha talabaning bir yillik o‘qish toʻlov-kontrakti miqdorlari tasdiqlandi

👉
Kontrakt miqdorlari
👉 Kontrakt miqdorlarining taqqoslama jadvali
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​#Qonunchilik_yangiliklari

Talabalarni turar joy bilan qamrab olish mexanizmi takommillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov va Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabdjanovlar sharh berdi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 43 kun qoldi.
—————
✅ До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 43 дня.

👉🏻Telegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter - Портал
Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi O‘zbekiston strategiyasida oliy ta’lim tizimidagi vazifalardan

________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Professional_taʼlim

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

▪️Ushbu maslahatchi professional ta’limni rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi va xalqaro moliya institutlari bilan o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish yo‘nalishlarida ham faoliyat ko‘rsatadi.

🤝Hamkor tashkilot Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ).

👉 Batafsil
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2❤1