Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100_savolga_100_javob

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi: 100 savolga 100 javob

SAVOL:
Oʻzbekistonda nechta siyosiy partiya mavjud?

24 |✔️|
O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿 O‘ZBEKISTON-FRANSIYA TA’LIM FORUMI OʻZ ISHINI BOSHLADI

🔰Ayni damlarda Oʻzbekiston milliy universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi va Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamkorligida Oʻzbekiston-Fransiya ta’lim forumi oʻz ishini boshladi.

✔️ Xalqaro forumda ikki davlat tashqi ishlar vazirligi va elchixonasi vakillari, nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.
——
🇷🇺 НАЧИНАЕТСЯ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ ФОРУМ "УЗБЕКИСТАН-ФРАНЦИЯ"

🔰 В эти минуты в Национальном университете Узбекистана стартовал Образовательный форум "Узбекистан-Франция". Он организован при сотрудничестве Министерства высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан и Посольства Франции в Узбекистане.

✔️В форуме принимают участие представители МИД и посольств двух стран, ректоры престижных вузов и эксперты в сфере образования.
〰️〰️〰️
#Forum_doirasida

Forumda ikki davlat ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlik, qo‘shma dasturlar tashkil etish, har ikki tomonning ta’lim tizimidagi islohotlar yuzasidan fikr almashiladi.

Forum doirasida oliy ta’lim tizimida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro aloqalar olib borish maqsadida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan memorandumlar imzolanadi.

Xalqaro forum o‘z ishini 8-oktabrga qadar davom ettiradi.
—
Форум предусматривает обмен мнениями о сотрудничестве между двумя странами в сфере образования, созданию совместных программ и реформах в системе образования обеих стран.

В рамках форума будут подписаны меморандумы о сотрудничестве между вузами двух стран для дальнейшего расширения сотрудничества в системе высшего образования.

Международный форум продлится до 8 октября.
〰️〰️〰️
#Jarayon

🇺🇿O‘ZBEKISTON-FRANSIYA TA’LIM FORUMIDAN

Ikki kun davom etadigan xalqaro forum ishini Oʻzbekiston milliy universiteti rektori Inom Madjidov ochib berdi.

Shundan soʻng Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov soʻz olib, nufuzli mehmonlarni Oʻzbekistonga tashriflari bilan samimiy qutladi va mazkur xalqaro furumning ahamiyati, mamlakatimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijalari xususida toʻxtaldi. Shuningdek, oxirgi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari barcha sohada, xususan, oliy ta’lim sohasida ham chuqurlashib borayotganini alohida e’tirof etdi.

Xalqaro forum oʻz ishini anjuman kun tartibiga muvofiq yalpi yigʻilish bilan davom ettirdi.

Anjuman dasturidan, shuningdek, Fransiya oliy ta’lim muassasalari koʻrgazmasi ham joy olgan.

Fransiya oliygohlarida ta'lim olish istagidagi va qiziquvchan talaba-yoshlarni ushbu ko‘rgazmaga chorlab qolamiz.
〰️〰️〰️
🇷🇺 ИЗ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ФОРУМА УЗБЕКИСТАН-ФРАНЦИЯ

Двухдневный международный форум официально открыт ректором Национального университета Узбекистана Иномом Маджидовым.

Затем выступил первый заместитель министра высшего и среднего специального образования Комилжон Каримов. Тепло приветствуя французских гостей в Узбекистане, он рассказал о важности этого международного форума и результатах реформ в сфере высшего образования в нашей стране за последние годы. Было отмечено, что сотрудничество между двумя странами развивается динамично и поступательно во всех сферах, включая высшее образование.

Международный форум продолжился пленарным заседанием в соответствии с повесткой дня.

Программа форума также включает выставку французских вузов.

Приглашаем всех студентов, желающих обучаться во французских университетах, принять участие в работе данного форума.
〰️〰️〰️
🇫🇷 QUELQUES PAGES DU FORUM ÉDUCATIF OUZBÉKISTAN-FRANCE

Le forum international de deux jours a été officiellement inauguré par le recteur de l'Université nationale d'Ouzbékistan Inom Majidov. Ensuite, le premier vice-ministre de l'enseignement supérieur et secondaire spécial, Komiljon Karimov, a pris la parole.

Saluant chaleureusement les invités français en Ouzbékistan, il a évoqué l'importance de ce forum international et les résultats des réformes dans le domaine de l'enseignement supérieur realisés récemment dans notre pays. On a noté que la coopération entre les deux pays se développe de manière dynamique et progressive dans tous les domaines, y compris l'enseignement supérieur.

Le forum international s'est poursuivi par une session plénière conformément à l'ordre du jour. Le programme du forum comprend également une exposition des universités françaises.

Nous invitons tous les étudiants souhaitant étudier dans les universités françaises à participer à ce forum. Soyez les bienvenus!

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!

🏛 Samarqand davlat chet tillar institutidan

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!

🏛 Toshkent moliya instituti o‘qituvchi va talabalaridan

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI

sayt | telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!

🏛 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Forum_tafsilotlaridan

🇺🇿🇫🇷 So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik jadal sur’atlar bilan rivojlanib kelmoqda.

➡️ Xususan, O‘zbekistonning 18 ta oliygohi Fransiyaning 22 ta universiteti va ta’lim tashkiloti bilan hozirga qadar 30 ga yaqin bitim va memorandumlar asosida hamkorlik qilib kelmoqda.

🌐Fransuz tili mamlakatimiz talaba-yoshlari uchun (ingliz tilidan keyin) eng talabgir tillardan biri hisoblanadi.

☑️ Yurtimizning 9 ta oliy ta’lim muassasasida fransuz tili asosiy chet til (mutaxassislik tili) sifatida o‘qitiladi.

Hozirda 8 mingdan ortiq talabalarimizga fransuz tili birinchi va ikkinchi xorijiy til sifatida o‘rgatib kelinmoqda.

📚 Umuman olganda esa, mamlakatimiz bo‘ylab 15 mingdan ortiq talaba fransuz tilini chet tili sifatida o‘rganmoqda.
—
👉 Eduuz
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#O‘zbekiston_Fransiya

O‘zbekiston-Fransiya ta’lim forumi ommaviy axborot vositalari nigohida

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Узбекистан_Франция

Узбекско-Французский образовательный форум глазами СМИ

Официальные страницы министерства:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​​#PhD_DSc

🎓 DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL DAVOM ETMOQDA

🗂Respublika ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajyor-tadqiqotchilik institutiga 2022-yil uchun hujjat topshirish davom etmoqda.

📩Eslatib o‘tamiz, hujjatlar onlayn tarzda oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi – www.phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinadi.

⏳Hujjatlar qabuli 15-OKTABRga qadar davom etadi.

📌Ma’lumot uchun, 2022-yilga ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari uchun qabul kvotalari IKKI BAROBARGA oshirilgan bo’lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi ilmiy tashkilotlar uchun quyidagicha tasdiqlangan:

🔹Tayanch doktorantura (PhD) – 1613 ta;

🔸Doktorantura (DSc) – 123 ta;

🔹Maqsadli doktorantura – PhD – 204 ta, DSc – 9 ta;

🔸Stajyor-tadqiqotchi – 292 ta.

📥Talabgorlardan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq belgilangan hujjatlarni tizimga kiritish talab etiladi.

☝️Oliy ta’limdan keyingi ta’limda tahsil olayotganlarga beriladigan stipendiyalar miqdori quyidagicha:

✔️Stajyor-tadqiqotchilarga – 3 912 720 so‘m,

✔️Tayanch doktorantlarga – 4 419 894 so‘m,

✔️Doktorantlarga – 5 647 140 so‘m.
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100_savolga_100_javob

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi: 100 savolga 100 javob

SAVOL:
Mamlakatimizda saylovlar qaysi prinsiplar asosida o‘tkaziladi?

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
🇺🇿 Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov:

— Germaniya xalqaro hamkorlik (GIZ) jamiyati bilan yurtimizda oliy va professional ta’lim tizimini rivojlantirish, uni qoʻllab-quvvatlash borasida bir necha yillardan beri muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelayotganligimizni yuqori baholaymiz. GIZ bilan professional ta’lim tizimini qoʻllab-quvvatlash borasida 7 mln yevrolik yangi loyihani hamkorlikda amalga oshirayotganimiz professional ta’limdagi islohotlarimizni yanada kuchaytirish imkoniyatini beradi.

Vazirlikda GIZning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yorg Pudelka va loyiha rahbarlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda hamkorlik natijasida qiymati 17 mln yevroga teng xalqaro loyihalar olib borilayotgani, imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan yangi hamkorlik yoʻnalishlar belgilanayotgani ta’kidlandi.

Budjeti 10 mln yevro miqdoridagi loyihaning keyingi 5 fazasiga start berildi.

Uchrashuv soʻngida ikki tomonlama hamkorlik bitimi imzolandi.
〰️〰️〰️