Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!

— Demokratik oʻzgarishlar va yangilanishlar uchun saylovda ishtirok etamiz!

🏛 Oʻzbekiston-Koreya xalqaro universiteti talabalaridan

24 |✔️| OʻZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​#HAFTALIK_DAYJEST_11_16_10_2021

OTMdan xabarlar

🔸Samarqand davlat tibbiyot instituti
da “Ichki kasalliklar akademiyasi – so‘nggi yutuqlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

🔹Termiz davlat universitetida davlat tili mavqeyi va nufuzini oshirish bo‘yicha seminar tashkil etildi (video).

🔸O‘zDJTSU Farg‘ona filiali tomonidan “Yangi O‘zbekistonga yangicha qarash” shiori ostida talabalar uchun mazmunli sayohat uyushtirildi (video).

🔹Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yosh saylovchi” forumi va xalqaro qizlar kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

🔸Urganch davlat universitetida viloyat oliy ta’lim muassasalari uchun besh muhim tashabbus doirasida “Talabalar forumi – 2021” tadbiri o‘tkazildi (video).

🔹Qoʻqon davlat pedagogika institutida “Milliy qadriyatlarimiz – millat koʻzgusi” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🔸O‘zbekiston milliy universiteti va Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔹Andijon davlat universiteti tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov faoliyati AQSH matbuoti tomonidan yoritildi.

🔸“Maʼrifat maydoni” respublika tanlovi Andijon viloyati bosqichi g‘olibi boʻlgan Andijon davlat tibbiyot institutining “Tong yulduzi” jamoasining tanlov haqidagi taassurotlari (video).

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

🔸Toshkent arxitektura-qurilish institutida “Mamlakatimizning yangi arxitekturaviy qiyofasini yarating” shiori ostida “UPGRADE ARXITEKTURA” va “SHAHARSOZLIK” loyihasining talabalar o‘rtasida BIRINCHI WORKSHOP taqdimoti tashkil etildi.

🔹Navoiy davlat pedagogika institutining saylov jarayonlariga ilk bor ishtirok etadigan talabalari uchun “Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida forum o‘tkazildi (video).

🔸Toshkent davlat texnika universitetida “Rektor, hokim va talaba-qizlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

🔹TDTU Qo‘qon filialida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda saylov bilimdonlaridan tashkil topgan “Targ‘ibot poyezdi” guruhi a’zolari va talabalar ishtirokida “Yosh saylovchi” forumi bo‘lib o‘tdi.

🔸Jizzax davlat pedagogika institutida “Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” guruhi a’zolari va talabalar ishtirokida tadbir tashkil etildi (video).

🔹“Targʻibot poyezdi” loyihasi doirasida Toshkent shahridan yoʻlga chiqqan targʻibot guruhi QarDU Pedagogika institutida boʻldi.

✔️Ma’lumot o‘rnida, “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi respublikaning 14 ta hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalari va filiallarida joriy yilning 13–15-oktabr kunlari o‘tkazildi. Loyiha doirasida Toshkent davlat yuridik universitetining malakali professor-o‘qituvchilari boshchiligidagi iqtidorli talabalardan iborat targֲ‘ibot guruhlari tomonidan talabalarning saylovga oid bilimlarini oshirishga qaratilgan 100 dan ortiq o‘quv seminarlar, ma’naviy tadbirlar tashkil qilindi.
_
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100_savolga_100_javob

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi: 100 savolga 100 javob

SAVOL:
Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan shikoyat qilish mumkinmi?

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Targ’ibot_poezdi

“Targʻibot poyezdi” aʼzolarining Toshkent davlat pedagogika universiteti yoshlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi

🔰 Toshkent davlat pedagogika universitetida “Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida yoshlar forumi tashkil etildi. Forumda universitet rahbariyati, “Targʻibot poyezdi” aʼzolari va saylovda birinchi marta ishtirok etayotgan talabalar hamda uzoq hududdan kelib tahsil olayotgan, poytaxtda ovoz beruvchi yoshlar ishtirok etishdi.

✅ Tadbir davomida “Targ’ibot poezdi” loyihasining targ’ibotchilari universitet talabalariga saylov qonunchiligi bo’yicha tushunchalar berishdi.

—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!

🏛 Toshkent shahridagi TOBB Iqtisodiyot va Texnologiya Universiteti talabalaridan

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
BILASIZMI?

📌Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

➖harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

➖homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

➖salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

☝️Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

❗️Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.
_____
👉 @eduuz
👍2
18-oktabr – Samarqand shahri kunida Samarqand davlat tibbiyot institutining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamda shahar jamoatchiligi, institut professor-oʻqituvchilari, talaba yoshlar qatnashdi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur obyektning qurilishi 2017-yilda boshlangan boʻlib, qisqa muddatlarda qurib bitkazildi. Binoda 12 ta kafedra, 200 dan ortiq oʻquv xonalari, 15 ta laboratoriya xonalari mavjud. Barcha xonalar zamonaviy multimediya va IT texnologiyalar, interaktiv doska, oxirgi rusumdagi laboratoriya uskunalar va planshet monitorlar bilan jihozlandi.

Ⓜ️ SamDTI
______

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Endilikda 3-kurs talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi "Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 646-son qarori bilan endilikda pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalar ham maktablarda dars berishlari mumkin.

✅ Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab maktablarda dars berishlari mumkin edi.

➡️ Ma’lumot uchun, mutaxassis toifasidagi pedagoglar 1,5 yilda oliy toifaga erishishari mumkin.
_
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2021

Tarix yo‘llaridan mardona bosib,
Ne-ne to‘siqlaru, dovonlar oshib,
Yetdik dorulamon kunlarga ey, do‘st,
Qalbimning qaridan chiqmoqda bir so‘z.
Elim, elboshingni sen o‘zing tanla,
Qadring baland endi, yurtboshing sayla…
__
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100_savolga_100_javob

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi: 100 savolga 100 javob

SAVOL:
Uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining nusxasini olish mumkinmi?

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!