Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Hamkorlik

Aichi prefekturasi universiteti vitse-prezidenti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

🇺🇿🇯🇵Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligida vazirning birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov Yaponiyaning Aichi prefekturasi universiteti vitse-prezidenti Xiroaki Kavabatani qabul qildi.

🔁Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalariga toʻxtalib oʻtdilar. Janob Xiroaki Kavobata Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi. Shuningdek, mehmon Yaponiyada oʻzbek tilini oʻrganishga katta qiziqish bildirilayotganini ma’lum qilib, bu borada boshlangʻich bosqichdagi ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.

📈Uchrashuv soʻngida tomonlar uchun manfaatli boʻlgan yoʻnalishlarda hamkorlik aloqalarini kengaytirishga va ularni amalga oshirish uchun barcha choralarni koʻrishga kelishib olishdi.

🖼 K.Karimov mehmonga vazirlik nomidan yurtimiz va uning tarixi haqida maʼlumot beradigan esdalik sovg‘alarni topshirdi.
—
👉 @eduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Международный_медиа_холл

Из открытого диалога «Качественное образование - инвестиции в человеческий капитал» в Международном медиа-холл

Интервью с Сардором Усмановым, руководителем информационной службы Министерства высшего и среднего специального образования
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#KUN_HIKMATI
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Andijon mashinasozlik instituti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish talaba-yoshlar klubi tashkil qilindi.
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
#Qonunchilik_yangiliklari

Hukumat qarori (655-son, 22.10.2021-y.) bilan Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

🔰Qarorga koʻra, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari quyidagilar:

➖ Ichki ishlar vazirligi akademiyasi;
➖ Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti.

🔘 Mazkur ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

➡️ Bakalavriat ta’lim yoʻnalishida oʻqitish kunduzgi, masofaviy va sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.

Batafsil 👉https://edu.uz/uz/news/view/3112
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Vazir_qabuli

Vazirning navbatdagi qabuli: fuqarolar murojaatlariga yechim topish doimiy nazoratda

Fuqarolar bilan bevosita va ochiq muloqotni ta’minlash, oliy va o‘rta maxsus ta’lim masalalariga oid mavjud muammolarini bartaraf etish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning fuqarolar murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolarning xorijiy va respublika oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish, tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qishga kirish, ta’lim krediti, shikoyat va boshqa masalalarga doir murojaatlari tinglandi.

Fuqarolarning har bir murojaati tegishli boshqarma rahbarlari va masalaga daxldor mas’ullar ishtirokida tahlil qilinib, 10 ta murojaat joyida ijobiy hal qilindi. Aksariyat murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirish va yo‘nalishlar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.
—
👉 @eduuz
#Xalqaro_hamkorlik

Malayziyaning Malaya universiteti rektori bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

🇺🇿🇲🇾Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov Malayziyaning Malaya universiteti rektori Moxd Xamdi Abd Shukor bilan uchrashuv oʻtkazdi.

🔁Uchrashuv davomida oliy ta’lim sohasida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini jadallashtirish istiqbollari, hamkorlikning bugungi holati muhokama qilindi.

⤴️Malaya universiteti rektori Oʻzbekistondagi qisqa vaqt ichida olib borilgan oʻzgarishlarga, jumladan, oliy ta’lim sohasidagi oʻzgarishlarga alohida toʻxtalib, ularni yuqori baholadi.

🤝Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar oʻzaro munosabatlarning oliy ta’lim sohasini qoʻllab-quvvatlash doirasida hamkorlikni yanada kuchaytirish yoʻllarini belgilab oldilar.
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube