Vengriya rektorlar Konferensiyasi bosh kotibi bilan uchrashuv
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining xalqaro kuzatuvchisi sifatida yurtimizda bo‘lib turgan Vengriya rektorlar Konferensiyasi bosh kotibi Zoltan Dubetsini qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalariga to‘xtalib o‘tdilar.
K.Karimov O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida yuz berayotgan islohotlar va Vengriya bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan rejalar haqida ma’lumot berdi.
O‘z navbatida, janob Zoltan Dubetsi O‘zbekistonda ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan siyosiy jarayonlarga yuqori baho berdi va so‘nggi yillarda respublikada amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim sohasidagi islohotlarga o‘zining ijobiy fikrini bildirdi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar “2-Rektorlar forumi”ni o‘tkazish va unga tayyorgarlik ishlarini boshlashga kelishib oldilar.
👉 @eduuz

#Xalqaro_hamkorlik |#Международное_сотрудничество
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti rektori Viktor Martinovni qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar kelgusida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, kengaytirish va ularni amalga oshirish uchun zaruriy tadbirlarni belgilash bo‘yicha kelishib olishdi.
👉 Batafsil
〰️〰️〰️
Министр высшего и среднего специального образования Абдукодир Тошкулов принял ректора Российского государственного университета нефти и газа им. И.М. Губкина Виктора Мартынова.
В ходе встречи стороны также договорились о практических мерах для дальнейшего развития, расширения и реализации сотрудничества.
👉 Подробно
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Seminar_trening
Seminar-trening: Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish
Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun BMTning Taraqqiyot dasturi hamda KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbir BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisobdor va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi bo‘yicha yetakchi ekspertlar – N.Muradasilov va N.Zikrillayeva hamda KPMG kompaniyasining Rossiya Federatsiyasi va MDHdagi vakillari – tavakkalchilik bo‘yicha maslahat bo‘limi direktori I.Burdikova, bo‘lim bosh menejeri P.Serdyuk, shuningdek, O‘zbekistondagi KPMG kompaniyasining vakillari – F.Abdullaxanov va X.Gazixanovlar tomonidan olib borildi.
Seminar-treningda vazirlik va uning quyi tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini joriy etish bo‘yicha asosiy tushuncha hamda tamoyillar, korrupsiya va uni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, korrupsion xavf-xatarlarni baholash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Seminar-trening bahs va munozaralarga boy o‘tdi. Ayniqsa, vazirlik xodimlari o‘z savol va mulohazalari bilan mutaxassislarga yaxshi taassurot qoldirishdi.
Dasturga muvofiq seminar-trening o‘z ishini ertaga ham davom ettiradi. Unda vazirlik huzuridagi tashkilotlar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlari, Korrupsiyaga qarshi komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshliqlari, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ullar ishtirok etadi.

#seminar_trening
#fotoreportaj