Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
—

Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 33-й годовщине независимости Республики Узбекистан

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍46😁4❤3👏2😱2
#super_kontrakt #so‘ragan_edingiz

⚡️“Super” kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi

Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.

Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06
balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06
balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06
balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:

🔹oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;

🔸moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari bu yerda👈

Bazaviy kontrakt miqdorlari bu yerda👈

❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍104❤18🤔2🎉2🥰1
#dayjest #chellenge_Istiqlol
#mustaqillik_33_yil
#birlashsak_Vatanimiz

🇺🇿“Mustaqilligim, 33 yoshing muborak bo‘lsin!” chellenjini oliy ta’lim muassasalari davom ettirdi.

🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

🔸Namangan muhandislik-texnologiya instituti;

🔹Toshkent davlat texnika universiteti;

🔸Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;

🔹Namangan davlat universiteti;

🔸Namangan to‘qimachilik sanoati instituti;

🔹Buxoro davlat pedagogika instituti;

🔸Namangan davlat chet tillari instituti;

🔹Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;

🔸Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

🔹Qo‘qon davlat pedagogika instituti.

❔Siz ham chellenjga qo‘shilishni istaysizmi?

Unda:

1️⃣ Mustaqilligimizni madh etuvchi, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi video tayyorlang.

2️⃣ Postga #challenge_Istiqlol #mustaqillik_33_yil va #birlashsak_Vatanmiz heshteglarini qo‘shing.

3️⃣Do‘stlaringizni ham ushbu chellenjda qatnashishga taklif qiling!


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46❤5👏4😁4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tahlilnoma | Davlat rahbarining nazariga tushgan yurtdoshlarimiz. Ular kimlar?

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍39😁5❤3🤔3🤩2
#yangi_o‘quv_yili
#tayyorgarlik

Talabalar shaharchasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Olmazor tumani hokimiyati va Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mutasaddilari hamda shaharchadagi universitetlar rahbarlari ishtirokida talabalarni turar joyga joylashtirish va ijara xonadonlarini topishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

Dastlab, talabalarni turar joylarga joylashtirish bo‘yicha chizma xarita taqdimot qilindi. Unda talabalar turar joylari va “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markaz”larining joylashuvi, ularga qanday borish chizmalari ko‘rsatilgan. Bu talabalarga yotoqxona va ijara xonadonlarini oson topish imkonini berishi qayd etildi.

Xarita Talabalar shaharchasida tashkil qilingan “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markaz”lari atrofida joylashtiriladi. Vazir o‘rinbosari ertadan shaharchaga talabalarning katta oqimi kirib kelishini inobatga olib, talabalarni turar joy va ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha alohida guruhlar tuzilganini ta’kidladi. Ular talabalarning yotoqxona va ijara xonadoniga olib borib joylashtirishgacha bo‘lgan jarayonga mas’ul sanaladilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍51❤8😁6😱2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #talabaga_qulaylik

⚡️Endi talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍52❤4🎉2🔥1😁1
#yangi_o‘quv_yili

4-sentyabrdan ko‘pchilik yoshlarimiz hayotlaridagi yana bir katta yo‘lga otlanadilar. Bu ularning kelajakda qanday kasb egasi va mutaxassis bo‘lishlari, puxta bilim hamda hayotiy saboq egallashlarida muhim o‘rin tutadi.

Aziz o‘quvchilar!

Sizlarni mana shu muhim kun – 2024/2025 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

Ishonamanki, bor imkoniyatingizni ishga solib bo‘lsa-da malakali ustozlardan zamonaviy ta’lim olib, kasb-hunar o‘rganib, ularni Vatanimizga munosib farzand bo‘lishdek maqsadlar yo‘lida sarflaysiz. Bugungi kunda mamlakatimizda buning uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan.

Qadrli yoshlar!

Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda kasb-hunar egallashning o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o‘z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.

Ta’til vaqtida pedagog-kadrlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etdik. Kasbiy rivojlanish darslarida sohadagi so‘nggi yangilik va zamonaviy bilimlarni bo‘lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o‘qituvchi sifatli ta’lim demakdir.

Qadrli ustozlar, aziz o‘quvchilar!

Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.

Yurt koriga yaraydigan mutaxassis bo‘lib yetishishingizga tilakdoshman!

Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍177👏24❤16🔥12🤔7
#o‘quv_kursi

🔹4-5-sentyabr kunlari Farg‘ona politexnika institutida energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etishga qaratilgan (oflayn) malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tadi.

🖇Kurs davomida energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilarining elektr tarmoqlarida energiya samaradorligini ilmiy-texnikaviy tahlil qilish (Farg‘ona tumani misolida), qayta tiklanuvchi va ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish borasidagi malakalari oshiriladi.

Shuningdek, energiya iste’molini o‘rganishda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida Farg‘ona tumanidagi obyektlarga tur tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍50❤6🔥1
#jarayon #vazir

TATU talabalarni turar joy bilan qamrab olishga qanday tayyorgarlik ko‘rgan?

3-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, talabalarni universitet turar joyi va ijara xonadonlariga joylashtirish ishlari borishini ko‘zdan kechirdi.

Mas’ullar axborotiga ko‘ra, universitetda umumiy sig‘imi 2 421 nafar talabaga mo‘ljallangan 4 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, 352 ta o‘rin qizlar uchun, 1 601 tasi o‘g‘il bolalar uchun hamda 468 ta imtiyozli yoshlar uchun ajratilgan. “Talabaga madad” shiori ostida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” tashkil etilgan. Ushbu markaz orqali universitet yaqinida joylashgan 1 872 ta ijara uylari haqida ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan.

Hozirgacha 2 176 nafar talabaga yotoqxona uchun yo‘llanma shakllantirilgan bo‘lsa, 380 nafar talaba ijara xonadonlariga joylashtirilgan.

Vazir uchrashuv davomida turar joyga ehtiyoji bor har bir talaba e’tiborsiz qolmasligi, ular yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlari uchun tayyorgarlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Shundan so‘ng Q. Sharipov oliygohning qayta ta’mirlanayotgan zamonaviy sport kompleksidagi ish jarayoni bilan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍59❤6👏3😁3🎉3