#jarayon #vazir
TATU talabalarni turar joy bilan qamrab olishga qanday tayyorgarlik ko‘rgan?
3-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, talabalarni universitet turar joyi va ijara xonadonlariga joylashtirish ishlari borishini ko‘zdan kechirdi.
Mas’ullar axborotiga ko‘ra, universitetda umumiy sig‘imi 2 421 nafar talabaga mo‘ljallangan 4 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, 352 ta o‘rin qizlar uchun, 1 601 tasi o‘g‘il bolalar uchun hamda 468 ta imtiyozli yoshlar uchun ajratilgan. “Talabaga madad” shiori ostida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” tashkil etilgan. Ushbu markaz orqali universitet yaqinida joylashgan 1 872 ta ijara uylari haqida ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan.
Hozirgacha 2 176 nafar talabaga yotoqxona uchun yo‘llanma shakllantirilgan bo‘lsa, 380 nafar talaba ijara xonadonlariga joylashtirilgan.
Vazir uchrashuv davomida turar joyga ehtiyoji bor har bir talaba e’tiborsiz qolmasligi, ular yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlari uchun tayyorgarlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shundan so‘ng Q. Sharipov oliygohning qayta ta’mirlanayotgan zamonaviy sport kompleksidagi ish jarayoni bilan tanishdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍59❤6👏3😁3🎉3
#o‘quv_kursi
#live
Ayni paytda Prezident topshirig‘iga binoan Farg‘ona politexnika institutida energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etishga qaratilgan malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda respublikamizdagi energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining 50 nafardan ortiq kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilari hamda hamkor tashkilot vakillari qatnashmoqda.
Mazkur o‘quv kursi “Energiya tejamkorligini ta’minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari” mavzusiga bag‘ishlanib, ikki kun davom etadi.
Anjuman yalpi yig‘ilishida so‘zga chiqqanlar hozirda yurtimizda energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohadagi muammolarga ilmiy yechim topishga alohida e’tibor qaratish zarurligini alohida ta’kidlashdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/20387

👍39❤4🔥1👏1
#vazir
#yangi_o‘quv_yili
Bugundan kasb-hunar maktablari, akademik litsey va texnikumlar o‘quvchilari uchun o‘quv jarayonlari boshlandi
Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Shayxontohur kasb-hunar maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.
Vazir kasb-hunar maktabi jamoasi va 1-bosqichga o‘qishga qabul qilinganlarni yangi o‘quv yili bilan chin dildan qutlab, samimiy tilaklarini bildirdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/20391

👍50❤5😁3😱2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#o‘quv_kursi
#live
Farg‘ona politexnika institutida o‘tayotgan energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etishga qaratilgan malaka oshirish kursidan videolavha.

👍18🔥2❤1