Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Joriy yilning 9-sentyabr kuni Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qatar davlatining taʼlim va oliy taʼlim vaziri Butayna bint Ali Al-Nuaymi xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, shuningdek, o‘zbek tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Mahkamov va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori S.Siddiqova ham ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomonidan qator muhim tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, ikki davlatning oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida sunʼiy intellekt, axborot texnologiyalari, yashil iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, oziq-ovqat xavfsizligi hamda neft-gaz sanoati sohalarida yaqindan hamkorlik qilish taklif etildi. O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ilmiy va amaliy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Tomonlar o‘zaro ilmiy tadqiqotlar olib borish, o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda qator kelishuvlarga erishdilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍37❤6👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_shukuhi

“Farg‘ona davlat universitetidan ilmiy, ma’naviy, ruhiy kuch oldim. FarDUda o‘qiganimdan faxrlanaman” — Yorqinbek Odilov, Paralimpiya o‘yinlari chempioni


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🎉4
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov joriy yilning 9-sentyabr kuni Qatarning Doha shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Taʼlimni himoya qilish kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan beshinchi tashkilot tadbirida ishtirok etdi.

Ushbu tadbir global miqyosda taʼlimni himoya qilishga qaratilgan muhim xalqaro platformadir va har yili taʼlim tizimini muhofaza qilish, uning barqarorligini taʼminlash va nizoli hududlarda taʼlim olish huquqini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlanadi.

BMTning “Taʼlimni himoya qilish kuni” tadbiri nafaqat xalqaro hamjamiyatni taʼlim sohasidagi jiddiy muammolarga eʼtibor qaratishga chaqirish, balki tajriba va g‘oyalar asosida kelajak avlodlar uchun xavfsiz va barqaror taʼlim muhitini yaratish imkonini beradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32❤7😁1
4️⃣4️⃣4️⃣

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda 2024/2025-oʻquv yili bakalavriat va magistraturaning qoʻshma taʼlim dasturlari uchun qabul boshlanganini e’lon qildi.

Afzalliklar:

• Oʻzbekiston va Rossiyaning yetakchi oliygohlaridan ikkita diplom;
• Malakali xorijiy professorlardan sifatli ta’lim;
• Xorijiy stajirovka va talabalar almashinuv dasturlari;
• Work and Travel dasturi;
• DUAL talim shakli asosida o’qib ham ishlash imkoniyati.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari:

• Iqtisodiyot (kunduzgi, sirtqi);
• Menejment (kunduzgi).

Magistratura mutaxassisligi:
• Iqtisodiyot (kunduzgi);
• Menejment (kunduzgi);
• Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (kunduzgi).

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola👈

Arizalar 2024-yil 25-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun:
📞 +998 95 319 01 09

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36❤2😁2🔥1
#xalqaro_hamkorlik #xorijiy_til_rivoji

10-sentyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Konfutsiy nomidagi O‘zbek-Xitoy instituti” yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchisi Yu Jun, universitet jamoasi, talabalar ishtirok etdi.

Bugungi kunda dunyoning 150 dan ziyod davlatida 500 dan ortiq Konfutsiy institutlari faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur institutlarning asosiy maqsadi xorijiy davlat vakillariga xitoy tilini o‘qitish va Xitoy madaniyatini tanishtirishga qaratilgan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/21066

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤3🤔3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik #xorijiy_til_rivoji

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Konfutsiy nomidagi O‘zbek-Xitoy instituti” yangi binosining ochilish marosimidan


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31🔥5❤2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik #TTJ

DXSH asosida qurilgan yana bir yotoqxona talabalarni qabul qilishga tayyor


10-sentyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining davlat xususiy-sheriklik asosida qurilgan yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

Yangi turar joy binosi ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ham ishtirok etishdi.

Universitetning Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi, 33-uy manzilida barpo etilgan talabalar turar joyi 6 qavat, 400 o‘rinli 112 ta yashash xonalaridan iborat bo‘lib, xususiy tadbirkor “The New Grand House” MChJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy talablarga mos keladigan holatda barpo etilgan. Ushbu qurilishning umumiy qiymati 24mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤6🔥3👏1🤔1
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
🔹1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
🔹2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
🔹3) Eng yaxshi tyutor;
🔹4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
🔹5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.

✅Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥈BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥉BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar 15-sentyabrga qadar OTMlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

📌 Batafsil tanlov nizomi

Bizni kuzating

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤5
#Qiziqarli_faktlar

🔹 Birinchi vatman qogʻozning yaratilish tarixi!

➖Mashhur qalin qog‘oz 1750-yillarning o‘rtalarida ingliz qog‘oz ishlab chiqaruvchisi Jeyms Vatman tomonidan yaratilgan bo‘lib, qogʻoz qalinligi sabab tez vaqtda akvarel rassomlari orasida mashhurlikka erishgan

🗒 Vatman o‘zining ixtirosini payvandlangan yaʼni to‘qilgan qog‘oz deb atagan. Ixtirochi sharafiga qogʻozga “Vatman” deb nom berilgan.

👉Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍43❤8👏2🔥1
#dayjest #press_tur #matbuot_anjumani

Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik hamda talabalarni turar joy bilan ta’minlash mavzusiga bag‘ishlangan mediatadbirlar tashkil etildi


🔹O‘zbekiston Milliy universiteti matbuot anjumani; 

🔸Navoiy davlat pedagogika instituti matbuot anjumani; 

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali matbuot anjumani; 

🔸Urganch davlat universiteti press-tur va matbuot anjumani; 

🔹Termiz davlat universiteti press-tur va matbuot anjumani; 

🔸Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti press-turi; 

🔹Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali press-turi; 

🔸Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali press-turi; 

🔹Jizzax politexnika instituti press-turi; 

🔸Jizzax davlat pedagogika universiteti press-turi;

 🔹Andijon davlat universiteti press-turi; 

🔸Andijon davlat pedagogika instituti press-turi; 

🔹Andijon davlat chet tillari instituti press-turi; 

🔸Andijon davlat tibbiyot instituti press-turi; 

🔹Andijon mashinasozlik instituti press-turi;

🔸Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti press-turi;

🔹Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti press-turi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤7👏2🔥1