Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi
#o‘rganish

Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va yuqori kurs talabalaridan iborat respublika ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyatining Qibray tumanida energiya tejamkorlik, energiya samaradorlik, muqobil energiyalardan foydalanishni kengaytirish masalalari yuzasidan o’rganishlar olib borish ishlari davom etmoqda.

Bugun ishchi guruh tomonidan tumanda joylashgan yirik ishlab chiqarish korxonalaridan biri bo‘lgan “Inter-Rohat QK” korxonasi o‘rganildi hamda energotejamkorlikni ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤5🥰2🔥1
#infografika #faoliyat_avgust

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil avgust oyidagi faoliyati raqamlarda

___

Деятельность Министерства высшего образования, науки и инноваций в августе 2024 года, в цифрах

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍25😁2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

Farg‘ona politexnika institutida dunyoning nufuzli TOP-1000 talik oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul davom etmoqda!

Institut Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Novosibirsk Davlat texnika universiteti hamda Belarus Respublikasining Belarus Milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjatlar qabul qilmoqda!

O‘qitish tartibi bakalavriat uchun “2+2”, magistratura uchun “1+1” dasturi tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Dasturga qabul qilingan talabalar o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda Farg‘ona politexnika institutining davlat namunasidagi diplomi bilan bir qatorda hamkor oliy ta’lim muassasalarining diplomiga ham ega bo‘ladilar.

Hujjatlar 25-sentyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Yo‘nalishlar bilan tanishish bu yerda👈

Hujjat topshirish uchun havola bu yerda👈

Murojaat uchun:
📞 +998 95 400 00 82
📞 +998 95 400 00 85
📞 +998 95 400 00 86


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤2🔥2🎉1
#Qiziqarli_faktlar

🔹Birinchi kompyuter sichqonchasining yaratilish tarixi

➖1968-yil 9- dekabrda ixtirochi Duglas Engelbart jahonda birinchi bo‘lib kompyuter sichqonchasini ixtiro qildi.

🗒U shu oyning o‘zida San Fransiskoda “Hisoblash texnikasi” konferensiyasida dunyoda birinchi bo‘lib, kompyuter sichqonchasini qanday ishlashini namoyish etdi va bu “texnologiya asri” ni yana bir yuqori pog‘onaga olib chiqdi.

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36❤3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ ⚖️👨‍💻👩‍💻💬

⚡️ Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yilligi munosabati bilan yirik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi

27-28-sentyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur anjuman “Ta’limni rivojlantirish strategiyasi: qadriyatlarga asoslangan taraqqiyot” mavzusiga bag‘ishlanadi.

Konferensiya ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan va shu yo‘nalishga qiziqish bildirgan barcha darajadagi tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilarni birlashtirish, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha turli nuqtai nazarlarni o‘rganishga qaratilgan.

Batafsil ma’lumot va qaysi soha/mavzularda maqolalar qabul qilinishi hamda ularga qo‘yiladigan talablar haqida ushbu havolada tanishishingiz mumkin:
👉https://jdpu.uz/talimni-rivojlantirish-strategiyasi-qadriyatlarga-asoslangan-taraqqiyot/

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤7🔥1
Talabalar V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining chempioniga aylanishdi!


Joriy yilning 8-14-sentyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda 85 davlatdan 2 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Quvonarlisi, mazkur Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining belbog‘li kurash musobaqalarida oliy ta’lim muassasasi talabalari munosib ishtirok etib, faxirli o‘rinlarni egallashdi hamda jonajon Vatanimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarishdi.

👇Chempionlarimiz bilan tanishing:

🥇 oltin medal – Farangiz Abdunabiyeva, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi;
🥇 oltin medal – Mirodil Mirodullayev, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi;
🥇 oltin medal – Otabek Hasanov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi.

Chempionlarimizning kelgusidagi faoliyatiga omad va yanada ulkan muvaffaqqiyatlar tilaymiz! Ularning zafarli yurishlari davomiy bo‘lsin!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30❤4🔥1
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

“Bir yo‘l, bir makon” tashabbusi doirasida o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlash bo‘yicha Xitoy va O‘zbekiston hamkorligi o‘rnatilmoqda

Joriy yilning 11-13-sentyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida O‘zbekiston va Xitoyning professional ta’lim bo‘yicha hamkorligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro tadbirlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi a’zolari bevosita, shuningdek, vazirlik Professional ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i va xodimlari hamda 15 ta professional ta’lim muassasasi direktorlari onlayn qatnashdi.

Uchrashuvlar davomida Xitoy kollejlari rahbarlari va xitoylik ishlab chiqarish korxonalari vakillari tomonidan O‘zbekiston professional ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirildi.

Kelajakda axborot-texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, qurilish va shaharsozlik, yashil energiya, elektron tijorat, elektromobillarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/21596

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤2🔥2👏1