Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #Andijon

Vazir o‘rinbosari Andijondagi oliygohlarda yangi qurilayotgan o‘quv binosi va yotoqxonalarning qurilish jarayonini o‘rgandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov oliy ta’lim muassasalarida barpo etilayotgan yangi o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarining qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirish maqsadida Andijon viloyatiga bordi.

Safar davomida Andijon davlat universitetining 1800 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi, Andijon davlat pedagogika institutining 400 o‘rinli barpo etilayotgan talabalar turar joyi, 700 000 sig‘imli kutubxona, 1500 o‘rinli o‘quv binosi, Andijon davlat chet tillari institutining 400 o‘rinli 2 ta yotoqxonasi qurilish jarayoni o‘rganildi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/21611

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥1😁1
#muhandislik_maktabi

“OKMK” AJ Muhandislik maktabining oliy ta’lim bilan hamkorlikdagi faoliyati kengaytiriladi

14-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “OKMK” AJda tashkilot rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi. Muloqot davomida Muhandislik maktabining oliy ta’lim bilan hamkorlikdagi faoliyati, undagi innovatsion loyihalar va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, vazir “Ammofos-Maxam“ AJning 2024-yilda yonilg‘i-energetik resurslarni iqtisod qilish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasi bilan ham tanishdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/21612

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤7😁2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uzbekiston24 #Prezident_topshirig‘i_ijrosi

Elektr energiyasi samaradorligi va tejamkorligi bo’yicha o’rganishlar


Toshkent viloyatida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan Chirchiq shahri, Qibray va Parkent tumanlaridagi podstansiyalar, transformatorlar, elektr tarmoqlari, gaz tarqatish qurilmalari, ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayon va energiya uskunalarida o‘lchov-nazorat ishlari amalga oshirilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21😁2🔥1
#Mirziyoyev #tashrif #Germaniya #muzokaralar

Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning tor doirada va delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Germaniyaning dual ta’lim tizimini O‘zbekiston hududlarida keng joriy etishga qiziqish bildirildi. Yetakchi universitetlar o‘rtasida ta’lim va ilmiy aloqalarni rivojlantirish uchun ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari forumini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

O‘zbekiston tomoni qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, Germaniya oliy ta’lim muassasalarining fakultetlari va filiallarini ochish uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyorligini bildirdi.

___
В Конгресс-центре города Самарканда состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Федерального Канцлера Германии Олафа Шольца в узком формате и с участием делегаций.

Выражена заинтересованность в широком внедрении германской модели дуального образования в регионах Узбекистана. Для развития образовательного и научного обмена между ведущими университетами предложено запустить Форум вузов двух стран.

Узбекская сторона выразила готовность создать все условия для реализации совместных программ, открытия факультетов и филиалов высших учебных заведений Германии.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍55❤6🔥2😱2
#Qiziqarli_faktlar

Havo shari qachon va qanday ixtiro qilingan?

Olov yonganda issiq havoning yuqoriga ko‘tarilish xususiyatiga odamlar qadim-qadimdan qiziqib kelganlar va asrlar o‘tib ular ushbu hodisani uchish haqidagi orzular bilan bog‘lashga uringanlar. O‘rta asrlarda issiq havoning yuqoriga ko‘tarilishi hisobiga uchadigan apparatlarning ko‘plab loyihalari yaratilgan.

Birinchi havo shari 1783-yil 5-iyun kuni Versalda olomon ko‘z o‘ngida osmonga ko‘tarilgan. Bu sharning tashqi tarafi shoyi matodan yasalgan bo‘lib, uning ichiga qog‘oz yopishtirib chiqilgan va issiq tutun bilan to‘ldirilgan. Shar 2 km balandlikka ko‘tarilib, 4 km masofani uchib o‘tgan. Uni fransiyalik aka-ukalar Jozef va Etyen Mongolfyelar yasashgan.

👉 Batafsil

Bizni kuzating👇

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍27🔥14😁2🤩2🤔1
#infografika #ijro #davlat_dasturi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Davlat dasturining “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” yo‘nalishining yarim yillik ijrosi bo‘yicha infografika taqdim etdi.

Bizni kuzating👇

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13