Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣ 👨‍💻👩‍💻🧠 🚪🙋‍♂️🙋‍♀️

🔈 “IT” sohasiga qiziquvchi talabalar diqqatiga!

“ICTWEEK UZBEKISTAN 2024” tashkilotchilari tomonidan 18-sentabr kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha “Huawei ICT Talent Summit” - o‘quv sessiyasi tashkil etilmoqda.

Sammitda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va texnologiya sohasida yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, “Huawei ICT Academy”, xalqaro tashkilotlar va universitetlar vakillari talabalar uchun ushbu sohadagi imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, ta’lim texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan o‘rtoqlashadilar. Bundan tashqari “ICT Competiton 2024/2025” tanlovi tafsilotlari taqdimot qilinadi.

Sammitga kirish ochiq, ishtirok etish uchun ICTWEEK24da roʻyxatdan oʻting: ➡️https://ictweek.uz/oz/register/visitor

Tadbir Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazmalar markazi “Hall 1” da bo‘lib o‘tadi.

📍 Joylashuv

#ICTWEEK24 #Uzbekistan

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥6❤2
#KLASSIFIKATOR

📘
Nomi: Professional ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar KLASSIFIKATORI
💾
Hajmi: 10,6 Mb
🗂
Hujjat turi: PDF
📄 Varaqlar soni: 58 bet

✅ Yuklab olish

🖥 Shu kabi hujjatlarni edu.profedu.uz metodik ta'minlash platformasi orqali yuklab olishingiz mumkin

|Bizni kuzatib boring


🌐Veb-sayt |✅Facebook |✅Telegram| 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

💬 WikiStipendiya jamoaviy marafoni III tur bosqichi boshlandi!

🌎 16-sentyabrdan 16-oktyabrgacha davom etadigan III tur uchun qabul ochilgani ma’lum qilindi. Buning uchun maxsus Telegram-bot orqali 5 kishidan iborat bo‘lgan jamoangizni ro‘yxatdan o‘tkazing hamda marafonda ishtirok etishni boshlang!

📱 Ro‘yxatdan o‘tish uchun bot 👈

🖥 Navbatdagi turda qatnashish ham ancha oson bo‘lib, marafonning to‘liq shartlarini loyiha nizomida tanishib chiqishingiz mumkin — marafon nizomi 👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤3🔥2😱1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Uyimga quyosh paneli o‘rnatmoqchiman, lekin nechta quyosh paneli kerak? yoki qanday quvvatdagisini o‘rnatay? degan savol Sizni qiynayotgan bo‘lsa, bu video aynan Siz uchun foydali

Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti, “NIRES” katta ilmiy xodimi Zoir Kenjayev bitta xonadonga qancha quvvatdagi quyosh panellarini o‘rnatish kerakligini hisoblab chiqdi.

🔗Manba

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26🔥1
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:

🔸 Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

🔸 viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

✅ 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

👨🏻‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🤔8❤3🔥3🎉2
#talabaga_qulaylik #vazir #xizmat_safari

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida yangi talabalar turar joyi ochildi


16-sentyabr kuni Buxoro viloyatiga xizmat safari davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov yangi talabalar turar joyini ochilish marosimida ishtirok etdi.

Institut byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan zamonaviy loyiha asosida qad rostlagan ushbu talabalar turar joyi 4 qavat, 750 o‘rinli 200 ga yaqin yashash xonalaridan iborat bo‘lib, 3,5 mlrd so‘mlik mebel jihozlari, muzlatkich, kir yuvish mashinalari, elektr plitalar, televizorlar va barcha zaruriy ashyolar bilan jihozlandi.

Bugun mazkur zamonaviy talabalar turar joyining foydalanishga topshirilishi natijasida institut talabalar turar joylari soni 3 taga yetdi va jami 1300 o‘rin yaratildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥2
#xalqaro_hamkorlik

Angola bilan oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi

16-sentabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev diplomatik missiyasini yaqinda boshlagan Angola Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Augushtu da Silva Kunya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/21758

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27😁7❤1🔥1👏1
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi
#o‘rganish

Toshkent axborot universiteti professor-o‘qituvchi hamda ilmiy izlanuvchilari tomonidan Yuqori Chirchiq tumanida 2024-yilda energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan amaliy ishlar bajarilmoqda. Tumandagi yirik iste’molchilar tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarishda energiya sarfi o‘rganilib, energiya tejovchi qurilmalardan foydalanish borasida tushuntirishlar berilmoqda.

Xususan, “Azia Tashkent textile” MCHJ va “Texnoinvest- ST” MCHJ kabi ta’minot korxonalari va mutasaddi idoralar rahbarlariga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, energiya balansini ishlab chiqish, uning ko‘rsatkichlarini ta’minlash, energoresurslardan oqilona foydalanishni tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤2🔥1🎉1