Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon #topshiriq_ijrosi

no comment |Energiya resurslarini uzatishdagi yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha o‘rganishlar (Toshkent viloyati)


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16🔥1👏1🤔1
#dayjest #registrator_ofisi

Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning muammolariga o’z vaqtida va tezkor yechim topish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, marketing faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida “Registrator ofisi” tashkil etilmoqda.


➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

➡️Andijon davlat tibbiyot instituti;

➡️Samarqand davlat universiteti;

➡️O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi;

➡️Andijon davlat universiteti;

➡️Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;

➡️Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali;

➡️Toshkent farmatsevtika instituti;

➡️Namangan to‘qimachilik sanoati instituti;

➡️Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;

➡️Termiz davlat universiteti;

➡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;

➡️Samarqand davlat chet tillari instituti;

➡️Toshkent davlat texnika universiteti;

➡️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤5🔥2🥰2👏2
#forum #talaba_manfaati

CHDPUda giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan forum o‘tkazildi

Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida talabalarning narkotik vositalar va psixotrop moddalarning ta’siriga tushib qolishini oldini olish maqsadida “Yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida forum o‘tkazildi. Forumning ochilishida universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov giyohvandlikning inson ma’naviyati va sog‘lig‘iga zarari to‘g‘risida fikr bildirdi.

Forum doirasida tashkil etilgan o‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori Ravshan Mamatov, shu markaz bo‘limi boshlig‘i Shuhrat G‘ulomov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi Zafar Abduxoliqov va Toshkent viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseri vrach-narkologi Sanjar Rajabov, universitetda yoshlar tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan xodimlar va talabalar ishtirok etishdi.

👉Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤6🔥2😁2👏1
#mutolaa

Dunyodagi eng baxtli odam (hikoya)


Baxt o‘zi nima? Uning formulasi bormi? Inson qachon baxtli bo‘lishi mumkin? Ishsizlik eng yuqori cho‘qqiga chiqqan Buyuk depressiya (1929-39) vaqtida insonlar uchun baxt nimada bo‘lgan?
Albert Malsning ushbu hikoyasini o‘qiy turib, har bir inson uchun baxtning o‘lchovi turlicha ekanligiga amin bo‘lasiz.

📖Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤8🔥4🤔1
#xizmat_safari #vazir

Buxoroda olimlar biogumus orqali sho‘rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvish texnika va texnologiyasini yaratishmoqda

16-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Buxoro tabiiy resusrlarni boshqarish institutining paxta sifati va hosildorligini oshirishga qaratilgan tajriba maydonida bo‘ldi.

Tajriba dala maydoni 20.4 gektar bo‘lib, shuning 5.5 gektariga paxta, shu jumladan 1 gektariga biogumus orqali yetishtiriladigan, 3.5 gektariga tomchilab sug‘orish asosida yetishtiriladigan paxta ekilgan. Shunigdek, 10 gektar maydonga kuzgi bug‘doy ekish reja qilingan bo‘lsa, qolganiga bog‘ yaratish maqsad qilingan.

Vazir shuningdek, institut olimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar, jumladan, “Turli darajada sho‘rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvish texnika va texnologiyasini yaratish” mavzusidagi loyiha doirasida olingan ilmiy-amaliy natijalar bilan ham tanishdi.

Olimlarga ko‘ra, g‘o‘zani suyuq biogidrogumus aralashtirib sug‘orish usuli orqali tajriba dalasining turli darajada sho‘rlangan tuprog‘i tarkibidagi tuzlar miqdorining besh barobar kamayishiga erishildi. Bu paxta hosildorligini 60 – 70 foiz oshirish, daryo suvlarini esa bir mavsum davomida 70 foizgacha tejash imkonini beradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍43❤3🥰3🔥2😁2