Forwarded from Yoşlar.edu.uz
#adiblar_xiyoboni
🗣 Adiblar xiyoboniga talaba-yoshlarning tashriflari boshlandi!
O‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodi bilan yoshlarni tanishtirish, ularning qoldirgan merosini o‘rganish va talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlariga start berildi.
☑️ O‘zbekiston Milliy universiteti ma’naviyat bo‘limi tomonidan xiyobonda arqon tortish, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Shuningdek, Erkin Vohidov haykali poyida shoir ijodiga mansub she’r-u g‘azallar o‘qib eshittirildi.
☑️ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tyutorlari va talabalari “Ajdodlar xotirasi yodimizda!” shiori ostida yurtimizning diqqatga sazovor joylari, jumladan, Adiblar xiyoboni hamda Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasiga sayohat qildilar.
☑️ Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurib, Abdulla Qahhor hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotga ega bo‘ldilar.
☑️ Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahri filiali talabalari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, voleybol, badminton va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar.
☑️ M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalari ishtirokida xiyobondagi Ibroyim Yusupov haykali oldida davra suhbati tashkil etildi.
☑️ O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari fakultet dekani boshchiligida Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, sportning shaxmat, shashka, badminton, arqon tortish turlari bo‘yicha musobaqalarda o‘zaro bellashishdi.
☑️ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tyutorlari va talabalari so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy haykali poyida g‘azallar o‘qib, adibning ijodi bilan yaqindan tanishishdi.
☑️ O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari talabalar bilan birgalikda Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, buyuk shoir Hamid Olimjon haykali oldida kitob mushoirasi hamda shoir ijodiga mansub she’rlardan kuy-qo‘shiqlar ijro qildilar.
Adiblar xiyobonidagi bu kabi tadbirlar reja-grafikka muvofiq, davomli tashkil etiladi. Barcha talaba-yoshlarni xiyobonga taklif qilamiz.
Instagram | YouTube | Telegram
O‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodi bilan yoshlarni tanishtirish, ularning qoldirgan merosini o‘rganish va talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlariga start berildi.
Adiblar xiyobonidagi bu kabi tadbirlar reja-grafikka muvofiq, davomli tashkil etiladi. Barcha talaba-yoshlarni xiyobonga taklif qilamiz.
Bizni kuzating
Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27❤3😁2😱1🎉1
Talaba-yoshlarning ma’naviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
18-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov raisligida yangi o‘quv yilida talaba yoshlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ma’rifiy-madaniy tadbirlarni sifatli va mazmunli tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Barcha davlat, nodavlat, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida o‘tkazilgan anjuman avvalida davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan tizim asosida talabalarni turar joy bilan ta’minlash borasidagi samarali ishlar e’tirof etildi.
Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar ko‘rilib, 2024/2025-o‘quv yili uchun reja qilingan maqsadli vazifalar belgilandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22007
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

👍31🔥4
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv
Oliy va professional ta’lim sohasida koreyalik mutaxassislar O‘zbekistonga jalb qilinadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yonni qabul qildi.
Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishi bo‘lgan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qildi.
Batafsil...
👉 In English
👉 На русский

👍27🔥5😁1🎉1
#rasmiy_xabar
⚡️Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim
🔰Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, kasb egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda:
➖ bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani (fanlar ketma-ketligidan qat’i nazar) mos bo‘lgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin;
➖ abituriyentlar ta’lim tilini o‘zgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari va tanlovda ishtirok etishlari mumkin;
➖ kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali professional ta’lim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi;
➖ my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagidagi fuqarolarga yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
⚠️ Diqqat! Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida o‘qish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning o‘ziga murojaat qilishlari lozim.
✔️Shu munosabat bilan, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi.

👍44❤1