Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi_amalda #muhandislik

Namangan to‘qimachilik sanoati institutining “Ilg‘or muhandislik maktabi” faoliyati “Barkas Teks Group” MCHJ korxonasida rasman yo‘lga qo‘yildi


Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhandislik sohasida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu ilg‘or muhandis-texnologlar maktabida tinglovchilar eng zamonaviy moddiy-texnik bazada amaliy tajribalarini muntazam shakllantirib boradilar.

Shuningdek, ular to‘qimachilik tolalaridan tortib, tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlardagi ilg‘or texnologiyalarni “Ustoz -shogird” tamoyili asosida korxona mutaxassislaridan o‘rganib, institutda o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish orqali chuqur o‘zlashtirishadi.

Bundan tashqari, eksport mahsulotlari ishlab chiqarishda ishtirok etish hamda ilmiy-innovatsion tadqiqot ishlari olib borgan holda kasbiy ko‘nikmalarini ham yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25😁4😱4❤1🔥1
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Misr elchisini qabul qildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Misr elchisi Amira Faxmini qabul qildi.

Elchi xonim uning ilk elchilik faoliyati aynan O‘zbekistondan boshlanganini qayd etib, mamlakatimiz va xalqimizga bo‘lgan iliq munosabatini bildirib o‘tdi. Va bundan keyin YuNESKO da boshlayotgan faoliyatida ham mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shadigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Batafsil...

👉 In English
👉 На русский

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤1🔥1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar va abituriyentlar diqqatiga!!!

Kollej va texnikumlarda o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat – 25-sentyabrga qadar professional ta’lim muassasalariga qo‘shimcha qabul bo‘lib o‘tadi. Buning uchun my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilgan holda hujjat topshirish mumkin.

Qabul jarayonida yangi imkoniyatlar ham taqdim etilmoqda. Qadrli abituriyentlar 25-sentyabrga qadar ushbu imkoniyatdan foydalaning.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22053

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27
Vazir: Oʻz oldingizga yuqori maqsadlar qoʻyishdan qoʻrqmang va ularga intiling

19-sentyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida 1-kurs talabalari uchun “Talabalikka bagʻishlov” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etdi. Vazirning yangi oʻquv yilidagi tashrifi talabalar, oʻqituvchi-professorlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

– “Talabalikka bagʻishlov” sizning kasbiy oʻsishingiz va oʻzingizni rivojlantirishingiz yoʻlidagi birinchi qadamdir, – dedi vazir Q. Sharipov. – Iqtisodiyotimiz va jamiyatimiz rivojida ilm-fan, innovatsiya va taʼlim muhim oʻrin tutadi. Ushbu oliygoh fan, tadqiqot va innovatsiyalar birlashadigan maskan hisoblanadi. Bu yerda siz nafaqat chuqur nazariy bilimlar, balki kelajakda siz uchun foydali boʻlgan amaliy tajribaga ham ega boʻlasiz. Oʻz oldingizga yuqori maqsadlar qoʻyishdan qoʻrqmang va ularga intiling.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤2😁2
#xushxabar #e’tirof

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori xalqaro mukofotga sazovor boʻldi


17-sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Gumanitar hamkorlik kengashi va MDH davlatlarining Gumanitar Hamkorlik Davlatlararo fondi tomonidan taʼsis etilgan “Hamdoʻstlik debyutlari” gʻoliblari aniqlandi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti rus tili va oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti, professor v.b. Azizxon Rahmonov “Hamdo‘stlik debyutlari” xalqaro mukofotiga loyiq deb topildi.

Mazkur mukofot, 2008-yilda ta’sis etilib, 35 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislarning MDH davlatlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan fan, ta’lim, madaniyat, san’at va gumanitar fanlar sohasidagi yutuqlari uchun topshiriladi.

A. Rahmonov bunga qadar bir qator tanlovlar sovrindori, 70 dan ortiq ilmiy ish, uslubiy qoʻllanmalar va jamoaviy monografiyalar muallifi, 2023-yilda “Yil filologi” va “Chegarasiz oʻqitish” xalqaro tanlovlari gʻolibi bo‘lgan.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasidan “Hamdoʻstlik debyutlari” xalqaro mukofotiga A. Rahmonovga qadar 2020—2022-yillarda 3 kishi loyiq topilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33🔥7❤3🎉3😱2
4️⃣4️⃣4️⃣ 2️⃣2️⃣2️⃣🧠💡📚

Raqamli dunyoda teng imkoniyatlar

Ertaga, 20-sentyabr kuni “ICTWEEK UZBEKISTAN 2024” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “Raqamli dunyoda teng imkoniyatlar”mavzusidagi inklyuziya masalalariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etiladi.

Tadbir maqsadi — nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini oshirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish, raqamli ta’limdagi imkoniyatlar, ish topishga yordam beruvchi foydali platformalar haqida ma’lumot berishdan iborat.

📱Tadbir o‘tkaziladigan joy: Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) ko‘rgazmalar markazi 2-forumlar zali.
📱 Joylashuv

🗓 O‘tkazish vaqti: 20-sentyabr, soat 10:00

#ICTWEEK24 #Uzbekistan

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤2🔥2
#mutolaa

“Evrika” demagan faylasuf (hajviya)


Bir kunlik talabalik davridayoq “buyuk” kashfiyot qilgan yigit hikoyasi. Bu hajviy hikoyani mutolaa qilish jarayonida “o‘qish” so‘zi ostidagi mashaqqatni ko‘ngilxushlik deb o‘ylagan yigitning qilgan kashfiyotidan boxabar bo‘lasiz.

👉Hajviyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9🔥2