Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Vazir: Oʻz oldingizga yuqori maqsadlar qoʻyishdan qoʻrqmang va ularga intiling

19-sentyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida 1-kurs talabalari uchun “Talabalikka bagʻishlov” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etdi. Vazirning yangi oʻquv yilidagi tashrifi talabalar, oʻqituvchi-professorlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

– “Talabalikka bagʻishlov” sizning kasbiy oʻsishingiz va oʻzingizni rivojlantirishingiz yoʻlidagi birinchi qadamdir, – dedi vazir Q. Sharipov. – Iqtisodiyotimiz va jamiyatimiz rivojida ilm-fan, innovatsiya va taʼlim muhim oʻrin tutadi. Ushbu oliygoh fan, tadqiqot va innovatsiyalar birlashadigan maskan hisoblanadi. Bu yerda siz nafaqat chuqur nazariy bilimlar, balki kelajakda siz uchun foydali boʻlgan amaliy tajribaga ham ega boʻlasiz. Oʻz oldingizga yuqori maqsadlar qoʻyishdan qoʻrqmang va ularga intiling.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤2😁2
#xushxabar #e’tirof

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori xalqaro mukofotga sazovor boʻldi


17-sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Gumanitar hamkorlik kengashi va MDH davlatlarining Gumanitar Hamkorlik Davlatlararo fondi tomonidan taʼsis etilgan “Hamdoʻstlik debyutlari” gʻoliblari aniqlandi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti rus tili va oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti, professor v.b. Azizxon Rahmonov “Hamdo‘stlik debyutlari” xalqaro mukofotiga loyiq deb topildi.

Mazkur mukofot, 2008-yilda ta’sis etilib, 35 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislarning MDH davlatlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan fan, ta’lim, madaniyat, san’at va gumanitar fanlar sohasidagi yutuqlari uchun topshiriladi.

A. Rahmonov bunga qadar bir qator tanlovlar sovrindori, 70 dan ortiq ilmiy ish, uslubiy qoʻllanmalar va jamoaviy monografiyalar muallifi, 2023-yilda “Yil filologi” va “Chegarasiz oʻqitish” xalqaro tanlovlari gʻolibi bo‘lgan.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasidan “Hamdoʻstlik debyutlari” xalqaro mukofotiga A. Rahmonovga qadar 2020—2022-yillarda 3 kishi loyiq topilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33🔥7❤3🎉3😱2
4️⃣4️⃣4️⃣ 2️⃣2️⃣2️⃣🧠💡📚

Raqamli dunyoda teng imkoniyatlar

Ertaga, 20-sentyabr kuni “ICTWEEK UZBEKISTAN 2024” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “Raqamli dunyoda teng imkoniyatlar”mavzusidagi inklyuziya masalalariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etiladi.

Tadbir maqsadi — nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini oshirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish, raqamli ta’limdagi imkoniyatlar, ish topishga yordam beruvchi foydali platformalar haqida ma’lumot berishdan iborat.

📱Tadbir o‘tkaziladigan joy: Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) ko‘rgazmalar markazi 2-forumlar zali.
📱 Joylashuv

🗓 O‘tkazish vaqti: 20-sentyabr, soat 10:00

#ICTWEEK24 #Uzbekistan

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤2🔥2
#mutolaa

“Evrika” demagan faylasuf (hajviya)


Bir kunlik talabalik davridayoq “buyuk” kashfiyot qilgan yigit hikoyasi. Bu hajviy hikoyani mutolaa qilish jarayonida “o‘qish” so‘zi ostidagi mashaqqatni ko‘ngilxushlik deb o‘ylagan yigitning qilgan kashfiyotidan boxabar bo‘lasiz.

👉Hajviyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9🔥2
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv

GWP Solutions kompaniyasi
bilan kasbiy ta’lim sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 19-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov AQShning GWP Solutions kompaniyasi bosh menejeri, professor Djon Payl va “Webster university” ijrochi direktori Rasul Raxmonovni qabul qildi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi uchun kasb-hunarga o‘qitish markazi modelini amalga oshirish bo‘yicha kompleks strategiyani ishlab chiqish masalasini muhokama qilishdi.

Batafsil...

👉 In English
👉 На русский

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤8😁3🔥2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Professional_taʼlim #seminar

Yevropa standartlari asosida ishlab chiqilgan metodikalardan foydalanish boʻyicha mintaqaviy oʻquv seminar oʻtkazildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda salohiyatli yoshlar uchun muloqot va amaliy harakatlar (DARYA) loyihasi bilan hamkorlikda joriy yilning 19-sentyabr kuni “SCAFFOLD” metodikalaridan foydalanish boʻyicha mintaqaviy oʻquv seminar oʻtkazildi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etilgan mazkur seminarda oliy, professional, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda monomarkazlarning 100 nafarga yaqin pedagog kadrlari ishtirok etdi.

“SCAFFOLD” metodikalari Yevropa standartlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, oʻquv jarayonlarini tashkil etishni rivojlantirish va mavzularni oʻquvchilar tomonidan oson oʻzlashtirishga qaratilgan.

Shuningdek, mazkur metodikalar o‘quvchilarda Tadbirkorlik koʻnikmalari (EntreComp), Hayotiy koʻnikmalar (LifeComp), Yashil koʻnikmalar (GreenComp) va Raqamli koʻnikmalar (Digcomp)ini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ICTWEEK24

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi o‘z axborot stendi bilan “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT
haftaligida ishtirok etmoqda.

Haftalik doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev “Raqamli hukumat: istiqbolli rejalar va to‘siqlar” forumida qatnashib, sohani raqamlashtirish yuzasidan o‘z fikr va mulohazalari bilan bo‘lishdi.

AKT haftaligi 20-sentyabr kuniga qadar davom etadi. CAEx majmuasiga soat 9:00 dan 18:00 ga qadar tashrif buyurib, kompaniyalar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma va stendlar bilan bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤4🔥3🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

✔️ Abu Rayhon Beruniy haqida 10ta fakt

Alloma astronomiya, geografiya, matematika va tarix fanlari boʻyicha 160dan ortiq asarlar yozgan.


📺Siyosiy ma’rifat soati” kursidan…

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤2
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Adiblar xiyoboni – yoshlik, sport va ma’naviyat maskani

🎓 Talaba-yoshlar orasida buyuk mutafakkir bobolarimiz, o‘z zamonasining eng yetuk shoir va yozuvchilari bo‘lgan adiblarning hayoti, ijodi va faoliyatini keng targ‘ib qilish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida poytaxtimiz markazidagi Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

O‘tkazilayotgan tadbirlar kayfiyatini yuqoridagi videolavhadan ham bilib olishingiz mumkin, barchangizni Adiblar xiyoboniga taklif qilib qolamiz!

Bizni kuzating

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤1🔥1🤔1
#dayjest #matbuot_anjumani

Oliy ta’lim muassasalarida “2024/2025-o‘quv yilidagi rejalar, o‘quv jarayonlarining boshlanishi va talabalarni TTJ bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi


✅O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali;

✅Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

✅Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali;

✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤2😁2🎉1