#Vazir_qabuli
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabuli tashkil etildi
Unda abituriyent, talaba hamda professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, jumladan, o‘qishga qabul, o‘qishni ko‘chirish, OTM rahbariyati faoliyati, o‘quv jarayonini tashkil etish, ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi masalalar bo‘yicha murojaat qildilar.
Qabul yakuniga ko‘ra, fuqarolarning muammolari yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍41❤3👏2🔥1🥰1
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv
O‘zbekistonlik talabalarni Avstriyaning yetakchi universitetlarida grant asosida ta’lim olishi imkoniyatlari oshiriladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov Avstriya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mattias Radostichni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida aloqalarni yanada kengaytirish, O‘zbekistondagi tegishli universitetlarda nemis tili o‘qitilishi sifatini oshirish, shuningdek, o‘zbekistonlik talabalarni Avstriyaning yetakchi universitetlarida grant asosida ta’lim olishi imkoniyatlarini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil...

👍26❤2😁2🔥1
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi
#o‘rganish #o‘quv_seminar
19-21-sentyabr kunlari "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti tashabbusi bilan hududlarda aniqlangan kamchiliklarni oʻrnida bartaraf etish hamda mahalliy mutaxassislarni malakasini oshirish maqsadida “Elektr energiyasini tejash va undan oqilona foydalanishni taʼminlash hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish” mavzusida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent viloyatining Angren va Nurafshon shaharlari hamda Ohangaron tumanida joylashgan yirik ishlab chiqarish korxonalari va podstansiyalardan 60 nafar soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Oʻquv-seminarda universitetning yuqori malakali professorlari quyidagi mavzular boʻyicha maʼruza qildilar:
✔️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi isteʼmolida foydalanish;
✔️ Elektr taʼminoti tizimlarida chastotani boshqarish muammolari;
✔️ Elektr uskunalar ekspluatatsiya samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish;
✔️ Elektr energiyasi reaktiv quvvatini kompensatsiyalash asosida elektr tarmoqlaridagi isroflarni kamaytirish;
✔️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr taqsimlash tizimlariga integratsiyalash;
✔️ Oʻzbekistonda kichik gidroyenergetik qurilmalaridan foydalanishda mavjud muammolar va ularni yechish yoʻllari;
✔️ Past va yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida kabellar va avtomatlarni toʻgʻri tanlash.
Bugun oʻquv-seminarning uchinchi kunida Angren va Ohangaron hududlariga chiqib elektr energiyasi tejash va undan oqilona foydalanishni taʼminlash hamda qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha bevosita amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#o‘rganish #o‘quv_seminar
Joriy yilning 27-avgust kuni yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida energiya tejamkorligini taʼminlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda Fargʻona tumanida olib borilgan tajriba ishlari boshqa viloyatlarda ham sinovdan oʻtkazish lozimligi taʼkidlandi.
19-21-sentyabr kunlari "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti tashabbusi bilan hududlarda aniqlangan kamchiliklarni oʻrnida bartaraf etish hamda mahalliy mutaxassislarni malakasini oshirish maqsadida “Elektr energiyasini tejash va undan oqilona foydalanishni taʼminlash hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish” mavzusida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent viloyatining Angren va Nurafshon shaharlari hamda Ohangaron tumanida joylashgan yirik ishlab chiqarish korxonalari va podstansiyalardan 60 nafar soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Oʻquv-seminarda universitetning yuqori malakali professorlari quyidagi mavzular boʻyicha maʼruza qildilar:
Bugun oʻquv-seminarning uchinchi kunida Angren va Ohangaron hududlariga chiqib elektr energiyasi tejash va undan oqilona foydalanishni taʼminlash hamda qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha bevosita amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤3🔥1
#dayjest #rektor_yoshlar_uchrashuvi
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilmoqda.
➡️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
➡️ Andijon mashinasozlik instituti;
➡️ Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
➡️ Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
➡️ Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
➡️ Buxoro davlat universiteti;
➡️ Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti;
➡️ Andijon davlat tibbiyot instituti;
➡️ Ma’mun universiteti;
➡️ Farg‘ona davlat universiteti;
➡️ Guliston davlat pedagogika instituti;
➡️ Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤6😁4👏3🔥1
#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya
O‘zbekiston Milliy universitetida Nobel mukofoti laureati Xiroshi Amano ma’ruza qildi
Yapon olimlari delegatsiyasi 21-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ldi. Yaponiya delegatsiyasi bilan ilmiy-texnik hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, qo‘shma tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlarni o‘tkazish va amaliyotchilarni o‘zaro almashinuvi orqali aloqalarni faollashtirishga kelishib olindi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov, Nagoya universiteti vitse-prezidenti Norimi Mizutani so‘zga chiqib, har ikki mamlakat ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish uchun katta salohiyatga ega ekani va bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlashdi.
Shundan so‘ng, Nagoya universiteti professori, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Xiroshi Amanoning “Nega Yaponiyaning kambag‘al universiteti moviy rangli svetodiot inqilobini sodir etdi?” (“Why did a poor Japanese university spark the blue LED revolution?) mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir ishtirokchilar tomonidan yuqori qiziqish bilan qabul qilindi. Uchrashuv savol-javob tarzida davom etdi.
👉 Batafsil

👍22🔥5❤4👏1🤔1