#dayjest #rektor_yoshlar_uchrashuvi
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilmoqda.
➡️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
➡️ Andijon mashinasozlik instituti;
➡️ Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
➡️ Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
➡️ Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
➡️ Buxoro davlat universiteti;
➡️ Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti;
➡️ Andijon davlat tibbiyot instituti;
➡️ Ma’mun universiteti;
➡️ Farg‘ona davlat universiteti;
➡️ Guliston davlat pedagogika instituti;
➡️ Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤6😁4👏3🔥1
#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya
O‘zbekiston Milliy universitetida Nobel mukofoti laureati Xiroshi Amano ma’ruza qildi
Yapon olimlari delegatsiyasi 21-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ldi. Yaponiya delegatsiyasi bilan ilmiy-texnik hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, qo‘shma tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlarni o‘tkazish va amaliyotchilarni o‘zaro almashinuvi orqali aloqalarni faollashtirishga kelishib olindi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov, Nagoya universiteti vitse-prezidenti Norimi Mizutani so‘zga chiqib, har ikki mamlakat ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish uchun katta salohiyatga ega ekani va bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlashdi.
Shundan so‘ng, Nagoya universiteti professori, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Xiroshi Amanoning “Nega Yaponiyaning kambag‘al universiteti moviy rangli svetodiot inqilobini sodir etdi?” (“Why did a poor Japanese university spark the blue LED revolution?) mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir ishtirokchilar tomonidan yuqori qiziqish bilan qabul qilindi. Uchrashuv savol-javob tarzida davom etdi.
👉 Batafsil

👍22🔥5❤4👏1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax davlat pedagogika universiteti 50 yoshda
Ushbu tantana dasturiga muvofiq Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan “Abdulla Qodiriy – o‘zbek adabiyoti xazinasidan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Batafsil👈
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ushbu tantana dasturiga muvofiq Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan “Abdulla Qodiriy – o‘zbek adabiyoti xazinasidan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Batafsil👈
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤1🔥1
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Nobel mukofoti laureati, Nagoya universiteti professori Xiroshi Amano bilan uchrashdi
Uchrashuv davomida yaponiyalik professor Xirosho Amono Toshkent Davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Buyuk yapon olimi, muhandis, fizik, Nagoya universiteti professori Xiroshi Amano 1960-yilning 11-sentyabrida Yaponiyaning Shizuoka prefekturasida tugʻilgan. 1983-yilda Nagoya universitetning bakalavr bosqichini, 1985-yilda esa magistratura bosqichini tugatgan. 1989-yilda ushbu universitetning doktorlik darajasini qoʻlga kiritgan.
X.Amano 1989-yilda ilk bor nitrid galiy (GaN-based UV) asosida oʻzidan moviy nur taratuvchi svetodiodni ixtiro qildi va ushbu kashfiyot uchun 2014-yilda fizika yoʻnalishida Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
Bugungi kunda X.Amanoning kashfiyotidan elektrotexnikada, tibbiyotda, mashinasozlikda, aviasozlikda, shuningdek energiyani tejash bilan bogʻliq barcha jabhalarda keng foydalaniladi.

👍36❤9🔥3🤩3👏1