Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Rostov viloyati oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilg‘or muhandislik maktablari rivojlantiriladi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Rostov viloyati oliy ta’lim muassasalarining rektorlari bilan uchrashdi. Unda Don davlat texnika universiteti rektori Besarion Mesxi, Janubiy federal universiteti rektori Inna Shevchenko, O‘zbekiston tomonidan Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadriddin Turobjonov va Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev ishtirok etdi.

Tomonlar hududlararo hamkorlik mexanizmi, ya’ni O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bevosita universitetlararo aloqalarni kengaytirishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22589

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36❤3🔥2👏1
#turizm #taqdirlash

Turizm fidoyilari taqdirlandi


Joriy yilning 24-sentyabr kuni turizm sohasini rivojlantirishga va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari xodimlariga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ta’sis etilgan “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Vazir Aziz Abduhakimov ko‘krak nishonini o‘z egalariga topshirdi. Taqdirlanganlar ichida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalarining mas’ul rahbarlari ham bo‘lib, ularning hududlarda turizm salohiyatini oshirish va ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlashdagi samarali faoliyatlari e’tirof etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22647

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤2
#BizTurlimizBizTengmiz #InklyuzivOzbekiston

🧠 Toshkentda International Inclusive Hub — xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi ochildi

Hub - bu inklyuziv O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarning akseleratori bo‘lib, milliy, xalqaro va jamoat tashkilotlarini birlashtirgan platformadir.


💻 Hozirgi bosqichda xabda kasbga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari amalga oshiriladi va sinovdan o‘tkaziladi. Bu noyob maskan yoshlarning abilitatsiyasi, reabilitatsiyasi va jamiyatga moslashishi maqsadida ularga sifatli ta’lim olish, iqtidorlarini namoyon etish, zamonaviy hamda istiqbolli kasblarni tanlashda teng imkoniyatlar yaratadi.

🧠 Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda “Zamin” fondi tomonidan amalga oshirilmoqda.

🎖 Xab faoliyati haqida batafsil ma’lumotni uning rasmiy sahifalaridan olish mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤2