Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#BizTurlimizBizTengmiz #InklyuzivOzbekiston

🧠 Toshkentda International Inclusive Hub — xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi ochildi

Hub - bu inklyuziv O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarning akseleratori bo‘lib, milliy, xalqaro va jamoat tashkilotlarini birlashtirgan platformadir.


💻 Hozirgi bosqichda xabda kasbga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari amalga oshiriladi va sinovdan o‘tkaziladi. Bu noyob maskan yoshlarning abilitatsiyasi, reabilitatsiyasi va jamiyatga moslashishi maqsadida ularga sifatli ta’lim olish, iqtidorlarini namoyon etish, zamonaviy hamda istiqbolli kasblarni tanlashda teng imkoniyatlar yaratadi.

🧠 Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda “Zamin” fondi tomonidan amalga oshirilmoqda.

🎖 Xab faoliyati haqida batafsil ma’lumotni uning rasmiy sahifalaridan olish mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤2
⚠️ Yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari

✅ Chet (nemis, fransuz, ispan, koreys, yapon, turk, arab, xitoy, fors, pushtu, italyan, urdu, dariy, hind) tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, mashg‘ulotlar sanasi va ro‘yxatga olish muddatlari yuqoridagi rasmda keltirilgan.

⏳ Malaka oshirish kursi tinglovchilarga yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘zbek tilida o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

💻 Talabgorlar belgilangan kunga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤2
#rasmiy_bayonot

“Abu Rayhon Beruniy universiteti” NTMda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun 2024-yil 21-avgust kuni tizimda yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli xato berilgan (avtomatik shakllangan) litsenziyani (№ 363695-raqamli) bekor qilish shaklidagi huquqiy ta’sir chorani qo‘llash to‘g‘risida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritildi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga “Abu Rayhon Beruniy universiteti” nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirmaslik, to‘lov shartnomasini olmaslik va o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirmaslik tavsiya etiladi.

Shuningdek, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan talabgorlar vazirlikning stat.edu.uz saytidagi ro‘yxatda mavjud oliy ta’lim tashkilotlariga hujjat topshirishi maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20🤔14🔥5❤4😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

⚡️Muhandislik sohasini targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklar tanloviga arizalar qabul qilish muddati 2024-yilning 5-oktabr kuniga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Tanlov bo‘yicha batafsil maʼlumot bu yerda👈
___

Tanlov nizomi bu yerda👈

📩 ARIZA_YUBORISH

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🤔1
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi
#xalqaro_uchrashuv

Professional ta’limda dual ta’limni rivojlantirish va ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Germaniya investitsiyasi va grant loyihalarini jalb qilish masalasi muhokama qilindi


Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligining xalqaro masalalar bo‘yicha referenti Karolina Probst, Germaniyaning KfW taraqqiyot banki mintaqaviy direktori Andreas Shnayder hamda Germaniya xalqaro hamkorik jamiyatining mintaqaviy direktori Yoaxim Fris bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 24-sentyabr kuni ilgari surilgan professional ta’limda xalqaro ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash, dual ta’limni rivojlantirish va ta’lim sifatini ta’minlash masalalari Germaniya Federativ Respublikasi vakillari tomonidan qo‘llab quvvatlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22730

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤7🤔1