#Prezident_topshirig‘i_ijrosi
#xalqaro_uchrashuv
Professional ta’limda dual ta’limni rivojlantirish va ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Germaniya investitsiyasi va grant loyihalarini jalb qilish masalasi muhokama qilindi
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligining xalqaro masalalar bo‘yicha referenti Karolina Probst, Germaniyaning KfW taraqqiyot banki mintaqaviy direktori Andreas Shnayder hamda Germaniya xalqaro hamkorik jamiyatining mintaqaviy direktori Yoaxim Fris bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 24-sentyabr kuni ilgari surilgan professional ta’limda xalqaro ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash, dual ta’limni rivojlantirish va ta’lim sifatini ta’minlash masalalari Germaniya Federativ Respublikasi vakillari tomonidan qo‘llab quvvatlandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22730
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤7🤔1
#Mutolaa
Mashhur yozuvchi Ayzek Azimovning mazkur kichik hikoyasi kelajakdagi bolalar ta’limi haqida. U paytlari robotlar barcha sohalarni egallagan, jumladan endi bolalarga o‘qituvchilar emas, balki robotlar dars o‘tayotgan holatlari tasvirlanadi.
📖Hikoyani o‘qish
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘qituvchi odam bo‘lgan ekan...(hikoya)
Mashhur yozuvchi Ayzek Azimovning mazkur kichik hikoyasi kelajakdagi bolalar ta’limi haqida. U paytlari robotlar barcha sohalarni egallagan, jumladan endi bolalarga o‘qituvchilar emas, balki robotlar dars o‘tayotgan holatlari tasvirlanadi.
📖Hikoyani o‘qish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤1🔥1
25-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ta’lim sohasini rivojlantirishda nodavlat sektorining o‘rni: muammo va yechimlar” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi mutasaddilar, “Yosh ziyokor” nodavlat ta’lim tashkilotlari uyushmasi raisi Rasul Kusherboyev hamda nodavlat oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatida nodavlat oliy ta’lim muassasalarining 2024-yil 1-mavsum uchun reytingi taqdimoti, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatidagi muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlarida sifatga erishish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda hamkorlik qilish, ta’lim islohotlarida jamoatchilik institutlari ishtirokini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Yosh ziyokor” NTT o‘rtasida memorandum imzolandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤3
#dayjest #Maʼrifat_ulashib #Chellenj
✅ Qoʻqon davlat pedagogika institutida ijodkorlar Nurillo Oston va Yahyo Togʻa ishtirokida talaba-yoshlar bilan davra suhbati;
✅ Namangan davlat pedagogika institutida shoir Ziyovuddin Mansur hamda jurnalist va shoir Nosirjon Joʻrayev bilan ijodiy uchrashuv;
✅ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida bilimga chanqoq talaba-yoshlar oʻrtasida “Munozara” hamda “Viktorina” intellektual o’yinlari;
✅ Namangan davlat chet tillari institutida el ardogʻidagi ijodkorlar Usmon Azim, Shuhrat Orif va Dadaxon Muhammadiyev ijodiga bagʻishlangan “Men yoqtirgan sheʼr” mavzusida sheʼrxonlik tanlovi;
✅ Samarqand iqtisodiyot va servis institutida taniqli ijodkorlar Gulandom Togʻayeva, Alisher Boymurodov va Amir Xudayberdilarning hayoti va ijodiga bagʻishlangan zakovat intellektual oʻyinlari;
✅ Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Muhtarama Ulugʻovaning hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar berish maqsadida adabiyotsevar yoshlar bilan adabiy uchrashuv;
✅ Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida zamonamiz yozuvchilarining ijodlarini oʻrganish maqsadida professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida chellenj;
✅ Guliston davlat universitetida taniqli adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan spektakl namoyishi va “Yoshlar oqshomi”;
✅ Fargʻona davlat universitetida adabiyotga shaydo talaba-yoshlar ishtirokida Iqbol Mirzo qalamiga mansub “Bonu” romani asosida spektakl namoyishi;
✅ Jizzax politexnika institutida loyihaga biriktirilgan taniqli adiblar: Nurali Qobil, Shahodat Isaxonova hamda Gulchehra Ibragimovalarning hayoti va ijodi haqida taqdimotlar;
✅ Navoiy davlat pedagogika institutida taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida “She’riyat–ko‘ngil tarjimoni” nomli adabiy-badiiy uchrashuv.
✅ Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida orkestr sadolari orqali vatanparvarlikka undovchi musiqalar va turli bellashuvlardan iborat “Gulxan shou” tadbiri;
✅ Buxoro muhandislik-texnologiya institutida taniqli san’at arboblari va adiblar Nurilla Choriyev, Alisher Mirzo hamda talaba yoshlar ishtirokida adabiy-ma'rifiy suhbat;
✅ Toshkent kimyo-texnologiya institutida ijodkorlar Abdumajid Azimov, Norqobil Jalil va Nazar Eshqulov bilan birgalikda adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan film namoyishi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy taʼlim muassasalarida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida zamondosh shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar shuningdek, bir qator tadbir va tanlovlar tashkil etilmoqda
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤2🔥2👏1