Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#forum

Turkiya-O’zbekiston uchinchi ta’lim forumi o‘z ishini boshladi


27-sentyabr kuni Istanbul shahrida Turkiya—Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi oʻz ishini boshladi. Forumda Oʻzbekistonning 30 ga yaqin OTM rektorlari, Turkiya davlatidan 60 ga yaqin OTM rahbarlari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ijtimoiy rivojlantirish departamenti rahbari, Oliy taʼlim kengashi raisi Odil Abdurahmonov, Turkiya Oliy taʼlim kengashi (YÖK) rahbari Erol Özvar, Istanbul texnika universiteti rektori Hasan Mandal ochib berdilar.

Ta'kidlash joizki, soʻngi yillarda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, saʼy-harakatlari tufayli Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida hamkorlik aloqalari mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi. Universitetlar oʻrtasidagi hamkorlik koʻlami kundan-kunga kengayib bormoqda. Hozirda oliygohlar oʻrtasida imzolangan hamkorlik shartnomalari soni 150 tadan oshdi.

Soʻnggi 3 yil davomida 800 nafarga yaqin oʻzbekistonlik oʻqituvchi va tadqiqotchilar Turkiyaga malaka oshirish, stajirovka, seminar va treninglarga yuborildi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi oliygohlarda oʻquv jarayonini tashkil etishga 500 nafardan ortiq turkiyalik oʻqituvchilar jalb etildi. Joriy oʻquv yilida universitetlarimiz oʻrtasida tashkil etilgan Double degree qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha 600 nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda.

Forum doirasida ikki davlat universitetlarining hamkorligiga qaratilgan 50 yaqin shartnomalar, kelishuvlar va memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍39❤3🔥1
#xalqaro_hamkorlik
#forum

Turkiyada boʻlib oʻtayotgan  Turkiya-Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev va Turkiyaning Ege universiteti rektori Necdet Budak oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Ege universitetining Oʻzbekiston-Turkiya birinchi taʼlim forumi tashkil etilishida mezbonlik qilgani hamda forumni tashkil etshda katta hissa qoʻshgani alohida taʼkidlab oʻtilib, universitetining Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligini rivojlantirish, oʻzaro professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini yanada rivojlantirish muhokama qilindi.

Shuningdek, universitetlar ishtirokida ikki tomonlama ishchi guruh tashkil qilinib, birinchi, ikkinchi, uchinchi forumda erishilgan natijalar asosida yoʻl xaritasi ishlab chiqib, kelgusi forumlarga qadar bajariladigan ishlarni belgilab olish va uning asosida amaliyotga yo’naltirilgan hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishib olindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍38❤1🔥1🎉1
TDIUda “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27-sentyabr kuni  Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida universitet talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining navbatdagi mavsumi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, TDIU rektori To‘lqin Teshabayev, 2024-yilgi Parij paralimpiyasi g‘olibi hamda rekordchisi va universitet bitiruvchisi Asila Mirzayorova, professor-o‘qituvchilar, sportchi talaba-yoshlar, OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning kirish qismida so‘zga chiqqan vazir Q.Sharipov mazkur “Talabalar ligasi” sport musobaqalari kelgusida jahon arenalarida mamlakatimiz bayrog‘ini eng yuqorilarga ko‘taradigan sportchilar yetishib chiqishida muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22979

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍39❤7🔥3😁3🎉1
#xalqaro_hamkorlik
#forum

Turkiya-Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi
doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev hamda Turkiyaning Istanbul texnika universiteti rektori Hasan Mandal bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Istanbul texnika universitetining elektronika muhandisligi, texnika fanlari, aniq fanlar sohasidagi tajribasidan foydalanish muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va  Turkiya muhandislik universitetlari oʻrtasida konsortsium tuzish taklifini ishlab chiqish, ushbu konsortsium doirasida oʻzaro hamkorlikni,
jumladan amaliy-ilmiy loyihalarni bajarish, yangi tuzilmalar (laboratoriya, texnopark, ilg’or muhandislik maktablari) yaratish, muloqotlarni yanada rivojlantirish hamda Istanbul texnika universiteti rektorini Oʻzbekistonga tashrifi masalalari borasida fikr almashildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍30❤3