Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#forum

Turkiyada boʻlib oʻtayotgan  Turkiya-Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev va Turkiyaning Ege universiteti rektori Necdet Budak oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Ege universitetining Oʻzbekiston-Turkiya birinchi taʼlim forumi tashkil etilishida mezbonlik qilgani hamda forumni tashkil etshda katta hissa qoʻshgani alohida taʼkidlab oʻtilib, universitetining Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligini rivojlantirish, oʻzaro professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini yanada rivojlantirish muhokama qilindi.

Shuningdek, universitetlar ishtirokida ikki tomonlama ishchi guruh tashkil qilinib, birinchi, ikkinchi, uchinchi forumda erishilgan natijalar asosida yoʻl xaritasi ishlab chiqib, kelgusi forumlarga qadar bajariladigan ishlarni belgilab olish va uning asosida amaliyotga yo’naltirilgan hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishib olindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍38❤1🔥1🎉1
TDIUda “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27-sentyabr kuni  Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida universitet talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining navbatdagi mavsumi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, TDIU rektori To‘lqin Teshabayev, 2024-yilgi Parij paralimpiyasi g‘olibi hamda rekordchisi va universitet bitiruvchisi Asila Mirzayorova, professor-o‘qituvchilar, sportchi talaba-yoshlar, OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning kirish qismida so‘zga chiqqan vazir Q.Sharipov mazkur “Talabalar ligasi” sport musobaqalari kelgusida jahon arenalarida mamlakatimiz bayrog‘ini eng yuqorilarga ko‘taradigan sportchilar yetishib chiqishida muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22979

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍39❤7🔥3😁3🎉1
#xalqaro_hamkorlik
#forum

Turkiya-Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi
doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev hamda Turkiyaning Istanbul texnika universiteti rektori Hasan Mandal bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Istanbul texnika universitetining elektronika muhandisligi, texnika fanlari, aniq fanlar sohasidagi tajribasidan foydalanish muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va  Turkiya muhandislik universitetlari oʻrtasida konsortsium tuzish taklifini ishlab chiqish, ushbu konsortsium doirasida oʻzaro hamkorlikni,
jumladan amaliy-ilmiy loyihalarni bajarish, yangi tuzilmalar (laboratoriya, texnopark, ilg’or muhandislik maktablari) yaratish, muloqotlarni yanada rivojlantirish hamda Istanbul texnika universiteti rektorini Oʻzbekistonga tashrifi masalalari borasida fikr almashildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍30❤3
#Turizm_Forum

Birgalikda Qoʻqon-Siyan-Zomin turizm hamkorligini yaratamiz!


Oʻzbekiston Milliy universiteti, Xitoy Xalq Respublikasining Siyan shahridagi Shensi pedagogika universiteti (Shaanxi Normal University) hamda Qoʻqon universiteti (Kokand University) hamkorligida “Birgalikda Qoʻqon-Siyan-Zomin turizm hamkorligini yaratamiz” mavzusida Oʻzbekiston-Xitoy yosh tadqiqotchilarining хalqaro forumi oʻtkazildi.

Forumning birinchi kunida Oʻzbekiston va Xitoy universitetlari yosh tadqiqotchilarining turizmni rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy-amaliy loyihalarni oshirish borasida taqdimotlari tinglandi va dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, forum doirasida ishtirokchilar Qoʻqon shahri, Rishton hamda Zomin tumanlarining turistik obyektlariga sayohat qildilar.

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤3🔥1😁1