Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti faoliyatini boshladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.07.2024-yildagi PQ-261-son Qaroriga asosan, 1-oktyabr kuni AQSHning «Cintana Education» kompaniyasi va «Times Higher Education» reytingida 182-oʻrinni egallab kelayotgan Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur universitet oliy taʼlim sohasiga yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini joriy etish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, muhandislik, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy maʼlumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlashga qaratilgan.

2024/2025 oʻquv yilida Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetida Xalqaro savdo va Dasturiy muhandislik yoʻnalishida bakalavr bosqichida oʻqish tashkil etiladi.

Keyinchalik oʻquv dasturlari kengaygani sari OTM Arizona davlat universitetining diplomlaridan tashqari AQSHning boshqa yetakchi universitetlari diplomlarini berishi mumkin boʻladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32🔥3❤1
Innovatsion rivojlanish agentligining Davlat ilmiy dasturlari yagona intellektual elektron platformasi - loyiha.ilmiy.uz nima va uning afzalliklari

Mazkur platforma orqali olimlarga davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish bilan bog‘liq quyidagi afzalliklar yaratilgan:

🔹loyiha mavzularini shakllantirish bo‘yicha namunaviy shakllarni yuklab olish va takliflarni elektron tarzda taqdim etish;

🔹Agentlik tomonidan e’lon qilingan davlat dasturlari doirasida bajariladigan loyihalarni shakllantirishga qaratilgan tanlovlar bilan tanishib borish;

🔹tanlovlarga taqdim etiladigan ilmiy loyihalarni shakllantirishga oid namunalarni yuklab olish;

🔹ro‘yxatdan o‘tish orqali tanlovlarga o‘z ilmiy loyihalarini taqdim etish;

🔹tanlovga taqdim etilgan ilmiy loyihalar holatini real vaqt rejimida kuzatib borish.

Ayni kunlarda platformada bir qancha ilmiy loyihalar tanlovlariga arizalar qabuli davom etmoqda.

Bizni kuzating

Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍17❤4👏4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog'istonda “Sahro sadosi” xalqaro festivali o‘tkaziladi

4-5 oktyabr kunlari Ellikqal’a tumanida “Sahro sadosi” II xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi. Festival Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining tashabbusi bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Turizm boshqarmasi hamda bir qator vazirlik va idoralar hamkorlikda tashkillashtirilmoqda.

Festivalning asosiy maqsadi Ellikqal’a tumanining tarixiy-madaniy, ziyorat va ekologik turizm yo‘nalishlari, mahalliy hunarmandlar hamda ushbu hududning turizm maskanlarini keng targ'ib qilishdan iborat.

Ikki kunlik tadbir davomida universitet professor-o‘qituvchilarining xalqaro treninglari, To‘proq qal’a tarixiy ob’ektida tasviriy san’at tanlovlari, Aqchako‘l ko‘li bo‘yida milliy taomlar tanlovi va konsert hamda "Ayoz qal'a" tarixiy majmuasida sport o‘yinlari o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍40❤3🤔2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤7🔥1
#xushxabar #xalqaro_hamkorlik

Milliy rassomlik va dizayn institutida
Turkiyaning An’anaviy hunarmandchilikni himoya qilish va saqlab qolish assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan va o‘z o‘rnida ilk bor tashkil etilayotgan “Qо‘lyozma asarlar laboratoriyasi” ochildi.

Ushbu laboratoriya – yurtimizda mavjud muzeylar va kutubxonalar fondlarida saqlanayotgan qadimiy va qimmatbaho qo‘lyozma asarlarini ta’mirlash, qog‘ozlarning tarkibini aniqlash va ularni tashqi omillarning zararli ta’sirlaridan saqlash maqsadida tashkil etildi.

Shuningdek, laboratoriya dunyoning yetakchi davlatlaridan keltirilgan zamonaviy va kamyob asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, tashkil etilishi rejalashtirilgan o‘quv kurslarida turkiyalik mutaxassislar tomonidan sohaga doir innovatsion bilimlar va tajribalar o‘rgatiladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/23450

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥1