Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤7🔥1
#xushxabar #xalqaro_hamkorlik

Milliy rassomlik va dizayn institutida
Turkiyaning An’anaviy hunarmandchilikni himoya qilish va saqlab qolish assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan va o‘z o‘rnida ilk bor tashkil etilayotgan “Qо‘lyozma asarlar laboratoriyasi” ochildi.

Ushbu laboratoriya – yurtimizda mavjud muzeylar va kutubxonalar fondlarida saqlanayotgan qadimiy va qimmatbaho qo‘lyozma asarlarini ta’mirlash, qog‘ozlarning tarkibini aniqlash va ularni tashqi omillarning zararli ta’sirlaridan saqlash maqsadida tashkil etildi.

Shuningdek, laboratoriya dunyoning yetakchi davlatlaridan keltirilgan zamonaviy va kamyob asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, tashkil etilishi rejalashtirilgan o‘quv kurslarida turkiyalik mutaxassislar tomonidan sohaga doir innovatsion bilimlar va tajribalar o‘rgatiladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/23450

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥1
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv

3-oktyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) Bosh kotibi Rebeka Grinspan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi mavjud hamkorlik va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, 2023–2026-yillarda “Barqaror rivojlanish uchun ilm-fan, texnologiya va innovatsion parklar” loyihasi doirasida O‘zbekiston va Xitoy texnoparklari o‘rtasida tajriba almashinuvi, kadrlar malakasini oshirish va qo‘shma o‘quv dasturlarini tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik kelishuviga erishilgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, joriy yilning 14–16-noyabr kunlari “InnoWeek.uz-2024” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida UNCTAD Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi bilan hamkorlikda seminar treninglar tashkil qilishi ko‘zda tutilgani qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/23458

👉 In English
👉 На русский

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤1🔥1😁1