Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#konferensiya
#tayyorgarlik

Foydalanuvchidan yaratuvchanlikka o`tish bosqichi

4-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov va masʼul oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida 2024-yil 15-16-oktyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan ilmiy-amaliy konferensiya doirasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi innovatsion gʻoyalar va ishlanmalar koʻrgazmasini tashkil etish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish davomida mazkur koʻrgazmani yuqori saviyada tashkil etish uchun koʻrgazmada metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti boʻyicha professor-oʻqituvchilar hamda iqtidorli talaba-yoshlarning ilmiy-innovatsion loyihalar va ishlanmalari bilan ishtirok etishi boʻyicha har bir tegishli oliy taʼlim muassasa rektorlariga koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik va uni rivojlantirish istiqbollari hamda muhandislik maktablarini mazkur sohadagi faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha muhokama qilindi va aniq vazifalar belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍35❤7😁3🔥2🤩1
#infografika #faoliyat_sentabr

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil sentabr oyidagi faoliyati raqamlarda

___

Деятельность Министерства высшего образования, науки и инноваций в сентябре 2024 года, в цифрах

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍51❤3🔥2🤩2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#festival #ta’lim&turizm

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida “Sahro sadosi” II Xalqaro yoshlar festivalini o‘tkazdi

“Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan festivalda Xorvatiya, Hindiston, Xitoy va qo‘shni mamlakatlardan turizm bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar hamda 1000 ga yaqin talaba yoshlar qamrab olindi.

Ikki kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan festival doirasida xorijlik va mahalliy turizm mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston turizmini rivojlantirishga qaratilgan treninglar, talaba-yoshlar ishtirokida rasm chizish ko‘rik-tanlovi, “Baliqdan 99 xil taom” milliy taomlar tanlovi, sport musobaqalari, milliy sport o‘yinlari tadbirlari hamda festival konsert dasturi keng qamrovda o‘tkazildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/23667

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🔥7❤2
#bilasizmi

⚡️ESLATMA! Kollej va texnikumlarning ayrim kasb(mutaxassislik)lariga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar to‘liq davlat granti asosida ta’lim olishi mumkin

Ushbu imkoniyatdan foydalanish bo‘yicha nizom Vazirlar Mahkamasining 516-son qarori (29.09.2023-y.) bilan tasdiqlangan.

Unga ko‘ra:
🔠kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar o‘quv yilining 10-oktyabriga qadar ushbu kollej yoki texnikum direktori nomiga davlat granti asosida o‘qish uchun ariza bilan murojaat qiladilar.

🔠arizalar taalluqliligi bo‘yicha kollej va texnikumlar tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi hamda umumlashtirilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalariga taqdim etiladi.

🔠hududiy boʻlinmalar umumlashtirilgan maʼlumotlarni 15-oktyabrga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.

🔗Kasb va mutaxassisliklar roʻyxati

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤4🔥4
#rasmiy_xabar #imkoniyat #grant

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi


Davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:

▪️shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-­momosi:

➖etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

➖O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

▪️xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;

▪️30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;

▪️o‘zbek tilini bilishi lozim.

Batafsil ma’lumot va tegishli yo‘nalishlari mavjud oliygohlar ro‘yxati bu yerda:
👉https://gov.uz/oz/edu/news/view/23644

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🤩3❤2🔥1😁1