Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#rasmiy_xabar #imkoniyat #grant

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi


Davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:

▪️shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-­momosi:

➖etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

➖O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

▪️xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;

▪️30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;

▪️o‘zbek tilini bilishi lozim.

Batafsil ma’lumot va tegishli yo‘nalishlari mavjud oliygohlar ro‘yxati bu yerda:
👉https://gov.uz/oz/edu/news/view/23644

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🤩3❤2🔥1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik #sunʼiy_intellekt

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Axborot xizmatida sunʼiy intellekt orqali yaratilgan teleboshlovchi ish boshladi.

Teleboshlovchi yangidan tashkil etilgan “QarMII: yangiliklar” informatsion dasturini olib boradi.

Institut axborot xizmati mazkur sunʼiy intellekt orqali yangiliklar dasturini muntazam namoyish etish va uni boshqa tillarda ham tayyorlash, mavzular rang-barangligini taʼminlash, intervyular, koʻrsatuvlar va ijtimoiy roliklarni oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilishni maqsad qilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤4🔥2😁2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustoz_qadri #olimlar_minbari

Menga bildirilgan katta ishonch bizga kuch-quvvat berish bilan birga yana ham katta mas’uliyat yuklamoqda. Bu yurtda astoydil ishlagan, mehnat qilgan har bir kishi qadr topishiga guvoh bo‘ldim…


Mehnatidan qadr topgan pedagog, Farg‘ona davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori, “Do‘stlik” ordini sohibi Siddiqjon Mo‘minov faoliyatiga nazar


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10
#uchrashuv #olima_ayollar

Bir guruh olima ayollar eʼtirof etildi

7-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “INNOWOMENWEEK-2024” ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida “Olima ayollarning taʼlim va fandagi yutuqlari” mavzusidagi muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi rahbari Sharof Rajabbayev hamda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlar va “Olima ayollar” tanlovi g‘oliblari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar “Olima ayollarning taʼlim va fandagi yutuqlari” mavzusidagi muloqot uchrashuvi yangi yo‘nalishlarda ilmiy ishlarning soni ortishiga va yosh olimalarning safi yanada kengayishiga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Taʼkidlash joizki, o‘zbek olimalari kimyo, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda ayniqsa faol izlanmoqdalar. Taʼlim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivojida xotin-qizlarimizning ishtiroki salmoqli o‘rin tutadi.

Tadbir yakunida ilm-fandagi yutuqlari va innovatsion faoliyatga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh xotin-qizlarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤4🔥1
#Mutolaa

Vanka (hikoya)


9 yoshidan shaharda yashay boshlagan bolakayning bobosidan boshqa hech kimi yo‘q. Uning bir olam xotiralari va qishloqqa qaytish orzusi ham bor. Aynan ular Vankaga yo‘qotgan bolaligiga yetishish umidini bermoqda.

Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍34❤4🔥1
4️⃣4️⃣4️⃣

❗️ESLATMA! “Cyberkent 2.0” xakerlar musobaqasiga bir kun qoldi

Kiberxavfsizlik markazi tomonidan 2024-yilning 9–10-oktyabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Dastur doirasida sohaga doir o‘quv seminar, “Cyberkent 2.0” va “ROBBO-FEST” respublika musobaqalari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu tadbir va musobaqalarga oliy taʼlim muassasalarining IT va kiberxavfsizlik yo‘nalishida tahsil oluvchi hamda havaskor talabalar taklif etiladi.

G‘oliblar pul mukofotlari, sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

📱 Batafsil...
📍Manzil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42❤4🔥3
Edu.uz pinned a photo
#xalqaro_forum

“Times Higher Education” (THE) reyting tashkiloti tomonidan Turkiyaning Istanbul shahrida 2-5-oktyabr kunlari “Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika hamda Markaziy Osiyo mintaqalaridagi xalqaro forumi” (BMI / THE MENA and Central Asia Scholarship Forum) bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ta’lim muassasalari xalqaro va milliy ko‘rsatkichlari samaradorligini baholash bo‘limi boshlig‘i Diyor Umarov ham ishtirok etdi.


🔣 Ma’lumot uchun: Mazkur forumda 60 ta davlatdan 150 tadan ortiq universitet hamda 60 tadan ortiq xalqaro tashkilot delegatsiyalari qatnashdi.

Dastur doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, dunyoning eng ilg‘or universitetlari bilan aloqalarni yanada kengaytirish hamda xalqaro ta’lim jamg‘armalari bilan o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28❤4🔥1