Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#etnosport #targʻibot

⚡️Nukusda “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 9-oktabr kuni talaba-yoshlar o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Nukus shahridagi barcha oliy taʼlim muassasalaridan talabalar, shuningdek, professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Musobaqa, sportning nafaqat jismoniy sog‘lomlik balki birlashuv va do‘stlikning ifodasi ekanligini yana bir bor namoyish etdi. Yugurishda qatnashgan ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga katta e’tibor qaratishdi.

Ushbu musobaqa yurtimizda yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganini va sog‘lom avlod tarbiyasiga bo‘lgan e’tiborning muhimligini yana bir bor tasdiqladi.


⚡️Nókiste “Talaba — yugur” kewilliler juwırıw sport jarısı bolıp ótti

Búgin, 9-oktabr kúni student-jaslar arasında sport hám salamat turmıs tárizin úgit-násiyatlaw maqsetinde ótkerilgan bul ilajda Nókis qalasındaǵı barlıq joqarı oqıw orınlarınan studentler, sonday-aq, professor-oqıtıwshıları qatnastı.

Jarıs, sporttıń tek ǵana fizikalıq salamatlıq emes, al birlesiw hám doslıqtıń kórinisi ekenin jáne bir márte kórsetti. Jarısta qatnasqan qatnasıwshılar salamat turmıs tárizin bekkemlewge úlken itibar qarattı.

Bul jarıs elimizde jaslar arasında sportqa bolǵan qızıǵıwshılıqtıń artıp atırǵanın hám salamat áwlad tárbiyasına bolǵan itibardıń áhmiyetli ekenligin jáne bir márte tastıyıqladı.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27❤7🔥4
#TechnoWays_marafoni
#2_kun

Qoraqalpoq davlat universitetida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni respublika bosqichining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni respublika bosqichi davom etmoqda. Ikkinchi kunning daslabki qismida marafon ishtirokchilari oʻz bilimlarini “Zakovat Quiz” intellektual oʻyinida sinovdan oʻtkazdilar.

Marafon davomida ishtirokchilar o‘z innovatsion loyihalarining taqdimotlarini namoyish etdilar. Mazkur taqdimotlar davomida ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini texnologik yechimlar va biznes modellar orqali amalga oshirish bo‘yicha ko‘nikmalarini namoyish qildilar. Yangi texnologiyalar, startaplar va innovatsiyalar sohasida o‘zgarishlar yaratishga qodir bo‘lgan talaba-yoshlar hakamlar hay’ati tomonidan ijobiy baholandi.

“TechnoWays” marafoni yoshlarni texnologik rivojlanishga yo‘naltirish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va mamlakatimizda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍34❤5🔥3👏1🎉1
#TTJ #tanlov

⚡️“Eng yaxshi talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

2024/2025-oʻquv yilida talabalarni turar joy bilan tezkor taʼminlashning samarali tizimini joriy etish, talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazlarida eng namunali faoliyat olib borgan professor-oʻqituvchilar va talabalardan iborat volontyorlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan “Eng yaxshi talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi” tanlovining yakuniy respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Belgilangan mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra:
1️⃣-oʻrin – Oʻzbekiston Milliy universiteti;
2️⃣-oʻrin – Termiz davlat universiteti;
3️⃣-oʻrin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti gʻolib deb topildi.

Tanlovning yakuniy respublika bosqichi gʻoliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining quyidagi miqdorida pul mablagʻlari bilan ragʻbatlantiriladi:

1-oʻrin – 30 mln so‘m;
2-oʻrin – 25 mln so‘m;
3-oʻrin – 20 mln so‘m.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalarni turar joy bilan tezkor taʼminlashda barcha oliy ta’lim muassasalari faollik ko‘rsatganligini e’tirof etgan holda Talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazlarida faoliyat olib borgan barcha mas’ullarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍76😁18🎉11🤔8🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov

Biz kelajagimiz uchun ovoz beramiz! SIZ-CHI?

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤6😁4
#E’lon

⚡️Vakant direktor lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov

🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi 27 ta kasb-hunar maktabi va 24 ta texnikumning vakant direktor lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

📃 Vakant direktor lavozimlar ro‘yxati bu yerda 👈

🌐 Talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish 👉 vacancy.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🔚 Hujjatlar 2024-yil 19-oktabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤1🔥1😁1