Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Mutolaa

Diydor (hikoya)

Jahon adabiyotining yetuk namoyondasi O.Henry ushbu hikoyasida ota-ona mehri farzandlar uchun qanchalik muhim ekanini eslatib, har birimizga oyna tutishi shubhasiz. Yozuvchining oddiy va samimiyatga yo‘g‘rilgan uslubi sizni o‘ziga rom etmay qolmaydi.

Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16🔥11😱1
#TechnoWays_marafoni #Nukus #3_kun

“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni respublika bosqichining uchinchi kuni davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida marafonning uchinchi kuni ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion loyihalarini taqdim etmoqda.

Taklif etilgan loyihalar, texnologiyalar yangi texnika va dasturlarni amaliyotga joriy qilishga yo‘naltirilgan. Marafonning bu bosqichi faqat nazariy bilimlar bilan chegaralanib qolmay, amaliy natijalarni ham o‘zida namoyon etmoqda.

Taqdimotlar davomida har bir loyiha hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, innovatsion yondashuv, dolzarbligi va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha keng muhokama qilindi.

Marafon davom etar ekan, ishtirokchilar oʻzaro fikr almashish, tajriba orttirish va yangi imkoniyatlarni o‘rganish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤5🤔3👏2🎉1
“Qizlarjon” klubi respublika forumi boʻlib oʻtdi

10-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida “Qizlarjon” klubi Respublika forumi oʻtkazildi. Tadbirda yurtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarining “Qizlarjon” klubi raislari hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov qutlab, mamlakatimizda qizlarga munosib shart sharoitlar yaratib berish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.

– Ayniqsa, taʼlim sohasida xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda, - dedi vazir. – Hozirda ayol-qizlarning taʼlimdagi ulushi har qachongidan yuqori va bu koʻrsatkich yildan yilga oshib borayotgani barchamizni quvontiradi. Qizlarimizning taʼlim olishga, ilmga tashnaligi yurtimiz kelajagi poydevoridir. Sizlarning har biringiz ilm-fan, sanʼat, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa sohalarga ulkan yutuqlarimiz nishonasidirsizlar.


Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/24092

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24🔥7❤5🎉2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov

🇺🇿 2024-yil 27-oktabr kuni bo’lib o’tadigan saylov jarayonlarida munosib ishtirok etaylik hamda o’z kelajagimiz uchun ovoz beraylik!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13
⚡️ 2024-yilning 4-choragida chet tillaridan bo‘lib o‘tadigan diagnostik test sinovlari

✅ 2024-yil Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m)ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

📆 Ro‘yxatdan o'tish va test sinovi sanalari yuqoridagi rasmda keltirilgan.

⚠️ Natijangizni 🤖 @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥1