Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TechnoWays_marafoni #Nukus #3_kun

“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni respublika bosqichining uchinchi kuni davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida marafonning uchinchi kuni ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion loyihalarini taqdim etmoqda.

Taklif etilgan loyihalar, texnologiyalar yangi texnika va dasturlarni amaliyotga joriy qilishga yo‘naltirilgan. Marafonning bu bosqichi faqat nazariy bilimlar bilan chegaralanib qolmay, amaliy natijalarni ham o‘zida namoyon etmoqda.

Taqdimotlar davomida har bir loyiha hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, innovatsion yondashuv, dolzarbligi va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha keng muhokama qilindi.

Marafon davom etar ekan, ishtirokchilar oʻzaro fikr almashish, tajriba orttirish va yangi imkoniyatlarni o‘rganish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤5🤔3👏2🎉1
“Qizlarjon” klubi respublika forumi boʻlib oʻtdi

10-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida “Qizlarjon” klubi Respublika forumi oʻtkazildi. Tadbirda yurtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarining “Qizlarjon” klubi raislari hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov qutlab, mamlakatimizda qizlarga munosib shart sharoitlar yaratib berish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.

– Ayniqsa, taʼlim sohasida xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda, - dedi vazir. – Hozirda ayol-qizlarning taʼlimdagi ulushi har qachongidan yuqori va bu koʻrsatkich yildan yilga oshib borayotgani barchamizni quvontiradi. Qizlarimizning taʼlim olishga, ilmga tashnaligi yurtimiz kelajagi poydevoridir. Sizlarning har biringiz ilm-fan, sanʼat, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa sohalarga ulkan yutuqlarimiz nishonasidirsizlar.


Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/24092

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24🔥7❤5🎉2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov

🇺🇿 2024-yil 27-oktabr kuni bo’lib o’tadigan saylov jarayonlarida munosib ishtirok etaylik hamda o’z kelajagimiz uchun ovoz beraylik!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13
⚡️ 2024-yilning 4-choragida chet tillaridan bo‘lib o‘tadigan diagnostik test sinovlari

✅ 2024-yil Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m)ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

📆 Ro‘yxatdan o'tish va test sinovi sanalari yuqoridagi rasmda keltirilgan.

⚠️ Natijangizni 🤖 @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥1
Vazir oʻrinbosari Samarqandda BTEC xalqaro taʻlim dasturlarini amalga oshirish uchun tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

10-oktabr kuni Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov Samarqand shahar kasb-hunar maktabi va Samarqand transport texnikumida oʻrta boʻgʻin kadrlar tayyorlash jarayoni bilan tanishdi.

Samarqand shahar kasb-hunar maktabida 773 nafar oʻquvchilar 7 ta kasb boʻyicha oʻqitilmoqda. Mazkur taʼlim muassasasida dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan boʻlib “DAKA-INTEX” MCHJ bilan hamkorlikda 52 nafar oʻquvchilar tikuvchilik kasbi boʻyicha ham oʻqib ham ishlamoqdalar.

Tashrif davomida Buyuk Britaniyaning “Pearson” kompaniyasi bilan hamkorlikda BTEC xalqaro taʻlim dasturlarini amalga oshirish uchun tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishildi hamda xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqituvchilarni oʻqitish, oʻquvchilar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib borish, oʻquv reja va dasturlarni yangilash borasidagi rejalar yuzasidan takliflar bildirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24094

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤2👏1
Dunyoni yaxshilik, do‘stlik, hamkorlik, mehr-shafqat va insoniylik qutqaradi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumdagi nutqi
—
Выступление Президента Шавката Мирзиёева на международном форуме, посвящённом 300-летию поэта и мыслителя Махтумкули Фраги
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the International Forum dedicated to the 300th anniversary of poet and philosopher Magtymguly Fragi’s birthday

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19😁5😱2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ta'lim #muhandis_kadrlar #yoshlar

Ta’lim, tarbiya va texnologiyalar — yoshlar uchun!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤2👏2🎉1