Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining respublika bosqichi gʻoliblari taqdirlandi

Yoshlar orasida innovatsion fikrlashni rivojlantirish va texnologik yangiliklarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilayotgan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining respublika bosqichi 11-oktabr kuni oʻz yakuniga yetdi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari O.Mahkamov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmita raisi T.Romanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari B.Oʻtemuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri B.Qayipbergenov ishtirok etdi.

Mehmonlar marafon ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan innovatsion koʻrgazmalar bilan tanishdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24148

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤5👏3🎉1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

“ECAMPUZ” loyihasi tomonidan o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun so‘rovnoma


Ushbu so‘rovnoma oziq-ovqat texnologiyasi sohasida faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqot instituti xodimlari uchun mo‘ljallangan. So‘rovnoma anonim tarzda to‘ldiriladi.

ECAMPUZ – O‘zbekiston olimlari uchun oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari bo‘yicha Yevropa jahon iste’dodlar lageri – ERASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihasi bo‘lib, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.

—
Опросник для преподавателей и исследователей

Данный опросник предназначен для профессоров, преподавателей и сотрудников научно-исследовательских институтов в области науки и технологии пищевых продуктов.

Опрос проводится в рамках проекта ECAMPUZ («ECAMPUZ - European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology - ERASMUS-EDU-2022-CBHE», со-финансируемый Европейским союзом).

So‘rovnoma havolasi / Ссылка опросника: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdZvgw3FnTNivZbT75Qjp2ez299Ik1wJRIRIn0t4hRIfuhI8w/viewform

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Professional_taʼlim #xalqaro_hamkorlik

📹O‘zbekiston – Germaniya: nemis tili va kasb-hunar o‘rganishdagi hamkorlik, professional ta’limda dual ta’limning joriy etilishi Qashqadaryo viloyati misolida

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jadid #fikr #tahlil #gazetalar_sharhi

“Bizning yoshlar, albatta, boshqa tillarni bilishga sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat - bu vataniy ishdir” — Is'hoqxon Ibrat.


📹“Jadid” gazetasining navbatdagi sonidan o‘rin olgan adabiy-ilmiy maqolalar haqida batafsil videolavhada tanishing

😎“Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥3👏3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov

Hurmatli yurtdoshlar, siz ham oʻz kelajagingiz, orzu-maqsadlaringiz uchun ovoz bering!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤4🔥3👏3
#Yoshlar_akademiyasi #Qoraqalpogʻiston

Nukusdagi "Jaslar texnoparki"da Yoshlar akademiyasining navbatdagi assambleyasi oʻtkazildi


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan "Jaslar texnoparki"da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari O.Mahkamov boshchiligida boʻlib oʻtgan assambleyada Yoshlar akademiyasi liderlari hamda aʼzolari ishtirok etdi.

Yoshlar akademiyasi assambleyasida liderlarning faoliyat natijalari haqida soʻz bordi, uchrashuv ishtirokchilaridan tushgan takliflar tinglandi. Ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, kreativ tadbirkorlikni ilgari surish, Yoshlar akademiyasining istiqboldagi rejalari hamda dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ochiq muhokama boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, Yoshlar akademiyasining navbatdagi assambleyasigacha ustuvor vazifalar belgilandi.

Assambleya yakunida qoraqalpogʻistonlik bir qator iqtidorli yoshlarga "Yoshlar akademiyasi aʼzosi" belgisi topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤6🔥1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov

✅Unutmang, sizning ovozingiz – muhim!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12😁3🔥1
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🟦🟦🟦 🟦🟦

🗣Bugun ovozli chat! Mavzu: “Xorijda o‘qish imkoniyatlari”

☑️Suhbat mehmoni – Buyuk Britaniyaning De Montfort universiteti farmatsevtik biotexnologiya yo‘nalishi magistranti, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi stipendiyasi sohibi – Mohinabonu Savurova.

O‘qishini xorijda davom ettirishga qiziquvchi barcha talaba-yoshlarni bugun soat 20:00 da @manaviyateduuz kanalida o‘tkaziladigan ovozli suhbatga taklif etamiz.

➡️ Ovozli chatga ulanish

⬇️Suhbat mehmoniga savollaringizni kommentda qoldirishingiz mumkin

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22
#XUSHXABAR #TDTU #muhandislik

Toshkent davlat texnika universiteti neft va gaz sohasidagi muhandislik yoʻnalishida dunyoning eng yaxshi 150 universitetlari qatoridan
joy oldi

Oliy taʼlim sohasidagi QS Quacquarelli Symonds xalqaro tahliliy agentligi 12-oktyabr kuni dunyodagi eng yaxshi universitetlarning yillik soha reytingini — "QS World University Rankings by Subject"ni eʼlon qildi.

Joriy yilda Islom Karimov nomli Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) ushbu reytingda birinchi marta ishtirok etib, yuqori pogʻonalardan joy oldi. “Neft va gaz sohasidagi muhandislik mutaxassisliklari” / “Engineering – Petroleum” yoʻnalishida 101-150-oʻrinni egalladi.

Bu koʻp jihatdan "Har bir nashrga toʻgʻri keladigan iqtiboslar soni" va "Hirsh indeks" kabi ilmiy koʻrsatkichlar boʻyicha universitetlarning yuqori natijalari tufayli erishildi. Toshkent davlat texnika universitetining mazkur reytingdagi yuqori natijasi oliygohning tegishli yoʻnalishda dunyo ilm-faniga salmoqli taʼsir koʻrsatganini anglatadi.

Ushbu reyting 95 mamlakat va hududlardan 1500 ta universitetning 16400 dan ortiq taʼlim dasturlarini 55 fan va 5 ta keng fan yoʻnalishi boʻyicha mustaqil taqqoslashga asoslangan. Soha reytinglari har yili eʼlon qilinadi va QS World University Rankingsʼning bir qismi hisoblanadi.

Shu tariqa, QS World University Rankings by Subject reytinglarida oʻzbek universitetlari soni uchtaga yetdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalarini dunyoning eng yaxshi universitetlari fanlar reytingi – QS World University Rankings by Subject reytingida muvaffaqiyatli kirganlari bilan tabriklaymiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍54😁4👏3❤2🎉2
#dayjest #Maʼrifat_ulashib

Oliy taʼlim muassasalarida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida zamondosh shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, shuningdek bir qator tadbir va tanlovlar tashkil etilmoqda

✅Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

✅Toshkent davlat texnika universiteti;

✅Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

✅Andijon davlat universiteti;

✅Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

✅Nukus davlat pedagogika instituti;

✅Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

✅Navoiy davlat pedagogika instituti;

✅Namangan to’qimachilik sanoati instituti;

✅Jizzax politexnika instituti;

✅O’zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;

✅Xalqaro Vestminster universiteti;

✅Milliy estrada san’ati instituti;

✅Qoraqalpoq davlat universiteti;

✅Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

✅Nukus konchilik instituti;

✅Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

✅Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti;

✅Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

✅Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;

✅Andijon davlat chet tillari instituti;

✅O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

✅Osiyo texnologiyalar universiteti;

✅Toshkent tibbiyot akademiyasi;

✅Navoiy innovatsiyalar universiteti.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤1