Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiti dunyo universitetlar reytingida joy olgani munosabati bilan oliygoh jamoasi qutlandi

11-oktyabr kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetida oliygohning navbatdagi yutug‘i — “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkilotining World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatidan munosib o‘rin egallagini munosabati bilan universitet jamoasi, vazirlik va idoralar vakillari jam bo‘ldilar.

Jamoani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Shohrux Daliyev qutladi.

10-oktyabr kuni e’lon qilingan Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education” xalqaro reyting ro‘yxati tuzishda universitetlarning beshta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha 18 ta ko‘rsatkichdan foydalanilgan, 18 mln. ilmiy nashr va 157 mln. iqtibos o‘rganilib, butun dunyo bo‘ylab 93 ming olim bilan suhbat o‘tkazilgan.

Reyting natijasiga ko‘ra, “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti 43.2 ball bilan dunyo universitetlari xalqaro reytingida TOP-601 o‘rinni egalladi.
Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤3🔥3
#Talaba_yugur #Xorazm

Xorazmda “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi oʻtkazildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi yurtimiz boʻylab tashkil etilmoqda.

Bugun Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi madaniyat va istirohat bog‘ida uch kilometr masofaga “Talaba yugur” poygasi bo‘lib o‘tdi. Viloyatdagi sakkizta oliy ta’lim muassasasi vakillaridan iborat ming nafardan ortiq talaba, professor-o‘qituvchi va xodimlar start chizig‘iga chiqdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, dastlabki uch o‘rinni egallagan g‘oliblar quyidagi miqdorda pul mukofotlari sohibi bo‘lishdi.

1-o‘rin uchun 5 000 000 so‘m
2-o‘rin uchun 3 000 000 so‘m
3-o‘rin uchun 2 000 000 so‘m

Poyga natijalari bilan Yugur platformasida tanishish mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍38🔥3🤔2❤1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov

Biz oʻz kelajagimizga befarq emasmiz!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25😁5❤1🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik ...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥33👍19❤10
#xalqaro_hamkorlik

Yangi ufqlar: Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida transport muhandisligi sohasidagi hamkorlik


Istanbul shahrida joriy yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtgan Turkiya-Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumida imzolangan qator hamkorlik kelishuvlari doirasida Toshkent davlat transport universiteti xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori, professor Bahodir Toʻrayev Oʻzbekiston-Turkiya hamkorlik ofisi direktori Melike Basbinar hamda Turkiya Respublikasi Oliy taʼlim kengashi raisi, professor Erol Ozvar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida qator natijalarga erishildi. Xususan, 2025-yildan boshlab 50 nafar yoshlarni turli ixtisosliklar boʻyicha Turkiyaning nufuzli universitetlarida PhD darajasida tayyorlash, jumladan, aviasozlik, muhandislik, fuqaro muhandisligi (Civil engineering), mexanika muhandisligi, davlat boshqaruvi va boshqa yoʻnalishlar uchun grantlar ajratish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Endilikda Transport universiteti va uning qoshidagi texnikumlarda Turkiya universitetlariga kirish imtihonlari (YOS) tashkil etiladi. Noyabr oyidan boshlab esa turk tili sertifikatini taqdim etuvchi Tömer markazi ishga tushiriladi.

Ayni yoʻnalishda ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan universitetlar uchun Turkiyaning Tubitak va Oʻzbekistonning Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ajratiladigan qoʻshma loyihalar doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borish ham belgilandi.

Shuningdek, 2024/2025-oʻquv yilining 2-semestridan Istanbul Texnika Universitetiga akademik mobillik dasturi doirasida 30 nafar talaba hamda 5 nafar professor-oʻqituvchilarni hamda Ege Universitetiga 20 nafar talaba va 3 nafar professor-oʻqituvchilarni yuborish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍41❤5😁2🔥1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#stop_korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurashishda hamjihat bo‘laylik!


Agar oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz telegramdagi @eduuzanticor_bot, 1006 Ishonch hamda 55 520-08-08 (282, 179) telefon raqami yoki anticor@edu.uz elektron pochta manzili orqali xabar berishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆 WikiStipendiya paramarafonida qatnashing va 45 million so‘mlik sovrinni qo‘lga kiriting!

WikiStipendiya loyihasi doirasida ilk marotaba o‘tkazilayotgan paramarafon — imkoniyati cheklangan ishtirokchilar uchun 1-iyundan 1-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar individual tarzda qatnashadilar.

Sovrin jamg‘armasi 45 million so‘mni tashkil qiladi:
🥇 1-o‘rin — 20 million so‘m;
🥈 2-o‘rin — 15 million so‘m;
🥉 3-o‘rin — 10 million so‘m.

✍️ Ishtirok etish uchun Vikipediyada o‘z sahifangizni yarating va maqola yozishni boshlang! Bu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — ishtirok etish uchun ayni muddao.

Sizning ishtirokingiz Vikipediyada yangi marralarni zabt etishga yordam beradi. Har qanday cheklov faqatgina yangi yutuqlar sari yo‘l ochishi mumkin! Ishtirok etishdan oldin nizom bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun “WikiStipendiya marafoni” aloqa boti yoki 330007133 raqamiga murojaat qiling.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤4