#xalqaro_aloqalar
#xizmat_safari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi delegatsiya Italiya Respublikasining huquqiy sohada yuqori nufuzga ega Roma-Tre universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Roma-Tre universitetining oʻquv bazasi hamda mavjud sharoitlar bilan tanishib, hamkorlik aloqalari boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazildi.
Muloqotda mazkur universitetning yurtimizdagi Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirib kelayotgan ishlariga toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetida Yangi texnologiyalar huquqi sohasida ikki diplomli qoʻshma magistratura dasturini joriy etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, ikki universitet hamkorligida bakalavr bosqichi uchun qoʻshma fakultet tashkil etish, ushbu fakultetga Roma-Tre universiteti professor-oʻqituvchilarini oʻquv mashgʻulotlarini olib borish maqsadida jalb qilish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍21❤2😱1
OTM matbuot kotiblari uchun navbatdagi seminar-trening tashkil etildi
16-oktabr kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda SMM Maktab bilan hamkorlikda “PR va SMM: universitetlar uchun zamonaviy yondashuv” mavzusidagi seminar-treningning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
Ikki kunlik mazkur tadbirda Toshkent shahri va viloyati, Sirdaryo viloyati oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari hamda Axborot xizmatlari mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Seminarni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i N. Oripov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari N. Abduqunduzova hamda SMM Maktab loyiha rahbari K. Baxtiyorzoda ochib berdi. Ular o‘z ma’ruzalarida zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati, universitetlar uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali samarali kommunikatsiyalarni yo‘lga qo‘yish va ularning brendini to‘g‘ri pozitsiyalash zaruriyati haqida gapirib o‘tdilar.
Seminarning birinchi kunida qatnashchilarga qator mavzularda ma’ruzalar o‘qildi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Xususan, universitet imijini ijtimoiy tarmoqlarda samarali shakllantirish borasidagi ilg‘or tajribalar taqdim etildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24482
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25👏2❤1🔥1🤩1
#xalqaro_hamkorlik
15-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Smart boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Britaniya delegatsiyasi a’zolari yurtimizda amalga oshirilayotgan oliy ta’lim sohasidagi islohotlar hamda xorijiy hamkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda Britaniya oliygohining filialini ochish imkoniyatlari, qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish hamda Britaniyadagi ta’lim tashkilotlariga yurtimizda o‘z sohasiga mos hamkor topish masalalari muhokama qilindi.

👍10❤1🔥1