Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

15-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Smart boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Britaniya delegatsiyasi a’zolari yurtimizda amalga oshirilayotgan oliy ta’lim sohasidagi islohotlar hamda xorijiy hamkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda Britaniya oliygohining filialini ochish imkoniyatlari, qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish hamda Britaniyadagi ta’lim tashkilotlariga yurtimizda o‘z sohasiga mos hamkor topish masalalari muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤1🔥1
#xalqaro_hamkorlik

15-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov bilan Jahon bankining ta’lim bo‘yicha katta mutaxassisi Kristobal Kobo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ta’limni transformatsiya qilish, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning ta’lim sifatiga ta’siri, oliy va professional ta’lim muassasalari talabalariga kelajak talablariga yanada mos bilim va ko‘nikmalarni berish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston professional ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari sohasida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish, buning uchun professional ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilashga qaratilgan yangi qo‘shma loyihani amalga oshirish imkoniyatini muhokama qildilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤2🔥1
Kelajakni shakllantirish: Markaziy Osiyoda oliy ta’limni rivojlantirish


Ushbu mavzuga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo universitetlarining birinchi forumi 12–17-oktabr kunlari Yangi O‘zbekiston universitetida Times Higher Education (THE) hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Tadbirda qatnashayotgan 200 dan ortiq soha vakillari mintaqada oliy ta’lim kelajagini shakllantiruvchi dolzarb masalalar va innovatsion yechimlarni muhokama qilmoqdalar. Mavzular o‘quv dasturlarini yangilashdan tortib mahalliy mehnat bozorining ehtiyojlarini qondirishgacha qamrab olingan. Barcha muhokamalar mintaqaning barqaror rivojlanishi va uzoq muddatli maqsadlariga erishishga qaratilmoqda.

Shuningdek, 16-oktabr kuni tadbir doirasida “Times Higher Education” reytingida tan olingan universitetlarni taqdirlash marosimi, xalqaro nufuzli mehmonlar bilan muhokama va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ham ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, O‘zbekistondagi 3 ta oliy ta’lim muassasasi birinchi marotaba “Times Higher Education” reytingida yuqori o‘rinlarni egalladi. Jumladan, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti dunyo universitetlari orasida 601-o‘rinni egalladi hamda kuchli 1000 talikka kirdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy universiteti 1001-1200, Toshkent xalqaro axborot-texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinda qayd etildi.

Forum doirasida mazkur universitetlar “Times Higher Education” tashkiloti tomonidan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤4🔥1
#ona_tilim

Talabalar uchun ommaviy diktant!


16-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi va “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bagʻishlangan “Ommaviy diktant” aksiyasi oʻtkazildi. Diktant jarayonlari soat 11:00 da respublikamizning barcha davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida bir vaqtda boshlandi.

Siz ham diktant yozmoqchimisiz? Unda tilbilig.uz platformasida roʻyxatdan oʻting va diktant yozish orqali savodxonligingizni tekshiring!

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24507

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤1🔥1